Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya fakulteti, Professional ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 14-guruh talabasi


Download 8.94 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi8.94 Kb.
#1765634
Bog'liq
I A Tursunov




Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
instituti Agrobiologiya fakulteti, Professional
ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 14-guruh talabasi,
Eng yaxshi ixtirochi, ratsionalizator” tanloviga nomzod Arzibayeva Sevara Boburjon qiziga Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya fakulteti dekani, q.x.f.f.d (PhD) I.A.Tursunovning


TAVSIYANOMASI
Arzibayeva Sevara Boburjon qizi 2003-yil 5-oktabr kuni Andijon viloyati Andijon shahrida tavallud topgan. U 2011-2022-yillarda Andijon shahridagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabini oltin medalga tamomlagan. Shundan so‘ng 2022-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya fakulteti Professional ta’lim yo‘nalishiga to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.
Fakultetimiz jamoasi Arzibayeva Sevara Boburjon qizini 2022-yildan buyon iqtidorli va faol talaba sifatida yaxshi biladi. U o‘qishi davomida na’munali xulqi, yetakchilik salohiyati va barcha fanlarni yaxshi baholarga o‘zlashtirib borishi bilan tengdoshlari orasida munosib hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. Uning zukkoligi, rostgo‘yligi va qo‘lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaslik fazilatlarini ibrat qilib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, 2022-2023-o‘quv yilida “Rektor stipendiyasi” g’olibi bo‘lganligi yuqorida aytilgan sifatlarning yaqqol isbotidir. U jamoat ishlarida doimo faol va shu kungacha yosh bo‘lishiga qaramasdan ilmiy rahbari J. Mamadaliyev bilan birgalikda 4ta ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda, hamda ko‘plab maqolalar muallifidir.
Arzibayeva Sevara Boburjon qizi bugungi kunda nafaqat oliygohimizda balki viloyat va Respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘zining tashabbuskorligi, har ishga mas’uliyat bilan yondashishi, ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila olishi uni tengdoshlari orasida lider ekanini ko‘rsatib turadi shu jumladan, “Eng yosh ijodkor”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda, fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida yangi innovatsion texnologiyalar ro‘li", “Zakovat”, “Nafosat malikasi”, “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan quramiz” tanlovlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2022-2023-yillarda o‘tkazilgan “INNOX Start up” loyihasida o‘zi yaratgan ULTRA JS1(Ultra binafsha nur ta’sirining o‘simliklar fenologik davriga ta’siri) va NITROS (Organik moddalar yordamida yorug’sevar o‘simliklarni tez va samarali o‘stiruvchi mineral modda) loyihalarida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Ilmiy anjumanlarda o‘zining ilmiy ishlanmalari va maqolalari bilan muntazam qatnashib borishi yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni yoshlar orasida targ’ib qilishga munosib hissa qo‘shayotganining yaqqol isbotidir.Arzibayeva Sevara Boburjon qizi o‘zi tanlagan sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga va Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini yanada rivojlantirishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga ishonaman hamda Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Eng yaxshi ixtirochi, ratsionalizator” tanlovida ishtirok etishiga munosib nomzod deb hisoblayman.
Agrobiologiya” fakulteti
dekani, q.x.f.f.d (PhD): I.A.Tursunov

Download 8.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling