Andijon viloyati Paxtaobod tumani
Download 11.62 Kb.
|
axborot psixolog
Andijon viloyati Paxtaobod tumani 4-umumiy o`rta ta`lim ruxshunosi . M. Jalolova, M.Tursunovalarning qilingan ishlar yuzasidan yozgan
Bu hafta davomida berilgan topshiriqlar o`z vaqtida bajarildi. Haftaning dastlabki kunidan 8-9-sinf o`quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan birgalikda trening mashg`ulotlari o`tkazildi. Treningda 8- sinf o`quvchilarining ota-oanalri ishtirok etdilar. Biz treningga asosan o`quvchilarning oilaviy munosabatida biroz qiyinchiliklari borlarini tanlab oldik. Dastlab ular o`rtasidagi muammolar o`rganilib so`ng shu asosida trening o`tkazildi. Ularni uch guruhga ajratib ona va bolani hamkorlikda ishlarlari uchun “Ranglarni top” mashqi o`tkazildi. Ular birgalikda ish olib bordilar. Birinchi bo`lib ranglarni yozuvini amas, rangini topishdan iborat bo`ladi. Juftliklar buni yaxshi amalga oshirdilar. So`ng yana ahillikni amalga oshirish uchun turli o`yinlar o`tkazildi. Trening natijasida o`quvchi va onalar o`rtasida iliq munosabat shakllandi. Maktabimizda ruhiyatida o`zgarishi bor o`quvchilar bilan individual suhbatlar o`tkazildi. Asosan stress, ruhiy zo`riqish va tushkun kayfiyatda yurgan o`quvchilar tanlab olindi. Dastlab ularning bunday kayfiyatiga nimalar ta`sir o`tkazayotganligini aniqlar uchun stresga oid test va so`rovnomalar olindi. So`ng o`quvchilarning holati qay darajada ekanligiga qarab individual suhbatlar o`tkazildi. 6-7-8- sinf o`quvchilarida aniqlarga tushkun kayfiyatli bolalar biln hayotga bo`lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan korreksion trening mashg`ulotlari o`tkazidi. 8- sinf o`quvchilari orasida stress holatlari ko`p bo`lgani sinfda guruhiy bo`lib trening mashg`ulatlari o`tkazildi. Yuqori sinf o`quvchilarini oliy o`quv yurtlariga haqida qiziqishlarini orttirish, oliy ta`lim muassasalari haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`lishlari uchun respublikamizda faoliyat olib borayotgan milliy va xorijiy ta`lim muassasalari haqida, shuningdek akademik litsey, frofessional ta`lim muassasalari haqida to`la ma`lumotlar aks etgan maktab burchagi tashkil etildi. Maktabimiz o`quvchilari bu tashkil etilgan burchak asosida o`zlari istgan oliy o`quv yurtlari haqida to`liq ma`lumotlarga ega bo`lishlari mumkin. Imtixonda qaysi fanlar bo`lishi, o`quv jarayonlarining turlari, kontrakt va budjet turlari kabi ko`plab ma`lumotlarga ega bo`ladilar. Bundan tashqari o`quvchilar o`zlari haqida ham qiziq ma`lumotlarga ega bo`lishlari uchun, hamda va pozitiv kayfiyatlarini oshirish maqsadida qo`shimcha burchak ham tashkil etildi. O`quvchilarni asosan bitiruvchi o`quvchilarni oliy ta`limga qiziqishlarini oshirish maqsadida oliy o`quv yurtlariga ekskursiyaga olib borildi. Bunda o`quvchilar Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo`jaligi instituti va shu kabi oliy dargohlarga sayohatga olib borildi. O`quvchilar o`zlari kirish istagini bildirgan fakultetlarga kirishdilar. Faxrli ustoz va professor o`qituvchilar bilan suhbatda bo`ldilar. O`quvchilar bular orqali talaba bo`lish istagi yanada ortdi. Imtixonlarga kastoydil tayyorgarlik ko`rish uchun harakatni kuchaytirdilar. 7-11- sinf o`quvchilarini kasbiy qiziqish, qobilyatlarini hamda moyilliklarini inobatga olgan holda maktabimiz hududiga yaqin joyda joylashgan avomobillarga serviz ko`rsatish tashkiloti hamda “Vatanparvarlik ” tashkilotiga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya jarayonida o`quvchilar o`zlari qiziqtirgan barcha ma`lumotlarga ega bo`ldilar. Bundan tashqari o`quvchilar ovtomobillarga qanday servis xizmatlar borligi haqida ham ma`lumotlarga ham ega bo`ldilar. Ko`plab yigitlar mashina va ularni boshqarishga qiziqishlarini inobatga olgan holda tashkilotga qanday hujjatlar topshirish kerakligi va o`quv jarayonlari haqida ham qimmatli ma`lumotlarga ega bo`ldilar. Maktabimizda o`quvchilarni taniqli insonlar, fan, ta`lim, madaniyat, tibbiyot hodimlari bilan uchrashuvlar ham tashkil etilmoqda. Bu orqali o`quvchilar ham shu kabi mashxur insonlarga intilishi, ular kabi yetuk insonlar bo`lish kerakligi nazarda tutilgan. Biz ham maktabimizga Arabboyeva Faridaxon aya, Bozorova Matlubaxon ayalar tashrif buyurdilar. Bu inson maktabimizga tashrif buyurib o`quvchilar bilan davra suhbati olib borildi. Suhbat jarayonida ustozimiz bunday muvaffaqiyotlarga qanday erishganligi haqida ma`lumotlar berdi. O`quvchilarga kerakli tavsiyalar, yo`l-yo`riqlar ko`rsatib o`tdilar. O`quvchilar ham o`zlarini qiziqtirgan savollarini berib o`tishdilar. Suhbat qiziqarli va mazmunli o`tdi. Maktab ruxshunoslari: M.Jalolova M.Tursunova Download 11.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling