Andijon shahar 43-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi To’xtanazarova Ziyodaxonning


Download 411.69 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi411.69 Kb.
#231108
Bog'liq
1 sinf musiqa fanidan To'xtanazarova Ziyodaxonning tayyorlagan taqdimoti


Andijon shahar

43-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi

To’xtanazarova Ziyodaxonning

1-sinf musiqa fanidan

taqdimoti

Mavzu: Nota yo‘li haqida tushuncha.

"Anjir" P.Mo‘min she'ri,

D.Omonullayeva musiqasi.

Darsning ta’limiy maqsadi: musiqa madaniyati darsi haqida mahlumot berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarda ijodiy mahorat nafosat va badiiy didni o‘stirish, fikr doirasini kengaytirish, vatanparvarlikni tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: musiqalarini tinglash orqali o‘quvchilarning musiqiy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma’naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.

O‘quv jarayoniga oid kompetensiya:

Tayanch kompetensiyalar

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: musiqa madaniyati fanini o‘rganish, zarbli milliy cholg‘ularimiz haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:axborot manbalari haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Fanga oid kompetensiyalar:

Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi: tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, doira va nog‘ora milliy cholg‘ularini bir-biridan farqlay oladi, tovushlarni baland-pastligini bir-biridan farqlay oladi,

Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi: musiqani diqqat bilan tinglay oladi. Musiqaning (zarbli cholg‘ular misolida) tovush tembridan qaysi cholg‘uda ijro etilganini topa oladi.

Musiqa savodi:

Qo‘shiq aytish qoidalari.

Qo‘shiqni to‘g‘ri ijro etish uchun uni avvalo diqqat bilan tinglab olish lozim.

Qo‘shiqni qomatni rostlagan holda tik turib yoki o‘tirib aytish kerak.

Qo‘shiq aytishdan oldin shoshilmasdan nafas olish va yelkalarni ko‘tarmaslik kerak.

So‘z o‘rtasida nafas olmang.

Qo‘shiqda so‘zlar aniq eshtilishi uchun unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish kerak.

Qo‘shiq aytganda tovushingiz yengil va chiroyli eshitilsin. Tovushlarni cho‘zib ayting.

Qo‘shiqni ifodali, tinglovchilarga yoqimli qilib aytish kerak.

Qo‘shiqni o‘qituvchining qo‘l harakatlariga qarab aytishga o‘rganing.

Mustahkamlash:

Tovush haqida tushuncha. Qanday tovushlarni bilasiz?

A U deganda tovush pastdan yuqoriga chiqadi.

Yangi mavzu bayoni

"Anjir" P.Mo‘min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi.

O‘quvchilar bilan Kuz mavzusida suhbat o‘tkazish.

Yurtimiz bog‘larida yetishtiriladigan mevalar haqida suhbat o‘tkazish.

P. Mo‘minning “Anjir” she’rini o‘qish va yod olish.

O‘quvchilarga qo‘shiq o‘rgatishdan oldin

“Qo‘shiq aytish qoidalari” haqida suhbat o‘tkazib,

astalik bilan ovoz sozlash mashqlariga o‘tiladi.

Bunda mi, re, do notalarini mi, lya, da bo‘g‘inlarini

asta-asta 0,5 tonga ko‘tarib, birinchi oktava “do” dan ikkinchi oktava “do” gacha olib boriladi.

Mashq 3 marotaba takrorlanadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Musiqa savodi:

Nota yo‘li: Aytingchi, koptokchalar qaysi chiziqlarga joylshgan.



Musiqa ijodkorligi:

O‘quvchilarga raqs harakatlariga mos qo‘l harakatlarini mashq qilishni o‘rgatish.

Uyga vazifa:

She’rni o‘rganish.
Download 411.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling