Andijon viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining
Download 28.2 Kb. Pdf ko'rish
|
508-A-F-sonli buyruq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 508-A/F-sonli Andijon shahri Hududlarda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari
ANDIJON VILOYATI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT BOSH BOSHQARMASINING BUYRUGʻI ________________________________________________________________________________ 4 oktabr 2023-yil. 508-A/F-sonli Andijon shahri Hududlarda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!” shiori ostida Stritbol va “Workout” sport turlari buyicha musobaqalar tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ - 5282-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentabrdagi 01/1227-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN: 1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentabrdagi 01/1227-A/F-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Stritbol va “Workout” sport turlari buyicha hududlarda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!” shiori ostida musobaqalar (bundan buyon matnda musobaqa deb yuritiladi) joriy yilning 7-oktabr kunlari barcha tuman (shahar)larda yuqori saviyada tashkil etilsin va o‘tkazilsin. 3. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Bosh boshqarmaning tashkilot va idoralarda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sho‘basi (A.Zokirov)ga O‘zbekiston basketbol federatsiyasining texnik reglamentlari talablarini bajarish buyicha shart-sharoitlar yaratilishini hamda musobaqani tuman (shahar)larda o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni olib borish vazifasi yuklatilsin. 5. Tuman (shahar) sport maktablari direktorlariga: a) musobaqani zarur sport inventarlari bilan ta’minlash; b) stritbol va “workout” sport turlari bo‘yicha “Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!” shiori ostida musobaqalarni, joriy yilning 7-oktabr kuni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish; v) musobaqalar yakunlangandan so‘ng uch kun muddatda bosh boshqarmaning tashkilot va idoralarda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sho‘basiga texnik xisobotlarni topshirish vazifalari yuklatilsin. 6. Axborot-tahlil va ijro intizomi sho‘basi bosh mutaxassisi (M.Kadirova)ga: a) mazkur buyruk bilan shaxar-tuman sport maktablariga yetkazish; b) O‘zbkiston basketbol federatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi hamda Workout federatsiyasi Andijon viloyati bo‘limlariga yuborish vazifalari yuklatilsin. 7. Ushbu buyruk ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Download 28.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling