Andijon viloyati va uning sanoati


Andijon viloyat sanoati Andijon viloyat sanoati


Download 14.64 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi14.64 Kb.
#1536840
1   2   3
Bog'liq
Andijon viloyati

Andijon viloyat sanoati

Andijon viloyat sanoati

  • Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12640,5 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,5%ni tashkil etdi. Shu davr mobaynida jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3855,1 ming so‘mga yetdi va 2021 yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatgichi 109,3%ni tashkil etdi.
  • Xizmatlar tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari (31,2 %), moliyaviy xizmatlar (20,8 %), transport xizmatlari (19,8 %) tashkil etadi. Xizmatlar umumiy hajmida past ulushlarni ta’lim sohasidagi xizmatlar (4,4 %), yashash va ovqatlanish kabi xizmatlar (1,8 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,8 %) egalladi.
  • 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi Xonobod shahrida 9 346,7 ming so‘mdan Izboskan tumanida 2 354,9 ming so‘mgacha oraliqni tashkil etadi.
  • Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon shahrida 9 143,4 ming so‘mga teng bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,5%ni tashkil etdi. Bundan tashqari, aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining sezilarli o‘sishi Baliqchi (109,6%), Andijon (109,0%) va Buloqboshi (109,5%) tumanlarida kuzatildi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarning eng past ko‘rsatkichi, Ulug‘nor (4 980,0 ming so‘m), Boston (4 034,4 ming so‘m) tumanlarida kuzatildi.
  • 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida avtomobil transporti tomonidan 32,2 mln.tonna yuk tashilgan bo‘lib, o‘sish sura’ti 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 102,4%ni tashkil qildi. Yuk aylanmasi avtomobil transporti turlari tomonidan 743,9 mln. t-km.ni tashkil etdi va mos davrga nisbatan o‘sish sur’ati 100,4 % ni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davr mobaynida avtomobil transportining barcha turlari tomonidan 535,7 mln.kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103,0 %ni tashkil etdi. Yo‘lovchi tashish aylanmasining ushbu davrda o‘sish sur’ati 102,2% ga yetib 9 114,2 mln. yo‘lovchi-km.ni tashkil qildi.

Akbarali Abdurahmonov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Download 14.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling