Andijon mashinasozlik instituti transport va
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Mahmudxo‘ja Behbudiy. Muhtaram yoshlarg‘a murojaat (1914) (ziyouz.com)
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI TRANSPORT VA LOGISTIKA FAKULTETI TRANSPORT LOGISTIKASI YO’NALISHI 2-BOSQICH K 102-21 GURUH TALABASI XOLMUMINOV SAMANDARNING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI MAVZU:M.Behbudiyning yoshlarga murojat va muxtaram yoshlar maqolalarini tahlil qilish va essey tayyorlash Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobig‘a tavassul va tashabbus etmoqlik harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan zuhur eta boshlagani kabi, bizning Turkistonda ham madaniyat eshigi manzalasida bo‘lgan makotibi ibtidoiyya ila intiboh va islohot jarchisi bo‘lgan milliy matbuot g‘ayratlu yoshlarning harakoti maorifparvaronalari soyasida vujudga keldi. Shuning uchun har bir milliy havoyijimizdan bo‘lgan mushkul ishlarda yolg‘iz yoshlarimizni marja’ va umidgoh tutib, alardan yordam so‘raymiz (mollari yoki so‘zlari ila millat foidasig‘a yordamlari tekgan ba’zi ulamou ag‘niyomiz ham yoshlar qatoridadurlar). Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib— taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoe’ va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas. «Muborizai hayot» maydonida mutlaqo mag‘lub bo‘lur, oyoqlar ostida ezilur, diniy, iqtisodiy ishlarda o‘zgalarning asiri bo‘lub, bora-bora milliyat va diyonatini ham ho‘ldan berur. Ana ushbu yo‘llar ila oxiri mahv va nobud bo‘lub ketar. Binoan alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig‘a va maktablarning har jihatdan intizom va akmolig‘a ahamiyat berub bolalarini milliy va diniy ruhda mukammal suratda yetushdurarlar. Aning uchundurki, o‘zga millatlar diniy va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam tutarlar. Va luzumi kelganda bu yo‘lda molu jonlarini fido etmoqg‘a hozir turarlar. Mana, hozirgi urushlar va iqtisodiy tortishlar diyonat va milliyat hissiyoti natijasidur. Bizlarda bir fazilat bor bo‘lsa, ul ham faqat taassuboti johilonadan iboratdur. Demak, bizlar hozirgi nimokla diyonatimizni yolg‘uz taassub soyasida saqlab turubmiz. Lekin ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab bo‘lmas. Chunki zamonamiz shunday zo‘rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur. Shuning uchun zamonaning muhlik asbobig‘a qarshu muqovamat etadurgon bir narsa bor bo‘lsa, ul-da maorifdur. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yosh- lar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oya- sini: «Biz larni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbi- yasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo‘sinda bayon qiladi. Eslab qoling: «padarkush» so‘zi lug‘aviy jihatdan «ota qotili» degan ma’noni anglatadi. Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dra- maturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlar- ning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qu- surlar ularning gap-so‘zlari, xatti- harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi. Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo uni ilm yo‘li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o‘y- lamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Dom- laning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga qu- loq tutmaydi; savollariga qo‘pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani – inson qadrini ham, obro‘-e’tiborini ham boylik bilan o‘lchaydi; o‘z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan ya- shaydi. Dramada boyning eng katta xatosi ziyo li kishilarning so‘zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bilamizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so‘zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo‘lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo‘lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta’kidlab o‘tadiki, «mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilur- man» – bu o‘sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o‘zga ish ni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmay- di. Unda ma’naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo‘lishi lozim. Muhtaram o‘quvchi, agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, av- val Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma’rifatga, o‘g‘lini o‘qi tish zarurligiga urg‘u beradi. O‘z zimmasidagi amri ma’ruf va nahyi munkar, ya’ni yaxshilikka chorlab, yo- monlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uc hun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynimdan soqit qildim» degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo bo‘la di. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomg‘ir- ga uchraymiz» deb g‘udranadi. Domla aytgan fikr- mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta’kidlaydi. Muallif ishtirokchilar- ga ta’riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o‘rinda «millatchi» so‘zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham, millatparvarlik ham jamlangan. Behbudiy millatini sevib di nini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko‘rsatmoq- chi bo‘ladi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr bosh- larida yozilgan bo‘lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tu- gal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Inso n- ni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navni- hol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘nalti rib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Mahmudxo‘ja Behbudiy. Muhtaram yoshlarg‘a murojaat (1914) (ziyouz.com) https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/jadid- matbuoti/mahmudxo-ja-behbudiy-muhtaram-yoshlarg-a-murojaat- 1914?ysclid=lbd8h34fqv131231821 Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling