Alijonov Abdurroxman Reja: - Andijon villoyati haqida
- Hududiy bo’linishi
- Andijon viloyat sanoati
- Xulosa
Andijon viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 3 253 501 kishi (2022-yil 1-yanvar holatiga). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000). Markazi — Andijon shahri.[2] Andijon viloyati Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli va boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa millat vakillari koʻchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar — 86,8 %, qirgʻizlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %, Qanglilar 2%, ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000). Hududiy bo’linishi jadval
1
|
Andijon (tuman)
|
Kuyganyor
|
2
|
Asaka tumani
|
Asaka (shahar)
|
3
|
Baliqchi tumani
|
Baliqchi (shahar)
|
4
|
Boʻston (tuman)
|
Boʻz (shaharcha)
|
5
|
Buloqboshi tumani
|
Buloqboshi
|
6
|
Izboskan (tuman)
|
Poytugʻ
|
7
|
Jalaquduq (tuman)
|
Jalaquduq
|
8
|
Xoʻjaobod tumani
|
Xoʻjaobod
|
9
|
Qoʻrgʻontepa tumani
|
Qoʻrgʻontepa
|
10
|
Marhamat tumani
|
Marhamat
|
11
|
Oltinkoʻl (tuman)
|
Oltinkoʻl (qilshloq)
|
12
|
Paxtaobod tumani
|
Paxtaobod
|
13
|
Shahrixon (tuman)
|
Shahrixon (shahar)
|
14
|
Ulugʻnor (tuman)
|
Oqoltin
|
15
|
Xonobod (shahar)
|
Xonobod
|
16
|
Andijon (shahar)
|
Andijon
| xarita
Andijon viloyat tumanlari
Andijon viloyat sanoati - Eng yuqori o‘sish sur’atlari Asaka (154,3%) va Paxtaobod (135,3%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Baliqchi (95,1%), Ulug‘nor (96,7%) va Izbosgan (98,5%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.
- Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 70,8%i Asaka tumani (22%) va Andijon shahri (15,2%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 23,5%ni tashkil etib, 2021 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 3,8 punktga o‘sgan.
- Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmi 10 962,7 ming.so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi bo‘yicha yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Asaka tumani (58 289,1 ming so‘m), Xonobod (38 338,1 ming so‘m) va Andijon (11 834,0 ming so‘m) shaharlarida o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (9 988,7 ming so‘m) yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
- Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 8 231,8 ming so‘m bo‘lgan holda, Asaka tumanida 56 444,4 ming so‘mni, Xo‘jaobod tumanida 12 076,1 ming so‘mni, Andijon shahrida 3 026,6 ming so‘mni, Xonobod shahrida 9 827,0 ming so‘mni tashkil etdi.
- Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga (97,6 %) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, tog‘-kon sanoati ulushi - 0,5%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish ulushi – 1,7%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,2%ni tashkil etdi.
- Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (64%), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (11%), kiyim ishlab chiqarish (10%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (6%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
- 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda 830 ta yangi sanoat korxonalari tashkil yetilib, jami sanoat korxonalari 9 798 taga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |