Andijon Qishloq Xo`jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti


Download 0.7 Mb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1469442
1   2   3
Bog'liq
Mintaqaviy turizm Fazlliddin

3.O’zbekistonning islom obidalari

Hozirgi kunda xalqaro turizmning eng muhim tarmoqlaridan biri diniy ya’ni ziyoratchilik turizmi bo’lib hisoblanadi. Ziyoratchilik turizmning shakllanish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. YA’ni uning ilk bor vujudga kelishi antik davriga to’g’ri keladi. Ziyoratchilik turizmning asosiy paydo bo’lgan maskanlari qadimgi greklar va rimliklar vatani bo’lib hisoblanadi. Qadimda greklar va rimliklar ibodatxonalar va cherkovlar qurib, ularda sig’inishganlar. Ziyoratchilarning sayyohat qilishidan asosiy mahsadi aziz avliyo joylarga qadam ranjida qilishi, sig’inish chog’ida ruhiy jihatdan yengillashishi, ko’ngillarning poklanishi, og’ir kasalliklardan xolos bo’lmoqligi, qilib quygan gunoh ishlarini ollohdan so’rab kechirishlarini, safar chog’ida safdoshlari bilan ma’naviy yaqinlikda bo’lishni orzu-umid qilishadilar. Ziyoratchi sayyohlar safarga chiqishida o’z orzu umidlariga erishish, yaratganga shukronlar aytib uning izzat hurmatini bajo keltirishni o’z ko’ngillaridan o’tkazadilar.


Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq yirik markazlari mavjud bo’lib, ular yer sharining deyarli hamma qit’alarida joylashgandir.
Musulmon olamida ziyorat qilish makonlari ham anchagina. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa jonajon O’zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos ko’p. Ular qatoriga Janubiy Qozog’iston viloyati, Turkiston shahridagi Axmad YAssaviy maqbarasi; Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Zangiota majmuasi; Toshkent shahridagi SHayx Xivanda Taxur maqbarasi, Qaldirg’och-biya maqbarasi, YUnusxon maqbarasi; Hazrati Imom majmuasi; Abubakr Muhammad Kaffal SHashi maqbarasi; SHayx Zayniddin bobo maqbarasi; Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog’idagi Imom Al-Buxoriy majmuasi; Oqdaryo tumani Dahbed qo’rg’onidagi Maxtumi A’zam maqbarasi; Samarqand shahridagi SHohi Zinda, Amir Temur, Ruhobod, Xo’ja Doniyor, Motrudiy, Murod avliyo, Xo’ja Axror Vali, Oq saroy, CHo’ponota maqbaralari; Buxoro shahridagi–Ismoil Samoniy, CHashmai Ayub, Sadriddin Buxarzi, Bohovuddin Naqshbandiy, Buyon Kulixon, CHor Bakr maqbaralari; Xorazm viloyatida Uch avliyo, Said Allovuddin maqbarasi; Qashqadaryo viloyatida–Jahongir, Dorus Saodat, Dorut Tilovat majmuasi, Ko’k gumbaz masjidi; Surxondaryo viloyatida - Hakim at- Termiziy majmuasi; Sulton Saodat ibodatxona yodgorligi, Fayoztepa ibodatxonasi; Jizzax viloyatida–Sadr Vaxs avliyo (Avliyoota) majmuasi; Farg’ona viloyatida Daxmon SHaxon go’rxonasi, Mozorixon maqbarasi kabilar ziyoratchi sayyohlarni o’ziga jalb qilib keladigan maskanlar bo’lib hisoblanadi. O’zbekistondagi islom obidalari to’g’risidagi to’liq ma’lumotlarni 3 – ilovadan olishingiz mumkin.

4.Xulosa:


Hozirgi kunda, jahon postindustrial jamiyatning ostonasida turgan bir
paytda, O‘zbеkiston uchun ma’lumotlar banki, turli kompyutеr tarmoqlari va
tеlеkommunikatsiyalarning mavjudligi hayotiy zarurdir, chunki, o‘zimiz shohidi
bo‘lganimizdеk, kommunikatsiya (aloqa) tarmoqlarining rivojlanishi
sarmoyadarlar ahamiyat bеradigan eng asosiy omildir.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar shunday sarmoyalar turiki, unda
sarmoyadorning vazifasi sarmoyador mamlakatdan boshqa mamlakatning rеzidеnti
bo‘lmish iqtisodiy faoliyatning subyektidan uzoq muddatli manfaat ko‘rishdan
iborat. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyadorning “uzoq muddatli manfaati”ning talqini

Fazliddin kursdosh, [09.05.2023 17:26]


uning xorijiy sarmoyali korxonadagi mulkning unga tеgishli ulushi bilan bog‘liq
bo‘lib, bu ulush 10%dan kam bo‘lmasligi lozim.
Agar har bir turist rеspublikada unga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kuniga 100
AQSh dollari sarf qilsa, valyuta daromadlarining yillik hajmi 5 milrd. AQSh
doll.ni tashkil qilishi mumkin. Bu еrda asosiy masala kadrlarni tayyorlash, oliy
darajadagi mеhmonxonalar, rеstoranlarni ko‘rish va u еrdagi xizmat sifatini
ko‘tarishdan iborat.
Hozirgi kunda chеt el sarmoyalarini jalb etmasdan invеstitsion faollikni
oshirish va sarmoya rеsurslarini ko‘paytirishning sira iloji yo‘q. Xorijiy
sarmoyaning faol ahamiyatini nafaqat AQSh, Gеrmaniya, Fransiya kabi
rivojlangan mamlakatlarda, balki Janubiy Korеya, Tayvan, Singapur, Gonkong
singari Osiyoning tеzlikda rivojlangan mamlakatlari hamda Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlarida ham ko‘rish mumkin. Qo‘shma korxonalarni tashkil qilish,
ko‘shma ishlab chiqarish va turistik majmualarini hamkorlikda qurish uchun to‘g‘ri
xorij sarmoyalarini jalb etish, amaldagi obyektlarni ta’mirlash va yangilash
invеstitsion siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Кабушкин Н.И. Менеджмент туризма. – M.: Новое знание, 2005. -644 с.


2. Aliyeva M., Norchayev A. Turizm menejmenti fanidan elektron darslik. –TDIU
kutubxonasi, 2005.
3. Aliyeva M. Turizm sarmoya siyosati fanidan electron darslik. –TDIU
kutubxonasi, 2005.
4. Bekmurodov A., Boltayev M., Amonbayev B., Toshxo‘jayev M. O’zbekiston
iqtisodiyotini leberallashtirish yillarida. 1- qism. Makroiqtisodiy siyosat va
iqtisodiy islohotlar. –T.: TDIU, 2005, -59 b.
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling