Andijon viloyati bo’ston tumanidagi transport oqimini boshqarishda harakat jadalligi va svetafor sikllari tahlil qilish


Download 108.04 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi108.04 Kb.
#1552608
  1   2   3
Bog'liq
!Xakimov Mavlonbek konf.


ANDIJON VILOYATI BO’STON TUMANIDAGI TRANSPORT OQIMINI BOSHQARISHDA HARAKAT JADALLIGI VA SVETAFOR SIKLLARI TAHLIL QILISH.


Xakimov Mavlonbek
ITT mutaxassisligi 2-kurs magistranti
Andijon mashinasozlik instituti
Annotasiya
Bo’ston tumanida avtomobil tirbandligi yanada ortib borishi, ma’lum bir hudularda haraktlanish ayniqsa kunning pik vaqtlarida qiyinlashishi, asosiy o‘quv va ijtimoiy-siyosiy maqsadida foydalaniladigan binolarning ketma-ket joylashuvi natijasida transport vositalari va piyodalar harakatlanadigangan chorraxa va yo‘llar tizimini yanada takomillashtirish, chorraxalarda mavjud mobillik muammolarini hal etish.
Tayanch so’zlar: svetafor, sikl, chorraha, yo’nalish
So‘nggi yillarda yurtimizda avtomobil va transport kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish, transportni yo‘llarda xavfsiz harakatlanish tizimini takomillashtirish, xavfsiz harakatlanishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda transportni yo‘llarda xavfsiz harakatlanishini va atrof muhitni ifloslantirish sababini kamaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimni ishlab chiqish va amalga oshirish, va ushbu yaratiladigan tizimni boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Bo’ston tumanida avtomobil tirbandligi yanada ortib borishi, ma’lum bir hudularda haraktlanish ayniqsa kunning pik vaqtlarida qiyinlashishi, asosiy o‘quv va ijtimoiy-siyosiy maqsadida foydalaniladigan binolarning ketma-ket joylashuvi natijasida transport vositalari va piyodalar harakatlanadigangan chorraxa va yo‘llar tizimini yanada takomillashtirish, chorraxalarda mavjud mobillik muammolarini hal etish, barcha chorrahadagi svetoforlarnini boshqarish muammolariga ijobiy yechim topish yanada muhim hisoblanadi. Joriy vaqtda svetaforlarda belgilangan signal sekundlaridagi nosozliklar, transport tizimlarining tez rivojlanishi, vaqt tig‘izligi va atrof muhitni ifloslanishi kabi turli omillarni hisobga olgan holda transport oqimini maksimal darajada tartibga solish maqsadida chorrahalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun samarali yechim kerak bo‘ladi. Chorraxalarda joriy vaqtda mavjud mobillik muammolarini tashkil etuvchi omillar statistik jihatdan o‘zaro ta’sirlarni namoyon qilganligi sababli, ushbu qiyinchilkni bartaraf eta oladigan va hali ham amalda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yechim usullarini taklif qilish uchun ushbu omillarni aniqlash juda muhimdir. Haydovchi va piyoda uchun qulay sharoit yaratish, hozirda mavjud tizimlarning sifati standartlariga mos bo‘lishi va yo‘nalishlarda harakat jadvallariga rioya etish darajasini oshirish, transport vositasini boshqaruvchi xodimlari moddiy manfaatdorligini kuchaytirish, ma’muriy-boshqaruv xarajatlarini kamaytirish maqsadida tegishli hukumumat qarorlari asosida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
18-yanvardagi 48-sonli O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risidagi qarori;
Prezidentimiz tomonidan 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422 sonli qarorida “2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g’risida” gi qarori; qabul qilingan.
Bugungi kunda yurtimizda transport harakatini samarali tashkil etish, jamoat transporti jozibadorligini oshirish, shahar va shahar atrofi yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Bu o‘z o‘rnida harakat xavfsizligi va harakatni tashkil etishda muhim omillar hisoblanadi. Shuningdek, ushbu bobda Bo’ston misolida harakat xavfsizligini oshirish va harakatni tashkil etishda markaziy chorrahalardan birining o‘tkazuvchanlik qobiliyati, undagi transport muammolari atroflicha bayon qilinadi. “Mustaqillik-Sohibkor” va “Mustaqillik-Ulug’bek” ko‘chalaridagi chorrahalarining o‘tkazuvchanligini tahlil qilishda kuzatuvlardan foydalanildi. Chorrahaga kiruvchi va chiquvchi barcha turdagi transport vositalarining harakat yo‘nalishi kuzatuv ishlari orqali tadqiqod o‘tkazildi. Tadqiqod haftaning ish kuni va dam olish kunlarining ertalabki soat 8-00 dan 9-00, 12-00 dan 13-00 gacha hamda 16-00 dan 18-00 gacha vaqt oralig’ida amalga oshirildi. Kuzatuv bir kunda jami 4 soat davomida amalga oshirildi. Va avtotransport oqimi eng ko‘p harakatlanadigan kunning tig‘iz vaqti soat 8-00 dan 9-00 gacha bo‘lgan vaqt tadqiqot sifatida o‘rganildi.Tadqiqod natijalarga ko‘ra chorrahalar orasidagi ziddiyatli vaziyatlar aniqlandi. Tadqiqod orqali o‘rganilgan natijalar shuni ko‘rsatdiki, kunning birinchi yarmida, ya‘ni 08:00 dan 9:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bir soatda 3041 ta avtotransport vositalari chorrahalar orasida harakatlandi. (2.1.1- va 2.1.2- jadvallar).
Yuqoridagi jadvallarda “Mustaqillik-Sohibkor” va “Mustaqillik-Ulug’bek”
ko‘chalari oralig‘ida joylashgan chorrahalar orqali harakatlanuvchi transport vositalarining to‘g‘riga, o‘nga, chapga va qayrilib oligandagi 1 soatlik miqdori keltirilgan.




Jumladan yo’nalishlar bo’yicha
















Ko’cha nomi

Chorrahaga kirish

jami













Mustaqillik

A

2329

1523

688

45

73

Mustaqillik

B

2376

1543

56

715

65

Sohibkor

C

561

53

234

256

18

Sohibkor

D

1703

36

726

858

83

Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu hududda joylashgan ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarning ketma-ket joylashganligi hisobiga, transport vosilari harakat oqimi va chorraxalardagi svetaforlarning qizil chirog‘i yonishidan hosli bo‘layotgan tirbandlik uzunligi o‘rtacha 70-90 metr atrofida bo‘lishi kuzatildi.
2.1.1-rasmda o‘rganilgan chorrahalarni Yandeks xaritasidan ko‘rinishi tasvirlangan. Ushbu xaritada avomobillar tirbandligi yuqori bo‘lgan hududlarni ko‘rsatadigan bo‘limi bor. O‘sha bo‘lim belgilanilganda tadqiqot olib borilayotgan hududning xaritada avtomobillar tirbandligi yuqori bo‘lgan hududga kirishi ko‘rsatiladi.




Jumladan yo’nalishlar bo’yicha
















Ko’cha nomi

Chorrahaga kirish

jami













Mustaqillik

A

2289

1518

468

210

93

Mustaqillik

B

2124

1615

68

368

73

Ulug’bek

C

432

96

210

103

23

Ulug’bek

D

1112

59

316

654

83

2.1.2-rasmda “Mustaqillik-Sohibkor” ko‘chalari oralig‘ida joylashgan chorrahalar orqali harakatlanuvchi transport vositalarining to‘g‘riga, o‘nga, chapga va qayrilib oligandagi 1 soatlik miqdori kartografik chizmalarda ko‘rsatib o‘tilgan.




Xulosa
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan hozirgi sharoitda yo‘llarda mobillikni oshirish va boshqarish uslublarini takomillashtirishda sifat jixatidan yangi talablar qo‘yilmoqda. Avtomobil transporti umuman transport tizimining samarali faoliyat yuritishi, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi boshqaruv bilan bog‘liq. Shahar va shahar atrofida mobillikni samarali boshqarish – cheklangan resurslar mavjud imkoniyatlar orqali maksimal samaraga erishish vazifasini bajaradi.
Transoprt infratuzilmasining rivojlanishini talab etuvchi bugungi sharoitda shahar infratuzilmasini boshqarish uslublarini tashkil etishda o‘zini-o‘zi tashkil etish va yo‘lovchi hamda yuk tashish sifatini oshirishni umumiqtisodiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga oshirish murakkab ilmiy-amaliy masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekistonda Mustaqillik yillarida transport infratuzilmasini shakllantirish, avtomobilda xizmat ko‘rsatish faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish mexanizmini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilib, maxsus muassasa va tashkilotlarda ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlarini davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilmoqda.
Zamonaviy shaharlarda transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun mobillikni to‘gri boshqarish uslublarining ishonchliroq, tezroq va aholi uchun qulayroq bo‘lishi, yangi transport turlarining tatbiq etilishi, transport oqimlarini boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, yuklarni tashish xavfsizligini ta’minlash, shaharlarda avtomobil yo‘llari va omborlar, avtomagistrallar va boshqa texnologik inshootlarning rivojlanganlik darajasini oshirish ko’zda tutilmoqda.



Download 108.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling