Andijon Mashinasozlik Instuti Avtomobilsozlik fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 324-19-gruh talabasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqElektrik avtomobillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu borada GM ham bosh
ELEKTRIK AVTOMOBILLAR Reja: 1.Elektromobillar haqida. 2.Haydovchisiz boshqarish tizimi. 3.Foydalanilgan adabiyotlar. Bugungi kunda haydovchisiz avtomobillar rivojlanib borayotganini yaqqol ko’rishimiz mumkin bu borada har bir avtomobil ishlab chiqaradigan zavot buning ustida tajribalar olib bormoqda hazirda eng rivojlanib borayotgan “Tesla” elektromobillari jahonda yetakchi o’rinda rivojlanib bormoqda haydovchisiz avtomobil deganda har birimiz ko’z oldimizga elektromobillarni keltiramiz shunday ekan bu taroqqiyot davrida O’zbekistondagi rivojlanishiga to’xtasak Bugungi kunda elektromobillar ishlab chiqarish zaruriyati avtomobilsozlar uchun strategik masalaga aylanmoqda. Yaqinlashayotgan yangi davri haqida to’xtaladigan bo’lsak UzAuto Motors tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobil narxlarining keskin oshirilishi, Xullas, bu yoqda neft bozori kasodga uchrab, boshqa tarafda esa koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti orqaga ketayotgan bir paytda haqiqatan ham mantiqqa sig‘maydigan narx ko‘tarilishi faqat UzAuto Motors’dagilarning o‘zini xursand qildi xolos Lekin e’tiboringizni narx oshishiga emas, boshqa masalaga qaratmoqchimiz UzAuto Motors ishlab chiqaradigan avtomobillar va hozirda jahon bo‘ylab harakatlanayotgan deyarli barcha avtomobillar bu – ichki yonuv dvigateli asosida, ya’ni benzin, dizel yoki gaz yoqilg‘isi yoqib harakatlanadigan mashinalardir, an’anaviy benzin va gazda yuradigan avtomobillar zamonasi yakunlanmoqda! Uzog‘i bilan yana ikki o‘n yillik va ular o‘z o‘rnini elektromobillarga bo‘shatib beradi. Yodingizdami, 10–15 yillar oldin mobil telefonlar endi ommalashayotgan paytda telefon apparatlari bozori Nokia’dan boshlab Siemens, Motorola, Philips, Sony Ericsson va hokazolar bilan to‘la edi. Siz u paytda Apple va Xiaomi apparatlarini eshitmagansiz ham. Sababi juda oddiy: tugmali oddiy telefonlar zamonasida bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yuqoridagi kompaniyalar smartfonlar zamonasiga kelib bozor uchun ommabop takliflar bera olmadi va hozirda mobil aloqa texnologiyalari bozorida ularni deyarli uchratmaysiz. 2010–2012-yillarda tugmali telefonlarning zamonasi allaqachon yakunlandi va smartfonlar davri boshlandi. Avtomobillar bozori bilan ham shunga o‘xshash vaziyat sodir bo‘lishi kutilmoqda va u allaqachon boshlangan. Bozorni elektromobillar bilan zabt etishni Tesla boshlab yubordi. Birgina 2019-yilning oxirgi choragida kompaniya 104 891 dona elektromobil sotgan. Va bu borada Tesla yolg‘iz emas. Ko‘pchilik elektromobil deganda birinchi navbatda Tesla’ni tasavvur qiladi. Lekin elektromobillar allaqachon Jaguar, Audi, Mercedes va Porsche kataloglarida ham bor. Hozircha faqat Porsche ishlab chiqargan model bozorda Tesla bilan raqobatlasha oladigan darajada arzon chiqqan va texnik jihatdan afzalliklarni ham va’da qilmoqda xususan, Porsche Taycan modeli atigi 22 daqiqada 80 foiz zaryadlanishi mumkin va to‘liq zaryad olishi uchun 1 soat kifoya qiladi – siz qahva ichib bo‘lguningizcha mashinangiz yana yo‘lga tayyor bo‘ladi. Lekin bu boshqa avtokonsernlar vaziyatga shunchaki tomoshabin sifatida qarab o‘tiribdi degani emas. Umuman olganda, yirik avtokonsernlar elektromobillar bozoriga yurak yutib qarab turgani aniq. Bizga tanish an’anaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan zavodlar yoppasiga elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tmayotganining eng katta sababi konveyyer liniyalarini elektromobillarga moslash uchun o‘n milliardlab dollar sarmoya kerak bo‘lishi bilan bog‘liq. Qolaversa, elektromobil ishlab chiqarish uchun loyihalash va konstruktorlik mutaxassislari, yig‘ish ustalari va ishchi xodimlar kerak bo‘ladi. Zavodda birvarakayiga buncha malakali ishchi topishning esa iloji yo‘q. Aynan shu omillar hozircha jahonning yirik avtomobilsozlik korxonalarini biroz tutib turibdi. Shunga qaramay, bizni elektromobillar zamonasiga olib o‘tadigan texnik inqilobga juda yaqin qoldi. Bir paytlar chiqindi gazlar miqdorini kamaytirib ko‘rsatadigan qalloblikka ega dasturiy ta’minoti uchun malomatga qolganVolkswagen o‘z reputatsiyasini tiklash yo‘lida tinmay urinmoqda va avvaliga e’lon qilgan – 2025-yilga kelib bir millionta elektromobil ishlab chiqarish bilan bog‘liq strategik rejasini o‘zgartirib, endi 2023-yildayoq ushbu ko‘rsatkichga erishmoqchi. 2025-yildan boshlab esa ular yiliga 1,5 million donadan elektromobil ishlab chiqarib, bozorda o‘z ulushini egallashni ko‘zlagan. Volkswagen’ning ID.3 elektromobili shu yilning yozida sotuvda paydo bo‘ladi. Nemislar bu borada ko‘zlagan marralari ulkan: ular jahon elektromobil bozorining bayroqdor yetakchisi bo‘lmoqchi. Va bunga jiddiy kirishishdi – konsern elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 33 milliard yevrolik loyihani boshlab yuborishdi. Shu jumladan, butun Yevropa bo‘ylab 36 mingta zaryadlash stansiyasi barpo qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Konsern endilikda gazda yuradigan mashina ishlab chiqarishni to‘xtatishini ham e’lon qildi. General Motors’ning rejalari esa bundan ham balandparvoz.Bu borada GM ham bosh Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling