Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Yopiladigan buxgalteriya o’tkazmalari


Download 2.91 Mb.
bet129/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Yopiladigan buxgalteriya o’tkazmalari.


Yopiladigan buxgalteriya o’tkazmalari: moliyaviy natijalar to’g’risida hisobotga tegishli schyotlarining qoldiqlarini xususiy kapital to’g’risidagi hisobotga davriy o’tkazish - yopiladigan buxgalteriya o’tkazmalari orqali amalga oshiriladi.
Yopiladigan buxgalteriya o’tkazmalari 2 maqsadga xizmat qiladi:

  1. Sof foydani taqsimlanmagan foydaga o’tkazish.

  2. Keyingi hisobot davrini boshlash uchun vaqtinchalik schyotlarda nolga teng bo’ladigan qoldiqni ta’minlash.

Vaqtinchalik schyotlarni yopish - bu ushbu schyotning qoldig’ini buxgalteriya o’tkazmasi orqali boshqa schyotqa o’tkazishdir.
Oldingi bobda aytib o’tilganidek 9010-9900 schyotlar vaqtinchalik schyotlar deb yuritiladi. Bu schyotdan daromad va foydani hihsobga oluvchi schyotlar passiv schyotlar, xarajat va zararlarni hisobga oluvchi schyotlar esa aktiv schyot deb yuritiladi. Ma’lumki, aktiv hi-sobvaraqlarda xo’jalik muomalalari natijasida ko’payish ro’y bersa debetlanadi, passiv schyotlarda esa aksincha. Demak, hisobot davri davomida aktiv hi-sobvaraqlarning debet tomonida turli xil xarajatlar hamda zararlar haqidagi ma’lumotlar yig’ilsa, passiv schyotlarning kredit tomonida daromadlar va foydalar haqidagi ma’lumotlar yig’ilar ekan. Ularni bir-biri bilan so-lishtirish natijasida moliyaviy natijalar aniqlanadi. Aynan mana shu so-lishtirish vaqtinchalik schyotlarni yopish paytida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti yordamida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni tushuntirish uchun biz yuqorida ko’rib chiqqan misolimizga murojaat etamiz.
Biz ko’rib chiqayotgan misolda tuzatilgan sinov balansida moliyaviy natjalarga aloqador vaqtinchalik schyotlar qoldiqlari quyidagicha
9010 Mahsulot sotishdan olingan daromad - 900000
9110 Sotilgan mahsulotlar tannarxi - 478000
9419 Reklama xarajatlari - 3400
9421 Ma’muriy xodimlarga ish haqi - 125000
9429 Boshqa ma’muriy xarajatlar - 16000
9350 Qisqa muddatli ijaradan olingan daromad - 30000
9610 Foiz ko’rinishidagi xarajatlar - 169849
Vaqtinchalik schyotlarni yopish qoidasi quyidagicha:
Kredit qoldiqqa ega bo’lgan (daromadlar, foyda) schyotlarni yopish uchun ushbu schyotlar debetlanib, 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobva-rag’i kreditlanadi.
Debet qoldiqqa ega bo’lgan (xarajatlar, zararlarni hisobga oluvchi) hisob-varaqlarni yopish uchun ularni kreditlab, 9910 schyot debetlanadi. Ana shu qoidalardan foydalanib vaqtinchalik schyotlarni yopish bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini quyidagi chizma yordamida aks ettiramiz.
CHizmadagi buxgalteriya yozuvlariga izoh:
“Mahsulot sotishdan olingan daromad” schyotini yopish;
“Sotilgan mahsulot tannarxi” schyotini yopish;
“Reklama xarajatlari” schyotini yopish;
“Ma’muriy xodimlarga ish haqi xarajatlari” schyotini yopish;
“Boshqa ma’muriy xarajatlar” schyotini yopish;
“Foiz ko’rinishidagi xarajatlar” schyotini yopish;
“Qisqa muddatli ijaradan olingan daromad ” schyotini yopish;
“Foyda (daromad) solig’i xarajatlari” schyotini yopish;

Bu yopiladigan bevosita buxgalteriya o’tkazmalari ishchi jadvalning “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” nomli stunining debet va kreditida amalga oshi-riladi.


Keltirilgan chizma va ishchi jadvalning “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” nomli stunini diqqat bilan yana bir karra ko’rib chiqamiz. Ishchi jad-valning ”Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” nomli stuni 9910-hisob-varaqning yopiladigan yozuvlar aks ettirilgan tarxi (chizmaga qarang) bilan bir xil. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” nomli schyotning o’zi ham vaqtinchalik schyotlar guruhiga mansub bo’lib, uni ham hisobot davrining oxirida yopi-lishi talab etiladi. Bu schyotni yopish uchun esa uning debetida jamlangan barcha xarajatlar (soliq xarajatlarini ham inobatga olgan holda), ushbu hisob-varaqning kreditida jamlangan barcha daromadlar summasi bilan solishtirilib, sof foyda summasi aniqlanadi:
930000 - 830885 = 99115 co’m. “Yakuniy moliyaviy natija” nomli 9910 hisob-varag’ining kredit qoldig’ini aks ettiruvchi ushbu summa ishchi jadvalning “Mo-liyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” stunidagi sof foyda summasi bilan teng chiqishi kerak. Bizning misolimizda, ishchi jadval yordamida ham, 9900 hisob-varaqda ham sof foyda summasi 75006 co’mga teng chiqdi. Bu hisob-kitobdan keyin-gi amalga oshiriladigan muolaja - bu 9910 schyotning kredit qoldig’ini 8710 schyotning kreditiga olib o’tish orqali “Yakuniy moliyaviy natija” hisob-varaqini yopishdir:

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling