Moliyaviy tahlil reja Moliyaviy tahlil


Download 112.21 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi112.21 Kb.
#1250774
Bog'liq
moliyaviy tahlil

MOLIYAVIY TAHLIL

Reja

1. Moliyaviy tahlil

2. Moliyaviy tahlilning turlari

3. Moliyaviy samaradorlikni aniqlash

Moliyaviy tahlil – bu kerakli moliyaviy ma’lumotlarga tayangan holda biror kompaniya yoki loyihaning faoliyatini baholab, u haqida tavsiyalar berish jarayonidir.

Moliyaviy tahlilning turlari

  • Moliyaviy rentabellilik tahlili
  • Moliyalashtirishga ehtiyoj va uning maqbul variantini tahlil qilish
  • Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashlilotning moliyaviy tahlili
  • Xarajatlarni qoplanishining tahlili
  • Loyihaning moliyaviy barqarorligini tahlili

Moliyaviy rentabellilik tahlili

Rentabellik — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligidir.

Moliyaviy rentabellilik tahlili

  • Moliyaviy rentabellilik tahlilining maqsadi loyihaning hayot davri davomida investitsiyalardan oladigan samarani baholashdan iborat. Bu tahlil avvalo loyihadagi pul tushumlari chiqimlari oqimiga asoslangan holda o`tkaziladi va ana shu kelgusi pul oqimlari asosida tahlil qilinadi.

Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili

  • Moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlashda milliy iqtisod manfaatlariga mos kelishi shart. Bu tahlil 2 manba hisobidan amalga oshiriladi:
  • O`z mablag`lari
  • Qarzga olingan mablag`lar

Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashlilotning moliyaviy tahlili

  • Bu tahlilga uchta moliyaviy hisobotni tayyorlash, tahlil etish va prognoz qilish kiradi:
  • Daromadlar hisoboti
  • Pul mablag`lari tushumlari va chiqimlari hisoboti
  • Balans hisoboti

Moliyaviy holatni baholash uchun qo`llaniladigan koeffitsiyentlar

  • JA/JP= Joriy likvidlik koeffitsiyenti
  • LA/JP= Shu muddatdagi likvidlik koeffitsiyenti
  • (NP+DQ)/QMM= Kritik baholash k.
  • QM/UA= Umumiy to`lov qobilyati k.
  • JA- joriy aktivlar ; JP-joriy passivlar;

    LA- likvidli aktivlar; NP- naqd pullar;

    DQ- debitorlik qarzlari; QMM- qisqa muddatli majburiyatlar

    UA- Umumiy aktivlar

Rentabellik ko`rsatkichlari

  • (SF+F)/UA= Umumiy aktivlar rentabelligi
  • (SF+F)/DK= Doimiy kapitalning rentabelligi
  • SF/AK= Aksiyadorlik kapitalning rentabelligi
  • SF- Sof foyda; F- Kredit uchun foiz

    DK- Doimiy kapital; AK- Aksiyadorlik kapitali

Moliyaviy samaradorlikni aniqlash

  • Loyihani birinchi hisobda hisob-kitoblar bilan samaradorligini hisoblashda soddalashgan usulda aniqlashimiz mumkin.
  • ROI=EBIT (1-T)/Cy/b - Cy/o

ROI- bug`alteriya asosidagi investitsiya rentabelligi

ROI- bug`alteriya asosidagi investitsiya rentabelligi

EBIT- bank kredit to`lovlari va soliq to`lovlaridan oldingi foyda

T- yagona soliq

Cy/b - Cy/o- yil boshidagi va yil yakunidagi kapital qiymati


Download 112.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling