Andijon viloyati, Paxtaodod tumani 17-umumta’lim maktabining oily toifali ingliz tili fani o’qituvchisi Jiyanbekov Sayfutdin Saloxidinovich


Download 18.11 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi18.11 Kb.
#163613
Bog'liq
Maqola


Andijon viloyati, Paxtaodod tumani 17-umumta’lim maktabining oily toifali ingliz tili fani o’qituvchisi Jiyanbekov Sayfutdin Saloxidinovich.

Til bilgan el biladi deganlaridek, bugungi kunda til o’rganishga bo’lgan ehtiyoj toboro kuchayib bormoqda. Til bilmoqlik zamon talabi. Aynan shuni anglagan yoshlar bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanib, til o’rganishga astoydil kirishganlar. Albatta chet tilini o’rganish ham o’rgatish ham oson ish emas. Lekin yurakdan yonsak maqsadimiz tomon tashlagan qadamimiz shaxdam bo’lsa, hammasi ko’ngildagidek bo’ladi.

Har narsaga qiziquvchan shu bilan birgalikda juda sho’x bo’lgan jajji erkatoylarimizga ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilariga chet tili ya’ni ingliz tilini o’rgatishga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bunda asosan asta-sekin soddadan murakkabga tomon o’rganishni va o’rgatishni oson yo’llarini izlab topmoq lozim. Darsni tashkil etganimizda ham har narsadan tezda zerikib qoluvchi bolalarimizga darsni o’yin tarzida olib bormog’imiz maqsadga muvofiq. Hususan, lug’at yodlash chet tilini o’rganishning birlamchi omillaridan biri hisoblanadi. Agar o’qituvchi kitobiy so’zlarni yoki bir oilaga mansub so’zlarni yodlashga bersa o’quvchi zerikib qolishi mumkin. Shuning uchun ham bolalarni lug’at yodlashga qiziqtirish uchun turli usullarni ko’rib chiqamiz. Agar o’qituvchi o’quvchilarga lug’at yodlashni vazifa qilib, o’quvchining ko’ziga ko’rinib turgan jamiyki narsalar va kundalik hayotda eng ko’p ishlatiladigan so’zlarni topshiriq qilib bersa, bevosita o’quvchi qarasaki, atrofidagi barcha narsani va ishlatayotgan deyarli so’zlarini ingliz tilida bemalol ayta olishidan behad quvonib, o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi va lug’at yodlashga bo’lgan katta qiziqish paydo bo’ladi. Yana bir usul tilni yodlashni osonlashtiradi. Ya’ni bu boshlang’ich sinflarga dars o’tish jarayonida, har bir o’tmoqchi bo’lgan mavzusiga moslab lug’atdagi so’zlarni tanlab yodlashga bersa, birinchidan bu tilni o’rganishni osonlashtiradi, ikkinchidan so’zlar bir-biriga uyg’unlashadi. Masalan, o’qituvchi “To have” fe’li mavzusini o’tsa, ushbu mavzuga oid gap tuzishga kerak bo’ladigan so’z turkumiga oid so’zlarni yod olishga berishsa, gap tuzib mavzuni o’rganish yanada osonlashadi. Demak o’quvchilar to have fe’lini mavzu qilib o’tayotganda ot so’z turkumiga kiruvchi so’zlar bilan ko’proq ishlaydi. “Can” modal fe’lini o’tganlarida asosan fe’l so’z turkumiga oid so’zlar bilan ko’proq ishlaydi va yodlaydi. Agar yangi mavzu “To be” fe’li bo’lsa, unda ko’proq sifat va ot so’z turkumlariga oid so’zlarni yod olishlari kerak. Albatta o’qituvchi endi mavzularni qanday qilib oson va samarali tushuntirib olishlari haqida o’ylaydi. Asosan bunda o’qituvchi mavzuni ko’p qoidali emas, ma’no shu qoidadan kelib chiqadigan qilib boshlang’ich sinf qiziqadigan holda mavzuga formula tuzib olishi kerak. Bu formula shu darajada oson bo’lsinki, mavzuni o’rganish uchun o’quvchi qiynalmasin, ortiqcha bosh qotirmasin, oddiy signal so’zlardan tuzilgan formulani yodda saqlasa kifoya.

Misol uchun, “There is/ are” mavzusini olaylik:



There are flowers on the table. Stolni ustida gullar bor.(turibdi) Men asosan yordamchi so’z qilib “turibdi” ni olaman. Demak oson formula tuzaman:

“Turibdi” + “kim? yoki nima?” + “qayerda”

Demak, savol berish va javob topish orqali gap tuzildi.

Turibdi + nima + qayerda







There are flowers on the table



Shu tarzda gap tuziladi. Mavzuni o’rganish ham uni yodda saqlash ham osonlashadi.

Bola psixologiyasida shunday narsa borki, ular biror bir ishni qiyin deb tushunib qolsa, u uchun bu yetib bo’lmas orzu bo’lib ko’rinadi. Unga hatto qiziqmaydi ham. Tabiiyki, chet tilini o’rganish ham shunday, ya’ni umuman bilmaydigan tilni o’rganish dastlab juda ham qiyindek tuyuladi. Biz pedagoglar aynan o’sha vaqtda yuqorida keltirganimizdek faoliyatni osonlashtiradigan metodlardan foydalangan holda ularning ongiga bu juda oddiy, o’rganishga esa oson deya o’tayotgan mavzuyimizga bo’lgan munosabatimiz orqali o’quvchilar ruhiyatiga asta kirib borib bir muncha qiyin mavzularni o’yinlar vositasi va yuqoridagidek o’rganishga va o’rgatishga qulay bo’lgan usullardan o’ylab topib, ular orqali tushuntirishimiz kerak. Bu orqali biz o’quvchilarni fanga bo’lgan muhabbatini uyg’otgan va uning bilim saviyasiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan bo’lamiz. Zero, bilim bermoq burchimiz, albatta ushbu burchimizni nafaqat o’zimiz uchun balki, o’quvchilar uchun ham oson va samarali qilib ado etish har tomonlama biz pedagoglarga bog’liq!
Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling