Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar insitituti qxms fakulteti msu ta’lim yo’nalishi 2/41-guruh talabasi tursunboyeva muslimaxon


Download 8.51 Kb.
bet2/3
Sana30.10.2023
Hajmi8.51 Kb.
#1735333
1   2   3
Bog'liq
Melioratsiya 8.2

Kuchsiz sho‘rlangan yerlar 1 marta, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar 2 marta va kuchli sho‘rlangan yerlar 3,4 marta yuviladi.Tuproqning sho‘rini sifatli yuvish uchun uning mexanik tarkibi, suv o‘tkazuvchanligi, yerning nishabi va qay darajada tekislanganligiga qarab, 0,15-0,35 gektar kattalikda pollar olinadi. Buning uchun KZU-0,3 ariq qazigich-tekislagich yordamida har 50 metrdan 50-60 sm balandlikda uzunasiga marzalar olinadi, ikki uzun marza olingach, o‘qariqlar olinadi. Ko‘ndalangiga olinadigan marzalar orasidagi masofa 30-50 metr, cheklarning balandligi esa 50-60 sm bo‘lishi lozim.

Sho‘r yuvishning eng maqbul muddati 20-noyabrdan 10-fevralgacha hisoblanadi. Ushbu agrotexnik tadbirni tuproq harorati -7…-10 0S darajada past bo‘lmaganda amalga oshirish kerak.Dala maydonlarining tekisligi tuproq sho‘rini yuvishda katta ahamiyatga ega. Chunki, faqat tekis yerdagina sho‘rni yaxshi yuvish mumkin, aks holda tuzlar dalaning baland joylariga chiqib, to‘planib, ko‘chatlarini siyrak bo‘lishiga olib keladi. Shu bois, dehqonchilikni yerlar melioratsiyasidan boshlash kerak. Birgina meliorativ holatni yaxshilash, hosildorlikni oshirishga imkon yaratadi.

Respublikamiz sug’oriladigan yerlarning 60-65% tabiiy sho’rlanishga moyil yerlar hisoblanadi. Chunki bunday yerlarda minerallashgan sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo’lib, ular doimo bug’lanishga sarflanadi va oqibatda tuzlar yer yuzasida to’planib qoladi. Shuning uchun sho’rlangan yerlarning har yili sho’rini yuvish zaruriy agromeliorativ tadbir hisoblanadi. Sho’r yuvishning vazifasi qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi, rivojlanishi va mo’l hosil berishi uchun zararli bo’lgan ortiqcha tuzlarni tuproqdan yuvish hamda sizot suvlarining minerallashganligini kamaytirishdir.

Asosiy sho’r yuvish yangi yerlarni o’zlashtirishda va foydalanib kelinayotgan kuchli va sho’rxok yerlarda qo’llaniladi.

Asosiy sho’r yuvish yangi yerlarni o’zlashtirishda va foydalanib kelinayotgan kuchli va sho’rxok yerlarda qo’llaniladi.

Joriy sho’r yuvish esa har yili ekinlar hosili yig’ishtirib olingandan keyin, barcha foydalanib kelinayotgan sho’rlangan yerlarda o’tkaziladi.


Download 8.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling