Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Soliq va majburiy to’lovlarni hisobga olish


Download 2.91 Mb.
bet108/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Soliq va majburiy to’lovlarni hisobga olish. Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi.

O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi soliq to’lovchilar hisoblanadigan sub’ektlar tomonidan foyda solig’i hisobining tartibini belgilab beradi.
Buxgalteriya foydasi (zarari) – bu hisobot davrida soliq bo’yicha xarajatlar ayrilgunga qadar yuzaga kelgan foyda (zarar)dir.
Soliqqa tortiladigan foyda – bu soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan hisobot davrining daromad (foyda) summasidir.
Korxonalar buxgalteriya foydasini yillik yalpi daromad summasidan jami xarajatlarni ayirish orqali aniqlaydilar. Soliq qonunchiligiga ko’ra yalpi daromad summasiga qo’yidagilar kiritiladi:

  • mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar qo’rsatishdan olingan tushum;

  • asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli kog’ozlar, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromad;

  • foiz qo’rinishidagi daromadlar;

  • olingan dividendlar;

  • tekinga olingan mulk;

  • mulkni ijaraga berishdan olingan daromad;

  • royalti;

  • tekin ko’rsatilgan moliyaviy yordam;

  • kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan olingan daromad;

  • kursdagi ijobiy farqlar;

  • favqulodda daromadlar;

  • boshqa daromadlar

Yalpi daromad summasidan ayriladigan xarajatlar tarkibiga qo’yidagilarni kiritish mumkin:

    • qo’shilgan qiymat solig’i;

    • aktsiz solig’i;

    • sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi;

    • davr xarajatlari;

    • bank krediti bo’yicha hisoblangan foizlar;

    • lizing to’lovlari;

    • kursdagi salbiy farqlar;

    • boshqa xarajatlar

Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun buxgalteriya foydasiga qayta qo’shiladigan va ayriladigan xarajatlarning tarkibi soliq qonunchiligi tomo-nidan belgilanadi.
Joriy davrda to’lanadigan soliqlar – bu soliqqa tortiladigan foydaga hisoblangan va joriy davrda to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasidir.
Muddati kechiktirilgan soliqlar deb hisobot davrida aniqlangan, lekin buxgalteriya standartlari va soliq qonunchiligi taьsiriga ko’ra to’lanishi kelgusi davrlarga ko’chirilgan soliq summasiga aytiladi.
Aksariyat hollarda soliqqa tortiladigan foydani aniqlash qoidalari bux-galteriya foydasini aniqlash uchun qo’llanadigan hisob siyosatidan farq qiladi. Bunga asosan doimiy va vaqtinchalik farqlar bevosita taьsir ko’rsatadi.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling