Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”


Apparatlarni portlashdan himoya qilish


Download 0.73 Mb.
bet10/19
Sana25.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1295009
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Jo\'raxon

2.3 Apparatlarni portlashdan himoya qilish.
Apparatlarda shikastlanish darajasidagi portlash yuz berganda, apparat ichidagi moddani (yonuvchan suyuqliklar, sochiluvchan moddalar) katta maydonlarga, sexlarga yoki ochiq maydonlarga sochib yuborish orqali yong’inni birdaniga tezlik bilan tarqalishiga, sochib yuborilgan metall parchalari (oskolkalar) va to’lqin zarbasi ta‘sirida yon-atrofdagi uskunalarning shikastlanishiga sharoit yaratiladi. Apparatlarning portlashda shikastlanishi insonlar hayoti uchun xavflidir. Shu sababli, apparatlarni portlashi natijasida shikastlanishidan himoya qilish masalasi yong’in xavfsizligini ta‘minlash vazifalari orasida eng asosiysi deb belgilangan. Portlashda shikastlovchi omil bo’lib, apparat ichida birdaniga o’ta katta tezlik bilan ortib boruvchi bosim hisoblanadi. Portlashda bosimni ortib borishi, uning kuchi yoki kattaligi yonuvchi aralashmaning kimyoviy tarkibiga, aralashmadagi yonuvchi komponent konsentrasiyasiga, portlashdagi yonib bo’lgan moddaning umumiy miqdoriga, boshlang’ich yonuvchi aralashmaning dastlabki harorati va bosimiga bog’liq. Gazli va bug’li – havo aralashmalarini portlashdagi yonishi idishlardagi bosimning boshlang’ich holatiga nisbatan 8-10 martaga, changli – havo aralashmalarining yonishida esa 4-6 martaga ortishi mumkin. Apparatlarni portlashdan himoya qilish, ularda hosil bo’lgan yonish maxsulotlarini o’z vaqtida chiqarib yuborish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda ishlab chiqarish texnologik jarayonida apparatlardagi ortiqcha bosimni chiqarib yuboruvchi saqlash klapanlaridan foydalaniladi. Saqlash klapanlari yo’l qo’yib bo’lmaydigan katta ishlab ketish inersiyasiga va portlashdagi maxsulotlarni chiqarib yuborish uchun kichik kesim yuzasiga ega. Buning uchun portlash sodir bo’lgan apparatda belgilangan bosimdan ortiqcha bosim hosil bo’lmasligi uchun, apparatni portlashdan himoya qiluvchi membrana turidagi saqlash klapanlari (portlash membranalari) yoki sharnirli ochib tashlanuvchi eshiklar qo’llaniladi. Portlash membranalari sanoatda keng qo’llanadi. Ularning ishlash prinsipi bo’yicha yoriluvchan, kesiluvchan, sinuvchan, paqillovchi, otib yuboriluvchi va yirtiluvchi turlari bor.
Ma‘lumki, detallarni bajaradigan ishlariga ko’ra tegishli materiallardan sifat talablariga binoan turli xil dastgohlarda keskichlar bilan ishlovlar natijasida tayyorlanadi. Kuzatishlar ko’rsatadiki, tayyorlamalarni keskichlar bilan kesib ishlash ko’proq tokarlik dastgohlariga to’g’ri keladi. Alfavit raqamli kodda berilgan va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan ishni bajarishni ta‘minlovchi komandalar izchilligi ko’rinishida berilgan programma bo’yicha boshqarish, metal kesish, jihozini programma yordamida boshqarish deyiladi. Programma chizma haqida analog raqam ko’rinishida, ya‘ni sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so’z va ko’rsatmalar, shartli belgilar va boshqa simvollar ko’rinishida yozilgan ma‘lumotlardan iborat. Sonli programma yordamida boshqarish qurilmasi va ma‘lumotlarni dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga o’zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi. Umumiy holda boshqarish komandasini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo’lgan komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi. Sonli programma yordamida boshqarish tizimsi bu komandalarni avtomatik tarzda o’qiydi va bajaradi. Programmalarni yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2 lik va 10 lik sanoq tizimlaridan iborat. Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o’tishi uchun perfolenta, perfokarta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi. Raqamli yoki sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat: Odam dastgohda ishlashdan ozod bo’ladi; Mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko’proq ta‘minlanadi; Jihozlarning samaradorligi yuqori, programma yordamida boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o’rnini bosadi; sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat liniyalar tuzish oson. Programma yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog’i uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning malakali programmachi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat ortadi, brak miqdori kamayadi. Programma yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan avtomatik liniyalarni EHMga ulash oson. EHM oldidan tuzilgan programma bo’yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo’lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EHM jihozining ishini o’zgartiradi. Programma yordamida boshqarish tizimsi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi. Programmalashtirishning 2 ta usuli mavjud bo’lib: Birinchi usulda detal chizmasi olinadi va jadval yoki analitik ko’rinishdagi tenglama ko’rinishida kodlanadi. Bunda dastgoh asbobi va ish organlari harakatining trayektoriyasi elementar uchastkalarga bo’lib chiqiladi. Har bir uchastkaning koordinatalri x, u, z o’qlariga ortirma ko’rinishida tushuntiriladi. Programma eltgich hajmi kichikroq bo’lishi uchun magnitli lentaga yozishga mo’ljallangan bir necha yo’lcha bor. (6 ta yoki 8 ta). Programma universal yoki maxsus hisoblash mashinasiga kiritiladi. Programma tuzishning ikkinchi usuli boshqaruvchi mashinani o’qitishdan iborat. Bu usulda chizmada asbob yoki detalning harakat trayektoriyasi jadvali yoki tenglamasini tuzish shart emas. Bu holda dastgohga zagotovka o’rnatiladi va programma qurilmasi ulanadi. Ishchi dastgohni qo’lda bajarib, chizma bo’yicha birinchi detalni tayyorlaydi va ishlov berishga doir ma‘lumotlar dastgohning magnit lentasiga avtomatik tarzda yoziladi. Zagotovkalarga mexanik ishlov berishda ish harakati va qo’shimcha xarakatlarning ma‘lum izchilligini ta‘minlash lozim. Ana shu izchillikka programma deyiladi. Dastgohni ijro organlari xarakatlantiruvchi mexanizmlarga ta‘sir etadigan qurilmalar boshqarish tizimlari deb ataladi. Dastgohlarda ishlov berishdagi qo’lda boshqarish programmani dastlabki informasiya (chizma, texnologik xujjatlar), shuningdek dastgox va asbobni ishini o’lchash xamda kuzatishlar natijasiga qarab yig’ilgan joriy informasiya asosida jarayonining o’zi bajarishini ko’zda tutadi. Dastgohni avtomatik boshqarish butun programmani maxsus programma eltuvchi - xotira qurilmasidan foydalangan xolda qayd qilish va bajarishni ko’zda tutadi. Programma eltuvchilar sifatida rostlanaligan tiraklar, kulachoklar, koperlar, terish qurilmalari va xokazo qo’llaniladi. Sonli dastur yordamida boshqarish (SDB) avtomatik boshqarishning bir turi xisoblanadi. U programmani xarf-raqamli kod tarzida qayd qilishni ko’zda tutadi. Sanoatda dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar tabora keng ishlatilmoqda. Aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ishchi organlarining belgilangan ishni bajarishini ta‘minlovchi buyruqlar ko’rinishida berilgan dastur bo’yicha boshqarish metall kesish jihozini dastur yordamida boshqarish deyiladi. Umumiy holda, boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanishini boshqarish uchun xarur bo’lgan dasturlarni tayyorlash, hisoblash va yozish (dastur uzatgichga) tushuniladi. Raqamli dastur yordamida boshqarish tizimi - buyruqlarni avtomatik ravishda o’qiydi va bajaradi. Raqamli dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar quyidagi afzalliklarga ega: - odam dastgohda ishlashlashdan ozod bo’ladi; - mehnat unumdorligi ortadi; - jihozlar ish bilan ko’proq ta‘minlanadi; - jihozlarning samaradorligi yuqori; - dastur yordamida ishlaydigan dastgohlardan avtomatik liniyalar tuzish oson; - dastur yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog’i uchun texnologik dasturlarni tayyorlashni markazlashtirishga imkon beradi; - sifat ortadi va brak kamayadi. Dastur yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzligan avtomat liniyalarni elektron hisoblash mashinalariga ulash oson. EHM oldindan tuzilgan dastur bo’yicha butun liniya ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo’lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EHM jihozlarning ishini o’zgartiradi. Dastur yordamida boshqarish tizimi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi. Tokarlik sonli dastur yordamida boshqarish dastgohi. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo’llanilishi. Mashinasozlik umumiy maxsulotlarining 75-80% gachasi seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishga to’g’ri keladi, bu ishlab chiqarishlarni bajarishga ishchi vaqtining ko’p sarflashi bilan xarakterlanadi. Ma‘lumki, mashinasozlikda texnologik operasiyalarni bajarishga umumiy vaqt me‘yorining 20-30% ni asosiy texnologik vaqtni tashkil etsa, yordamchi vaqt umumiy vaqtning 70-80% ni tashkil etadi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlar yarim avtomat va avtomatlardan iborat bo’lib, ularning barcha xarakatlanadigan organlari tegishli ishchi va yordamchi avtomatik xarakatlarni amalga oshiradi. Bu xarakatlar avvaldan o’rnatilgan, perforirlangan qog’ozga (ba‘zida magnitliga), tasma yoki diskka yozilgan dastur bo’yicha amalga oshiriladi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarda murakkab, tayyorlash kimmatga tushadigan va sozlash uchun katta mexnat talab qiladigan kulachokli, andozali va tayanchlar sonli dastur bilan boshqariladigan tizimida talab qilinmaydi. Bu esa kichik partiyali, ayrim xollarda esa yakka zagatovkalarga ishlov berishni rentabelli qiladi, sozlashni osonlashtiradi va jadallashtiradi (ayniqsa zagatovka juda xam murakkab konstruksiyaga ega bo’lganda). Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarni qo’llashni samarasi: a) ishlov beriladigan zagatovka o’lchamlarining aniqligi va bir xildaligida va shaklida bilinadi; bu aniq shakldor sirtga va ko’p sondagi o’lchamlarni saklagan xolda konstruktiv jixatdan murakkab bo’lgan zagatovkalarga ishlov berishda muxim axamyatga ega; b) qo’l bilan boshqariladigan dastgoxlarda yordamchi vaqt unumini 70-80% dan 40-50 % gacha kamaytirish xisobiga ishlov berish unumdorligini oshiradi (ishlov beradigan markazlardan foydalanilganda 20-30% gacha yordamchi vaqt unumini kamaytiradi), ayrim xollarda esa kesish rejimini intensifikasiyalash orqali ishlov berish unumdorligini oshiriladi; sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarga ishlov berishni utkazilganda urta xisobda unumdorlik oshadi: tokarlik dostgoxlari uchun ikki-uch marta, frezalash dastgoxlari uchun uch-to’rt marta va ishlov beradigan markazlash uchun besh-olti marta; 146 8-rasm. IR320PMF4 modelli ko’p operasiyali dastgoh. 9-rasm. HR3S modelli ko’p operasiyali dastgohi. 10-rasm. HR5V modelli ko’p operasiyali dastgohi. c) unumdorlikni oshirishga, dastgoxda ishlovchining malakasiga bo’lgan talabning kamayishi xisobiga ishlov berish tannarxini kamayishiga; 147 d) avtomatik ishlaydigan va sozlangan sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarda tayyorlanishi murakkab bo’lgan va aniq zagatovkalarga ishlov berishni soddalashtirish xisobiga yukori malakali dastgoxda ishlovchilarga bo’lgan talabni kamayishida ko’rinadi. ―HAAS‖ modelli ko’p operasiyali dastgoh. 11-rasm. ―HAAS‖ modelli ko’p operasiyali dastgohining umumiy ko’rinishi. o’zbekistonning ―Yevro-Aziya TAPO Disk‖ qo’shma korxonasida shtamplarga ishlov beruvchi ―HAAS‖ modelli ko’p operasiyali dastgoh, qo’shma korxonadagi ko’plab doimiy zarur bo’lgan murakkab shtamplarni tayyorlash uchun ishlatilmoqda. Dastgoh vertikal ishlov beruvchi markaz ko’rinishida bo’lib vertikal ko’rinishga ega. Shu bilan birga dastgoh kesish asboblari magazini bilan ta‘minlangan. o’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining «Metallarga sovuq ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari»ni tasdiqlash haqidagi buyrug’iga (o’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-noyabrda ro’yxatdan o’tkazilgan, ro’yxat raqami 2726) asosanTokarlik dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari: Diametri 630 mm gacha bo’lgan tanovarlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan universal dastgohlarda ishlov berish zonasi himoya qurilmasi (ekran) bilan to’silishi lozim. Ishlov berish zonasining ish o’rniga qarama-qarshi tarafiga ham ekran qo’yilishi kerak. Tanovarlarga ishlov berishda qirqish tezligi 5 m/sk dan ortiq bo’lgan dastgoh-avtomat va yarim avtomatlardagi kuzatish darchasining ichki tomoniga diametri kamida 5 mm bo’lgan po’lat tayoqchalardan yasalgan panjara o’rnatilishi lozim. Panjara katagiga ichki chizilgan doiraning diametri 60 mm dan oshmasligi kerak. Po’lat tayoqchalar kesishgan joylar payvandlash yordamida ulanish lozim. Universal tokarlik va tokarlik-revolver dastgohlarining qisish patronlari, zarur bo’lganda tanovarlarni o’rnatish va olish paytida oson suriladigan, dastgohlarning texnologik imkoniyatlarini cheklab qo’ymaydigan to’siqlarga ega bo’lishi zarur. Tokarlik karusel dastgohlaridagi planshayba dastgohga xizmat ko’rsatishni qiyinlashtirmaydigan to’siqqa ega bo’lishi lozim. Planshayba ustki tekisligi pol sathidan 0,7 m dan ko’p balandlikda joylashgan bo’lsa, u yaxlit, siljitish mumkin bo’lgan, planshayba tekisligi sathidan 50 — 100 mm dan baland bo’lgan to’siqqa va olinadigan qo’shimcha shchitlarga ega bo’lishi kerak. Karusel dastgohlarning planshaybalarida aylanayotgan planshaybadan qisish qurilmalari uchib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydigan cheklovchi qurilma ko’zda tutilishi lozim. Yirik gabaritli detallarning ichki yuzalariga ishlov berish jarayonini bexatar kuzatish uchun karusel dastgohlar maxsus maydonchalar bilan jihozlanishi kerak. Tokarlik dastgohlarining yurish valik va vintlari maxsus to’siqlar bilan berkitilishi lozim. 148 Kesuvchi asbob minimal chiqish bilan o’rnatilishi zarur. Kesuvchi asbobni balandlik bo’yicha o’rnatish uchun turli qalinlikdagi tagliklar to’plamidan foydalanish zarur, tagliklar yeni va uzunligi bo’yicha keskichning tayanch qismidan kichik bo’lmasligi kerak. Keskich butun yuza tekisligi bo’yicha kamida ikkita bolt yordamida mahkamlanishi kerak. Kesishida tasma shaklida chiqayotgan qirindidan jarohatlanishni oldini olish uchun qirindini maydalaydigan moslama qo’llanilishi zarur. Mo’rt materiallarga ishlov berish paytida va mayda po’lat qirindilar paydo bo’lganda qirindi maxsus idishlardan foydalangan holda chiqarib tashlanishi lozim. Parmalash dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari: Parmalash dastgohlarining asosiy yuritmasi quvvati 4 kV gacha va shpindelining aylanish chastotasi 3000 ayl/min gacha bo’lgan dastgohlarda shpindelning to’xtash vaqti 3 sek. dan oshmasligi lozim. Asosiy yuritmasining quvvati 4 kV dan ko’p va shpindelining aylanish chastotasi 2000 ayl/min gacha bo’lgan dastgohlarda shpindelning to’xtash vaqti 5 sek. dan oshmasligi kerak. Dasturli boshqaruv dastgohlarida asbob shpindelga avtomatik tarzda o’rnatilishi va mahkamlanishi kerak. Umumiy staninaga o’rnatilgan, shpindellari individual yuritma va umumiy kirish ulab-o’chirgichga ega bo’lgan ko’p shpindelli parmalash dastgohlarida har bir shpindelni ishga tushirish va o’chirish qurilmalari hamda ixtiyoriy ish o’rnidan hamma dastgohlarni bir vaqtda o’chirish uchun avariyaviy ulab-uzgichlar ko’zda tutilishi lozim. Ishlatilmaydigan shpindellar o’chirib qo’yilishi kerak. Dastgohning shpindelini boshlang’ich holatiga qaytarish qurilmasi (posangi yoki prujina) uning butun yurish uzunligi bo’ylab surilishini ta‘minlashi kerak. Detallarga teshik parmalash paytida qo’zg’almas yoki dastaki qisish moslamalaridan foydalanish zarur. Detalni bevosita qo’lda ushlab ishlash mumkin yemas. Dastgohni mahkamlash moslamalari asbobni ishonchli tarzda qisilishini, aniq markazlashtirilishini ta‘minlashi zarur. Vertikal parmalash va radial parmalash dastgohlari traversi, xartum, kronshteynlarning o’z-o’zidan pastga tushishiga yo’l qo’ymaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi lozim. Yo’nib kengaytirish dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari: Gorizontal yo’nib kengaytirish dastgohlarining shpindellaridagi shponka pazi shpindelning birinchi yon tomoniga yetmasligi yoki uning yon tomonidan chiqqan joyi yopilishi kerak. Asbobni mahkamlash uchun ishlatiladigan vint va boshqa yelementlar shpindel periferiyasidan chiqib turmasligi kerak. Agar bu talabni bajarish imkoni bo’lmasa, xavf tug’diruvchi yuza himoya qurilmasi bilan yopilishi lozim. Dasturli boshqarish dastgohlarida asbob shpindelga avtomatik usulda o’rnatilishi va mahkamlanishi kerak. Shpindel (asbobsiz) o’chirilgandan so’ng uning to’xtash vaqti 6 sek. dan oshmasligi zarur. Universal konsolli frezalash dastgohlarda, shuningdek xoch shakldagi stolli dastgohlarda ham ishlov berish zonasi himoya qurilmasi (ekran) bilan to’silishi lozim. Balandligi 2,5 m dan ko’p bo’lmagan gorizontal frezalash dastgohlarida shpindelning orqa qismi bilan asbobni mahkamlaydigan vintning chiqib turgan uchi birgalikda, shuningdek frezalash moslamasining tutqichdan chiqib turgan uchi ham tez olinadigan kojux bilan to’silishi zarur. Frezalash dastgohlarining uzatish vali, kardan birikmasi, shpindel va shompollarini chiqib turgan orqa uchlari to’silishi kerak. Universal konsolli frezalash va xoch shakldagi stolli (stol yeni 63 mm gacha) dastgohlarda shpindel (asbobsiz) o’chirilgandan so’ng uning to’xtash vaqti 6 sek. dan oshmasligi lozim. Konsolli frezalash dastgohlarining konstruksiyasi konsol va stanina oralig’idagi hududdan qirindini qulay va xavfsiz olib tashlanishini yoki ushbu hududga qirindi tushmasligi uchun berkitilishini ko’zda tutishi kerak. Nusxa ko’chirish parmalash-frezalash va frezlash dastgohlarining parmalash va frezalash karetkasini berilgan vaziyatda o’chirib qo’yish uchun oxirgi ulab-uzgichlar bo’lishi zarur. Frezalarni o’rnatish va olish paytida qo’l kesilib ketishiga yo’l qo’ymaydigan maxsus moslamalar qo’llanilishi kerak. 149 Tishga ishlov berish dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari: Tish silliqlash dastgohlaridagi jilvirlash charxtoshlarining himoya kojuxlari GOST 12.3.028-82 ―Yelbordan yasalgan asboblar va jilvirlash bilan ishlov berish jarayonlari. Xavfsizlik talablari‖ga javob berishi kerak. Ishlov beriladigan mahsulot diametri 1250 mm gacha bo’lganda, dastgohlarda ishlov berish hududini to’sadigan himoya qurilmalari bilan jihozlanishi lozim. Dastgohlarda tanovarga ishlov berish sikli tugagandan so’ng asbob va kinematik zanjir yelementlarining harakati avtomatik tarzda o’chirilishi ko’zda tutilishi kerak.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling