Andijon shaxrida zamonaviy avtoservis loyihasi


Download 419.49 Kb.
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi419.49 Kb.
#1751863
  1   2
Bog'liq
PatidinovSobirovmaqola


ANDIJON SHAXRIDA ZAMONAVIY AVTOSERVIS LOYIHASI
Andijon mashinasozlik instituti,
“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi
stajyor o‘qituvchisi Patidinov Aslidin Xusnidin o‘g‘li
talaba Sobirov Kamronbek Ilxomjon oʻgʻli
E-mail: aslidinbekbolasi@.gmail.com
Tel:+998993280419
Jahonda avtomobillar ishlab chiqarilib, ulardan transport vositalari sifatida foydalana boshlagan davrdan boshlab (XX asr boshlari) avtomobillarning texnik holatini doimiy tiklab borish ehtiyoji yuzaga keldi. Chunki avtomobil insonlarga xizmat qilishi uchun texnik jihatdan soz, ishonchli bo‘lishi va harakatlanganda xavfsizlikni ta’minlashi kerak edi. Buning uchun ularga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va ishdan chiqqan detallari va qismlarining ishlash qobiliyatini tiklash yoki almashtirish (ta’mirlash) ishlarini bajarish talab etilgan[1].
Jahon avtomobil transporti amaliyotida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) va ularni ta’mirlashda quyidagi usullardan foydalanilaniladi:
- avtotransport egalari (korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar) o‘z avtomobillariga xizmat ko‘rsatishni o‘zlari tashkil etadilar;
- TXK va ta’mirlashga ixtisoslashgan maxsus servis korxonalar xizmatidan foydalaniladilar;
- avtotransport egalari texnik xizmatning ba’zi oddiy va yengil ishlarini (avtomobillarni yuvish, tozalash, bo‘shagan joylarini qotirish, ayrim detallarini almashtirish, va h.k) o‘zlari bajaradilar, murakkab ishlarni bajarish uchun esa (agregat, detallar, kuzovlar, tizimlar va h.k larni ta’mirlash, sozlash, almashtirish va h.k) maxsus xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan servis korxonalar xizmatidan foydalaniladilar[2].
Servis inglizcha “servise” so‘zidan olingan bo‘lib, turli holdagi xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, avtomobillarga ham texnik xizmat ko‘rsatish) ma’nosini bildiradi . Xizmatlar servis usulida bajarilishi uchun u quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:

  • hammabopligi, yahni xizmatlardan barcha turdagi mijozlar fodalanaolishlari, shu bilan birga ular o‘zlari istagan korxona xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi;

  • bajarilgan xizmatlar sifati davlat qonunlari va soha standartlari asosida kafolatlanishi;

  • xizmat ko‘rsatishlar bozor munosabatlariga asoslanganligi, unda mijozlarni jalb qilish uchun raqobat mavjudligi;

  • almashtirilgan ehtiyot qismlar ishonchli ekanligi (sertifikatlanganligi);

  • xizmatlardan foydalanishning qulayligi, mijozlarni o‘ziga jalb qila oladigan xususiyatlarga ega ekanligi.

Avtoservis xizmatining asosiy vazifasi mamlakatlardagi avtomobil transportini, qaysi mulk shaklida bo‘lishidan kati nazar, beto‘xtov, xavfsiz, tejamkor va ishonchli ishlashini ta’minlashdir[3].
Servisning muhim elementlaridan biri bu texnik hujjatlardir. Ular istemolchilar tilida sodda va ravon usulda chiqariladi.
Bu hujjatlarning muhimi:
-avtomobillardan foydalanish to‘g‘risida yo‘riqnomalar:
-TXK va ta’mirlash to‘g‘risida qo‘llanmalar:
-ehtiyot qismlar katalogi:
-kafillik xizmati to‘g‘risidagi hujjatlar[4].

Amalda avtomobilsozlik kompaniyalari firma usulidagi avtoservis xizmatini tashkil etishda mavjud variantlardan (1,1. band) birini tanlab olish bilan cheklanmay balki bir necha variantlaridan iborat tizimlarini qo‘llashlari mumkin[5]. Masalan, Frantsiyaning eng yirik avtomobil kompaniyalariga qarashli butun dunyo bo‘ylab keng yoyilgan avtomobillarga firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarida 13000 atrofida ASS lari va avto-ustaxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Shulardan 6000 tasi mamlakat tashqarisidadir. Ixtisoslashgan avtomarkazlarda 50, 75, 100 postli ASSlar, avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiluvchi bazalar va boshqa mahmuriy, moliyaviy, yuridik va axborot muassasalari joylashgan. Avtomobillarga servis usulida xizmat ko‘rsatishni birinchi bo‘lib boshlaganlar albatta, avtomobillar ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo qiluvchi Amerika Qushma SHtatlari (AQSH) va Yevropa mamlakatlarining avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning dilerlaridir[6].


AQSHlik mashhur tadbirkor Genri Ford jahonda birinchi bo‘lib avtomobillarni ommaviy usulda ishlab chiqaruvchi zavod qurdi (1900-y) va o‘z zamonasi uchun qulay va arzon bo‘lgan “T” modelli avtomobillarni ishlab chiqarib sota boshladi va albatta shu paytdan boshlab avtomobillarga ehtiyot qismlar yetkazib berish, ularga TXK va ta’mirlashni tashkil qilish ehtiyoji tug‘ildi. Shundan kelib chiqib barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan avtomobillarga ehtiyot qismlar yetkazib berish, ularga TXK va ta’mirlash ishlari, ya’ni avtomobil servisi bilan shug‘ullanishni boshladilar. Avtomobillar qaerda sotilsa o‘sha joylarda avtomobillar servisi tashkil qilingan[7].


Download 419.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling