Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Boshqaruv hisobi korxonalarda monistik va avtonom holda tashkil qilinishi mumkin


Download 2.91 Mb.
bet131/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Boshqaruv hisobi korxonalarda monistik va avtonom holda tashkil qilinishi mumkin.
Birinchi holda, boshqaruv hisobining funktsiyalari moliyaviy hisobni yuritayotgan ayrim xodimlar o’rtasida taqsimlanishi mumkin. Ikkinchi holatda esa, alohida boshqaruv buxgalteriyasi yuzaga keltiriladi.
Boshqaruv hisobi qay darajada tashkil qilinishidan qat’iy nazar, uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun quyidagi talablarga rioya qilinishi tavsiya etiladi:
1) boshqaruv hisobini yo’lga qo’yish va yuritish uchun tegishli amaliy ish tajribasi va moliyaviy hisob va tahlil, soliqqa tortish, moliyaviy hisobning xalqaro tamoyillari, menejment xamda axborot texnologiyalari yo’nalishi bo’yicha chuqur nazariy bilimga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
2) korxona rahbariyatini buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish va uni yuritish jarayoniga chuqurroq tortish. Rahbariyat tomonidan boshqaruv hisobi markaziga tegishli axborotlarni taqdim qiluvchi turli xizmatlar harakatini muvofiqlashtirishga erishish;
3) mutaxassislar barcha (jumladan, xizmat maqsadlarida va maxfiylik grifiga ega bo’lgan) ma’lumotlar bilan ta’minlash.CHunki,axborotlar to’liq bo’lmagan holatda boshqaruv hisobi o’z mazmunini yo’qotadi;
4) korxona biznesining xususiyatlaridan kelib chiqib,boshqaruv hisobini yuritish-ning uslubiyotini ishlab chiqish.Unda boshqaruv hisobining parametrlari (yo’nalish, daromad va xarajat markazlari), hisob siyosati, hisobot shakllari, axborotlarni olish usullari yoritib berilishi lozim;
5) boshqaruv hisobi maqsadlarini hisobga olib maxsus yaratilgan yoki unga moslashtirilgan kompьyuter dasturlariga ega bo’lish.
Boshqaruv hisobini joriy qilish jarayoni uzoq muddatni (bir necha oyni) qamrab olganligi uchun bu jarayonni bir necha qadamga ajratish mumkin.
1-qadam.Maqsad va vazifalarni belgilash
Boshqaruv hisobini joriy qilishdan avval tizim oldiga qo’yilishi kutilayotgan maqsad va vazifalar aniqlab olinadi. Rahbariyat boshqaruv hisobini joriy qilishdan kutilayotgan yakuniy natija to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishi lozim.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling