Qishloq xo’jaligi mahsulotlari texnologiyasi fakulteti
Download 17.31 Kb.
|
Tarjimai hol
- Bu sahifa navigatsiya:
- “The book elevates us”
- “Unique”
- “Yilning eng faol blogger talabasi”
No’monov Otabek O’rmonjon o’g’li Namangan muhandislik texnologiya instituti “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari texnologiyasi fakulteti” talabasi No’monov Otabek O’rmonjon o’g’li Andijon viloyati Andijon tumani Otchopar MFY da tug’ilgan. Millati o’zbek. Hozirda Namangan muhandislik texnologiya instituti “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari texnologiyasi fakuteti” “Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlashtirish” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi. 2008-yil Andijon viloyati Andijon tumani 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-sinfiga o’qishga qabul qilingan. O’qish davomida a’lo baholari va na’munali xulqi orqali tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelgan. 9-sinfda matematika fan olimpiadasida Andijon tumanida 3-o’rin. 2019-yil shu maktabning 11-sinfini a’lo baholarga tamomlagani sababli Andijon viloyati hokimi tomonidan oltin medal bilan taqdirlangan. No‘monov Otabek O‘rmonjon o‘g‘li 2019-yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, o‘zining iqtidori, iroda va matonatini namoyon etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Fan va texnologiya bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi turli tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. No‘monov Otabek o‘zining faolligi, jonkuyarligi, vatanparvarligi, mehnatsevarligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. O‘qishga kirgandan buyon u o‘zining tirishqoqligi va bilimdonligi bilan ta’lim yo‘nalishi talabalariga o‘rnak bo‘lib, a’lo baholarga o‘qib kelmoqda. U o‘qish bilan birga institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot dasturlarida ham faol ishtirok etadi. No’monov Otabek o‘z tashabbusi bilan institutda ko‘plab loyixalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, talabalar orasida kitobxonlik madaniyati va kitob mutoalasini keng targ‘ib etish maqsadida “Tashabbuskor talabalar kutubxonasi” loyixasini amaliyotga joriy etilishi natijasida institut “Axborot resurs markazi”ga 500 ga yaqin badiiy va ilmiy adabiyotlar yig‘ilgan. No‘monov Otabek O‘rmonjon o‘g‘li bir nechta tanlovlar, forumlar va tadbirlarda munosib qatnashganligi inobatga olinib 80 dan ortiq sertifikat, diplom va tashakkurnomalar bilan mukofotlangan. Jumladan: 2020-yil boshida institutimiz yoshlar ittifoqi tomonidan ishonch yorlig‘iga, “The book elevates us” Respublika tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan, Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Creative online forum”da faol ishtiroki uchun sertifikat, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam habar olish, “My Hub” online konferensiyasi zakovat o‘yinlarida 2-o‘rinni qo‘lga kiritganligi va faol ishtiroki uchun sertifikat, Andijon davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Unique” yoshlar forumida faol ishtiroki uchun diplom va tashakkurnomalar, 2020-yil 24, 25-dekabr kunlari “Benefactors Forum” ning 2-mavsumida forum oldi tashkillantirilgan “FAVOURITE PHOTO” tanlovida faol ishtirok etib faxrli o‘rinni olgani uchun forum tashkilotchilari va hamkor tashkilotlar tomonidan 1-darajali diplom, “Yil talabasi - 2020” tanlovida “Yilning eng faol blogger talabasi” yo‘nalishi bo‘yicha institutda 1-o‘rin bilan taqdirlangan. 2022-yil MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan Xalqaro “Eng yaxshi ilmiy tadqiqodchi” ko’rik tanlovida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi maqolasi bilan qatnashdi va ko’krak nishon bilan taqdirlandi. Shu kunga qadar Respublika va xorijdagi ilmiy texnika jurnallarida va xalqaro konferensiyalarda 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan. U o‘zining kamtarligi, odobi, muomala madaniyati va berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashishi, jamoat ishlarida doimiy faolligi, jonkuyarligi, vatanparvarligi va mehnatsevarligi bilan institut talabalari va professor-o‘qituvchilarining hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarga, xususan ta’lim soxasiga qaratilayotgan e’tiborga vijdonan munosabat bildiruvchi, yurt ravnaqiga, ta’lim sifatini oshirish uchun naf keltiradigan g‘oya va takliflari, o‘z pozisiyasini bildirishga tayyor, o‘quvchi - yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashni asosiy vazifasi sifatida biladi. Download 17.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling