Andijon tumani
Download 0.78 Mb.
|
Andijon tumani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maʼmuriy boʻlinishi
- Geografiyasi
- Iqlimi
- Iqtisodiyoti
- Madaniyati
Andijon tumani Andijon tumani — Andijon viloyatining markaziy qismida joylashgan tuman. U 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. JoylashuviAndijon tumani Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,38 ming kilometr kvadratni tashkil qiladi. Maʼmuriy boʻlinishiAndijon tumanida 1 ta shaharcha va 54 ta qishloqni birlashtirgan 9 ta qishloq fuqarolar yigʻini mavjud. Kuyganyor shaharchasi Boʻtaqora Yorboshi Kunji Nayman Orol Oqyor Xakan Xartum Xarabek GeografiyasiAndijon tumani relyefi pasttekksilik, qir va adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon-Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Boʻtaqora, Yorboshi qirlari mavjud. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy daryolari oqib oʻtadi. Sovuqbuloq bulogʻi, Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali, Quyi Ulugʻnor kanali, Kuyganyor nasos stansiyasi, Koʻtarma nasos stantsiyasi, Chinobod, Asaka tashlamalari mavjud. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efеmеr oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi. Sudraluvchilar, kеmiruvchilar va qushlar ham bor. IqlimiIqlimi — keskin kontinental. Iyul oyining oʻrtacha harorati — 27,3°, yanvar oyida esa minus 3° darajagacha boʻlishi mumkin. Vegetatsiya davri — 160-180 kun davom etadi. Tumanda yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻingarchilik kuzatiladi. AholisiAholisi 177,3 ming kishi (2000). Tuman aholisining milliy tarkibi — oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, qirgʻiz va boshqa millat vakillarni tashkil etadi. Har 1 kv.km.ga 465 kishi toʻgʻri keladi. 10,2 ming kishi shaharda, 163,1 ming aholi qishloqlarda istiqomat qiladi[2]. IqtisodiyotiTuman xoʻjaligining aosiy qismi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Shuningdek, sanoat, transport, aloqa korxonalari faoliyat yuritadi. Korxona xoʻjaliklari paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 10ta qoʻshma korxona, 114ta kichik korxona, 14ta aksiyadorlik jamiyati, 74ta xususiy hamda 10ta shirkat korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 12,0 ming gektar, shu jumladan 5,8 ming gektar yerga paxta, 0,5 ming gektar yerga sabzavot, 1,2 ming gektar yerga beda, 0,2 ming gektar yerga sholi mahsulotlari ekiladi, 0,2 ming gektar yer bogʻdan iborat. Andijon tumanida 15ta shirkat xoʻjaligi, 9ta xoʻjaliklararo korxona, 1 nafar urugʻchilik xoʻjaligi, 116ga yaqin fermer xoʻjaligi va agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 37,2 ming qoramol, 37,7 ming qoʻy va echki, 48,1 ming parranda yetishtiriladi. MadaniyatiAndijon tumanida Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti(1999) joylashgan. Bundan tashqari tumanda Andijon viloyat nasos stansiyasi, viloyat sabzavot va nav urugʻlari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati va qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish markazi(laboratoriya) ish olib boradi. 1999-yil 2-sentyabrda Oqyor sanoat kasb-hunar kolleji binosi qurib, bitkazilib ishga tushirish uchun topshirildi. Kollejda 280 nafarga yaqin oʻquvchi tahsil oladi(2000). 2000-yilda akademik litsey ham tashkil etildi. 1999—2000 oʻquv yilida 53dan ortiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari mavjud boʻlib, ularda 39,6 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Tumanda maxsus gimnaziya va 3ta litsey mavjud. Shuningdek, 1465 oʻrinli kasalxona va dispanser mavjud boʻlib, ularda 94 nafar shifokor, 458ta oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim faoliyat yuritadi. 1962-yildan buyon „Andijon tongi“ tuman gazetasi bosib chiqariladi Андижон вилояти ҳамда унинг шаҳар ва туманлари қачон ташкил топган? 1. Андижон шаҳри – 1946 йил 2. Хонобод шаҳри – 1972 йил 3. Андижон тумани – 1926 йил 4. Асака тумани – 1926 йил (1970 йил қайта ташкил этилди) 5. Балиқчи тумани –1926 йил 6. Бўстон тумани – 1950 йил (1964 йил қайта ташкил этилди) 7. Булоқбоши тумани – 1992 йил 8. Жалақудуқ тумани – 1926 йил (1973 йил қайта ташкил этилди) 9. Избоскан тумани – 1926 йил 10. Мархамат тумани – 1926 йил (1970 йил қайта ташкил этилди) 11. Олтинкўл тумани – 1939 йил (1963 йил қайта ташкил этилди) 12. Пахтаобод тумани – 1936 йил (1970 йил қайта ташкил этилди) 13. Улуғнор тумани – 1973 йил 14. Хўжаобод тумани – 1926 йил 15. Шаҳрихон тумани – 1926 йил 16. Қўрғонтепа тумани – 1926 йил Андижон вилояти – 1941 йил 6 мартда ташкил топган. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling