Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar insitituti qxms fakulteti msu ta’lim yo’nalishi 2/41-guruh talabasi tursunboyeva muslimaxon


Download 8.51 Kb.
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi8.51 Kb.
#1735333
  1   2   3
Bog'liq
Melioratsiya 8.2

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar insitituti QXMS fakulteti MSU ta’lim yo’nalishi 2/41-guruh talabasi Anvarbekova Shohsanam

Mavzu: Sho’rlangan yerlarda dastlabki o’zlashtirish ekinlarini yetishtirish texnalogiyasi

Reja:

1. Sho‘rlangan yerlarni yuvish hosildorlikning muhim omilidir.

2. Sho’r yuvishning maqsadi va vazifasi.

3. Sho’r yuvish turlari.

O‘zbekistonda jami 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer maydoni bo‘lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra sug‘oriladigan yerlarning 44,7 foizi har xil darajada, jumladan, 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o‘rtacha, 1,9 foizi esa kuchli sho‘rlangani aytiladi.

Sho‘rlanmagan yerga nisbatan kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda hosildorlik 15-20 foizga, o‘rta sho‘rlanganda 30-50 foizga, kuchli sho‘rlanganda 70-80 foizga kamayishi ko‘p yillik ilmiy izlanishlarda isbotlangan. Shu bois, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash muhim omil bo‘lib, ekinlar hosildorligini keskin oshishiga sharoit yaratadi.

Sho‘rlangan yerlarda shudgorlash, yalpi va joriy yer tekislash ishlari o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilgandan so‘ng, tuproqning sho‘rlanish darajasiga qarab kuchsiz sho‘rlangan yerlar gektariga 2000-2500 kubometr, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar gektariga 4000-4500 kubometr, kuchli sho‘rlangan yerlar 6000-6500 kubometr me’yorda suv sarflab yuviladi.

Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda pollar maydoni 0,25-0,5 gektar atrofida olinib, 50-60 sm balandlikda marza tortiladi. Marzalar mustahkam bo‘lishi lozim. Aks holda, suv urib ketib, 20-25 foiz ortiqcha suv sarflanadi.Yerlarning sho‘rini yuvishda dalaning boshidan pastki qismiga qarab, har bir pol o‘qariqlardan alohida suv ochib to‘ldiriladi, poldan-polga suv ochish mutlaqo mumkin emas. O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlarda har bir suv bostirilgandan so‘ng yengil tuproqlarda 2-3 kundan, mexanik tarkibi o‘rtacha tuproqlarda 5-6 va og‘ir tuproqlarda 7-8 kundan keyin yana 2 va 3 marta suv bostirish orqali yerlarning sho‘rini yuvish ishlari amalga oshiriladi.


Download 8.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling