Elеktr uskunalarining yеrga ulanib qolishini havfi.Yеrga ulanib qolgan tokni yoyilib kеtishi. Izolyatsiyalangan yoki kuchlanish ostida bo’lgan elеktr o’tkazgich uzilib yеrga tushib qolgan holatida, yoki faza izolyatsiyani yorib o’tib qobiqqa ulanib qolgan holatida, elеktr o’tkazgich yеrga ulanib qoldi dеb hisoblanadi. Shu hodisada hosil bo’lgan potensialarni yer yuziga yoyilib ketishi bilan tavsiflanadi. Taxlilni soddalashtirish uchun yеrga oqib ketayotgan tok bitta o’tgazgich orqali va ulangan joyga esa yarim sfеra shakliga ega, yer tartibi bir xil, yеrni solishtirma qarshiligi (R) esa yеrga ulanib qolgan o’tkazgichni matеrialini solishtirma qarshiligidan bir necha barobar ko’p dеb qabul qilamiz. Ulangan joydan X masofada joylashgan A nuqtasida tok zichligi quyidagicha aniqlanadi
Elektr qurilmalarini himoya vositalari Umumiy tushuncha va tavsifi.Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo’linishi mumkin: elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash. Meyoriy ish sharoitlarida havfsizlikni taminlash choralari quyidagicha; izolyatsiya, tok o’tkazuvchi qismlarni oldiga to’siqlar o’rnatish; havfsizlik blokirovkalarni qo’llash; orentasiyani ta’minlash; elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash; yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash; himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish; kichik kuchlanishni qo’llash; izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash; potensiallarni tenglashtirish. Avariya sharoitida (izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni o’tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar qo’llaniladi: himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya); nollanish (zanuleniya); himoyalovchi o’chirish; ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash; ish joyini izolyatsiyalash; baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash.Elektr qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik choralari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |