Andijon mashinasozlik instituti “transport va logistika”fakulteti “mehnat muhofazasi ”


-BO’LIM. TEXNOLOGIK JARAYONLARDA YONG’IN XAVFSIZLIGI BO’YICHA UMUMIY QOIDALAR


Download 0.73 Mb.
bet8/19
Sana25.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1295009
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Jo\'raxon

2-BO’LIM. TEXNOLOGIK JARAYONLARDA YONG’IN XAVFSIZLIGI BO’YICHA UMUMIY QOIDALAR

    1. Texnologik jarayonlarda yong’in muhofazasi ishlarini tashkil qilish turlari

Yong’in bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordaga xalq boyliklarini yondirib, kulga aylantiradi. Yong’in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbanat angidrid va boshqa zararli hid va gazlar ko’p miqdorda atmasferaga ko’tarilib, nafas olish uchun zarur bo’lgan havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, yong’indan ko’riladigan zararlarning eng yomoni shuki, unda ko’plab kishilar jarohatlanadi va hatto o’lishi ham mumkin. Bularning hammasi, yong’inga qarshi kurash tadbirlarini, bu vaqtda paydo bo’ladigan ishlarni xavfsiz bajarish usullari va mehnat muhofazasi bilan birgalikda o’rganishga majbur qiladi. Hozirgi paytda to’qimachilik korxonalarida yonish xavfini kamayishi borasida birmuncha ishlar amalga oshirilgan.
To’qimachilik korxonalarida yong’in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay havfsiz ishlaydigan elektron uskunalari qo’llanilmoqda. To’qimachilik korxonalari bino va inshoatlari tarkibidan yonuvchi qurilish materiallari siqib chiqarilmoqda. o’t o’chirishning mexanizasiyalashgan va avtomotlashgan sistemalari toboro ko’proq qo’llanilmoqda. Lekin, yong’in chiqishining oldini olishda, o’t o’chirishda asosiy mas‘uliyat kishilar zimmasiga tushishini va ularning yong’inni o’chirish texnikasining barcha talablarini to’liq bajarishlariga bog’liq ekanligini unutmasligimiz kerak.
To’qimachilik korxonalarida bu, tartibli ravishda yong’in texnikasi haqidagi nizom, yong’in xavfsizligi qoidalari, yo’riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi kerak. Respublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko’z qarochig’iday saqlashi va asrabavaylashi uni boyitishi haqida qayg’urishi kerak. Shuning uchun to’qimachilik korxonalarida yong’inni oldini olish va o’t o’chirish tadbirlari keng jamoatchilikka suyangan xolda, sexlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi. Yong’in muhofazasi ishlarini tashkil qilish turlari Yong’in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo’linadi. Kasbiy yong’in muhofazasi o’z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va literli obyektlarga xizmat ko’rsatadi), harbiylashtirilmagan (tuman markazlari va yirik sanoat obyektlariga xizmat ko’rsatadi) turlariga bo’linadi. Literli obyektlarga katta sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, elektrostansiyalar, 1000 kishidan ortiq joyi bo’lgan davolash maskanlari, madaniy muassasalar va mehmonxonalar, aviaotryadlar, 2500 m2 dan ortiq maydoni bo’lgan savdo majmualari, mudofaa ahamiyatiga molik korxonalar va boshqalar kiradi. Ularning ro’yxati VM tomonidan aniqlanadi.
Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong’in qismlari tashkil qilinadi. ShNK 2.01.02-04 Bino va inshoatlarning yong’in xavfsizligiga asosan ishlab chiqarishning yong’in xavfi bo’yicha A, B va V toifalar uchun (ma‘lumki to’qimachilik korxonalarining asosiy sexlari V toifasiga mansub) kasbiy yong’in qismlarining xizmat ko’rsatish radiusi 2 km dan oshmasligi kerak. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi. Yong’in xavfi kam bo’lgan hamda kichikroq korxona va muassasalarda yong’in muhofazasi va obyektni qo’riqlash xizmati birgalikda qo’shib olib boriladi. To’qimachilik korxonalarida yong’in muhofazasini tashkil qilish va yong’in chiqishini ogohlantirish, o’t o’chirish texnikasi va qurollarini aloqa va o’chirish vositalarini jangovor xolatda saqlash; yong’in chiqqan taqdirda ularda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish va shu kabi kundalik profilaktik ishlarni olib borishni taqozo qiladi. Avval aytganimizdek, o’zbekiston Respublikasida ―Davlat Yong’in Nazorati‖ (DYoN) yo’lga qo’yilgan va u IIV ning barcha strukturasiga kiradi. o’z.R. da DYoN to’g’risidagi Nizomning 10- bandiga va o’z.R. Jinoyat prosessual kodeksining (JPK) 38-moddasi 5-bandiga asosan DYoN organlari yong’inlar bo’yicha va yong’in xavfsizligi qoidalarini buzganlik bo’yicha surishtiruv organlari 62 hisoblanadi. Masalan, o’z .R.JPK ning 173-modda 2-qismining ―b‖ bandiga binoan ―o’zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish atrofdagilar uchun xavfli usulda sodir etilgan bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.‖ Yoki, 259 – moddaga binoan ―Yong’in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas‘ul bo’lgan shaxs tomonidan buzulishi badanga o’rtacha og’irlikda yoki og’ir shikast yetkazilishiga sabab bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravariga jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan maxrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi‖. Ko’ngilli o’t o’chirish drujinalari o’z ish faoliyatini VM ning 1995 y 29 iyuldan 243-son Qarorning talablariga asosan ―mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar, vazirliklar, idoralar, korporasiyalar, konsernlar, uyushmalarning sanoat korxonalari va boshqa obyektlarida ko’ngilli o’t o’chirish jamoa tashkilotlari haqidagi Nizom‖ ga binoan oshiradi. Ularning vazifalari quydagilardan iborat: obyektda yong’inga qarshi tartib-qoidalarning qanday bajarilayotganini va unga qanday rioya etilayotganini nazorat qilishni amalga oshirish: ishchi va xizmatchilar orasida yong’inga qarshi tartib qoidalarga rioya qilish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borish; o’t o’chirish texnikasi va dastlabki vositalarining soz va jangovor holatdaligini nazorat qilish; yong’in chiqqan hollarda o’t o’chirish komandasini chaqirish va odamlarni xavfli joydan ko’chirish hamda obyektdagi mavjud o’t o’chirish vositalari bilan yong’inni o’chirishga oid shoshilinch choralar ko’rish; zarur bo’lgan hollarda ko’ngilli o’t o’chirish drujinasi a‘zolarining o’t o’chirish mashinalarida, motopompalarida va o’t o’chirishning ko’chma va muqim vositalarining jangovor guruxlaridagi ishlarda qatnashish, shuningdek o’ta zarur hollarda, sexlar va boshqa obyektlarda navbatchilikda turish; obyektning yong’in-texnik komissiyasi va yong’inlarni aniqlash, oldini olish hamda o’t o’chirishning yangi usullarini joriy etuvchi davlat yong’in nazoratining mahalliy organlari bilan o’zaro birgalikda xarakat qilish. Ko’ngilli o’t o’chirish drujinalarini mablag’ va maxsus kiyim-boshlar (brezent kurtkalar, shimlar va qo’lqoplar, paxtalik nimchalar), charm yoki kirza etiklar bilan ta‘minlashga oid barcha harajatlar ular tashkil etilgan korxona hisobidan amalga oshiriladi. Ko’ngilli o’t o’chirish drujinasining eng faol a‘zolari korxona tomonidan rag’batlantiriladi. Bulardan tashqari to’qimachilik korxonalarining yong’in xavfsizligini ta‘minlash uchun quyidagi umumiy tadbirlarni amalga oshirish kerak: bino va inshootlarni avtomatik o’t o’chirish vositalari bilan jihozlashda ularga kundalik texnik xizmat ko’rsatish ishlarini amalga oshirish; texnologik jarayonda qo’llanayotgan materiallar va vositalarning yonish yoki portlash ko’rsatkichlarini aniqlash va xonalarda ishlatilayotgan elektr moslamalarini ishlab chiqarish xonalarining yonuvchanlik va portlovchanlik sinflariga qarab tanlash; ishlab chiqarish xonalarida va shamollatish tizimlarida yong’in tarqalishining oldini olish maqsadida yong’inga qarshi to’siqlar, tez xarakatga keluvchi to’suvchilar, klapan – shiberlar va zaslonkalarni qo’llash; bino konstruksiyasining olovga chidamliligini oshirish, yong’in jihatdan xavfli jihoz va uskunalarni binoning alohida xonalariga ajratib qo’yish; (masalan: chiqindilarni tozalash mashinasi alohida xonaga qo’yiladi). evakuasiya yo’llarida bezash uchun turli yonuvchan materiallardan foydalanishni ta‘qiqlash; sexlarda va koridorlarda tutun yig’ilishini oldini olish, tutunni haydash tizimlarining doimiy ishlab turishini ta‘minlash; sexlar, laboratoriyalar va omborxonalarni xavfsizlik belgilari bilan jihozlash, olov bilan bog’liq bo’lgan ishlarni tartibga solish; o’z-o’zidan alangalanishi mumkin bo’lgan moddalarni boshqa yong’in xavfi mavjud moddalardan alohida, havo bilan kontakt qilmaydigan holda saqlash lozim. o’zaro reaksiyaga kirishishi mumkin bo’lgan moddalarni GOST 12.1.004-91 ―Yong’in xavfsizligi‖ asosida saqlash lozim. Suv bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarni quruq joyda saqlash zarur. Issiqlik va mexanik ta‘sir natijasida 63 portlashi va yonishi mumkin bo’lgan moddalarni boshqa yonuvchan moddalar bilan birga saqlash mumkin emas. Ularni me‘yoriy hujjatlar asosida saqlash lozim. qisqa tutashuvlarga yo’l qo’ymaslik, uning chiqishi mumkin bo’lgan barcha hollarni oldini olish choralarini ko’rish va hakazolar. Korxonalarda yong’in muhofazasining qanday strukturasi mavjud bo’lishidan qat‘iy nazar ko’ngilli o’t o’chirish drujinalari tuzilishi kerak.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling