Andijon viloyati Bo’ston tuman Xalq ta’limiga qarashli


VIII. Darsning borishi (reja)


Download 1.16 Mb.
bet2/2
Sana17.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1096765
1   2
Bog'liq
11-sinf Dunyo dinlarida tinchlik g\'oyasi

VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Har qanday din o‘z izdoshlarini tinchlik va insonparvarlikka chaqiradi. Hech qaysi din nohaq qon to‘kish, urush olovini alanga oldirish va buzg‘unchilikni targ‘ib qilmaydi. Ajdodlarimiz yaxshi va ezgu ishlar uchun hamkorlik qilish insoniy fazilat ekanini ko`p ta`kidlaganlar.
Ey farzand! Hindiston mamlakati turli mazhablardan iborat. Subhonollo taolo haqqi, senga buyurildiki, har bir maz habga pok qalb bilan qaragin, har bir mazhab va tariqatga adolatli bo‘lgin. Xususan, sigirni qurbon qilishdan saqlanginki, bu Hinduston xalqining qalb ardog‘i va bu viloyat ahli podshohga yaxshi nazar bilan bog‘lanadi. Podshoh farmoniga bo‘ysungan xalqni xarob qilmagin. Adolatni ixtiyor qilgin. Shunda shoh raiyatdan, raiyat shohdan xotirjam bo‘ladi. Islomning taraqqiyoti ehson tig‘i bilan yaxshiroqdir. Zulm tig‘i bilan emas.
Zahiriddin Muhammad Boburning Humoyunga yozgan vasiyatnomasidan
Mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat: fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash;
vijdon erkinligini ta’minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
jamoat tartibiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish.
Olimlarning aytishicha, odamzod yomon gap gapirsa, uyat so‘z aytsa, birovni so‘ksa, haqorat qilsa, bu narsa o‘sha zahoti o‘sha odamning hujayralariga ta’sir qilar ekan. Masaru Emoto degan yaponiyalik olim bir idishga suv quyib, tajriba o‘tkazdi. Suvning oldida yaxshi gaplar aytsangiz, suvning molekulalari chiroyli kristallarga aylanadi. Yomon so‘zlar, so‘kishlar, haqoratlar aytilsa, suvdagi kristallar buzilib ketadi.
Doimo so‘kish, haqorat bilan, kufr so‘zlar bilan yashab o‘tgan odamga qarab uning hayotida hech bir yaxshilik bo‘lmaganini ko‘rasiz, chunki u o‘zini o‘zi barbod qilyapti, yo‘q qilyapti, qonini, genini buzyapti. Ammo u nafaqat o‘zini buzadi, balki bu buzilish uning yetti avlodigacha meros bo‘lib qoladi.
R. Sayfuddinov, “Islom – barqarorlik va tinchlik dinidir”n.








XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:


1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: huquq 11-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling