Andijon viloyati xtbga qarashli Bo`z tumanidagi 26-son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kasaba uyushmasi seminar treningi qatnashchilari


Download 45.57 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi45.57 Kb.
#1547378
1   2
Bog'liq
Movarounnahrning fath etilishi iqtisodiy va ma`naviy oqibatlari

IIYangi bilimlar berish.


Yngi mavzuga oid ochiq test topshiriqlarini bajargan ilg`or o`quvchilardan bir yigit va bir qiz yozuv tahtasiga taklif etiladi va testni mustaqil ishlash jarayonidagi ularning yutuq va kamchiliklari dars davomida nazoratdan o`tkazdi-
riladi , erishilgan natijalar asosida o`quvchilar baholanadi .
Yangi mavzuni tushuntirish uchun quyidagi reja asosida maruza tashkil etiladi :

  1. Arab bosqinchilari tomonidan yo`l qo`yilgan vayronagarchiliklar va dehqonchilik vohalarining oyoqosti qilinishi oqibatlari .

  2. Zabt etilgan shahar va qishloq aholisiga nisbatan qo`llanilgan jazo tadbirlar .

  3. Bo`ysundirilgan aholidan undirilgan soliqlar haqida .

  4. Islom diniga da`vat etish jarayoni va boshqa dinlarga qarshi kurash .

  5. Mahalliy madaniyatning poymol etilishiga qarshi xalq xarakatlari haqida .



III. Yangi dars yuzasidan bilim berish davomida o`quvchilarning olgan bilimlari
tarqatma materiallar, mavzuga oid test va o`quvchilarning o`zaro savol-javoblar
yordamida mustahkamlanadi .
Test matni

  1. Ubaydulloh ibn Ziyodga bir lak ( yuz ming) dirham hajmda boj to’laganligi evaziga omon qoldirilgan shaharni aniqlang. a) Kesh b) Naqshob s) Poykand d) Buxoro

2. Amudaryodan birinchi bo’lib kechib o’tgan arab sarkardasini aniqlang.
a) Qutayba ibn Muslim b) Ubaydulloh ibn Ziyod s) Said ibn Usmon d) Said Haroshiy
3. Arab bosqini davrida Mavarounnahr … a) Mustahkam davlat tarkibiga kirar edi b) Siyosiy jihatdan kuchli davlat edi s) Siyosiy jihatdan tarqoq edi d) a.b javoblar to’gri
4. Said ibn Usmon boshliq arab qo`shinlari O`rta Osiyoning qaysi hududlariga yurish
qiladilar ?
a) Buxoroga b) Samarqandga s) Termizga d) Farg`ona vodiysiga e) abs javoblar to`g`ri
5 Arablarga qarshi kurashda Buxoroliklar kimdan harbiy madad olgan ?
a) Sosoniylardan b) Turklardan s) Qarluqlardan d) O’g’uzlardan
6 Qutayba ibn Muslim qachon Xuroson noibi etib tayinlandi ?
a) 704 y b) 707 y s)705 y d) 715 yili
7. Qutayba ibn Muslim 705 yili qaysi shaharni qo`lga kiritgan edi ?
a) Maymurg` b) Chog`anyon s) Balx d) Marvni
8. Qutaybaga jangsiz taslim bo`lgan shaharni belgilang .
a) Maymurg` b) Chog`anyon s) Balx d) Poykand
9. Movorounnahrni bosib olishning II-davrini boshlab bergan arab sarkardasini aniqlang.
a) Ubaydulloh ibn Ziyod b) Qutayba ibn Muslim s) Said ibn Usmon d) Said Haroshiy

10. Qutayba qo’shini tomonidan 50 kun qamal qilingan shaharni aniqlang.


a) Buxoro b) Romiton s) Poykand d) Kesh

11. Qutayba ibn Muslim qaysi shaharni egallagach u yerdan ikki dona dur , kumushdan yasalgan butni qo`lga kiritgan edi ?


a) Buxoro b) Samarqand s) Urganch d) Poykand

12 =Jez qal`a= deb atalgan qal`ani aniqlang. a) Buxoro b) Poykand s) Samarqand d) Nasaf


13 Qutayba … shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga
aylantirdi. a) Poykand b) Buxoro s) Samarqand d) Naxshab
14 Qutayba ibn Muslim So’g`dni zabt etishda qaysi viloyatlarning harbiy kuchlaridan foydalangan
edi ? a) Fargona Horazm Samarqand b) Nasaf Kesh Choch s) Horazm Buxoro Nasaf
d) Toroz Nasaf Buxoro
15 Qutayba tayyorgarlikdan so’ng Samarqand yurishini (711yili) to’htatdi buning sabab nimada edi ?
a) Samarqandni bosib olishga ko’zi yetmaydi b) Xalifaning buyrugiga asosan to’htatilgan edi
s) Horazmdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib yurishni o’sha yoqqa qaratadi d) Qutayba
qo’shinida isyon ko’tarilganligi sababli Samarqand yurishi to’htatiladi
16 707 yilda Qutaybaga Buxoroni egallashda yordam bergan mahalliy sotqin kuchlarni aniqlang.
a) balhlik dehqonlar b) chag`onhudotlar s) xorazmliklar d) a b javoblar to’gri e) barchasi to’gri
17 710 yili Qutayba tomonidan quyidagi qaysi shaharlar bosib olingan edi ? a) Samarqand ,
Horazm b) Kesh , Nasaf s) Farg`onaning ko`plab shaharlari d) Toroz va Turkiston
18 “Sen men bilan birodarlarim va qarindoshlarim qo’llari bilan jang qilmoqdasan, menga arablaringni
ro’baro’ qil” ushbu so’zlar kim tomonidan aytilgan ?
a) Gurak b) Divashtich s) Tarhun d) Tug`shoda
19 712 yili Samarqand tahtiga o’tirgan hukmdorni aniqlang.
a) Tarhun b) Gurek s) Divashtich d) Chag`on
20 711 yili yuz bergan qo`zg`alon qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan ? a) Gurek boshchiligida
Samarqandda bo`lib o`tdi b) Divashtich boshchiligida Xo`jandda bo`lib o`tdi s) Hurzod
boshchiligida Xorazmda bo`lib o`tdi d) Muqanna boshchiligida Qashqadaryoda bo`lib o`tdi


IV . Uy vazifasi : Darslik va qo`shimcha adabiyotlar yordamida qisqacha § - 9
yuzasidan fikr va mulohazalar yozish . Mavzuga oid N= 9 variant testni ishlash
topshiriladi .
Download 45.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling