Andijon viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining
Download 28.2 Kb. Pdf ko'rish
|
508-A-F-sonli buyruq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Umumiy qoidalar
- 2-bob.Musobaqaning maqsadi va vazifalari
Bosh boshqarma boshlig‘i
O‘.Toshpo‘latov IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: WD61403771 Andijon viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining 2023-yil “___ ” oktabrdagi A/F-sonli buyrug‘iga ilova Hududlarda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!” shiori ostida Stritbol va “Workout” sport turlari buyicha musobaqalarini tashkil etish hamda o‘tkazish to‘g‘risida NIZOM Mazkur Nizom sportning stritbol va “Workout” turlari bo‘yicha “Sog‘lom tanda-sog‘lom fikr!” musobaqalarining (bundan buyon matnda musobaqa deb yuritiladi) maqsadi va asosiy vazifalari, sport musobaqalarini tashkil etish va boshqarish ularni o‘tkazishga raxbarlik qilish, musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tartibini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Musobaqa Xalqaro “Workout” va basketbol federatsiyalari tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra o‘tkaziladi va xakamlar tomonidan baxolanadi. Musobaqani o‘tkazish uchun xakamlar tarkibi Andijon Viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. 2. Musobaqa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa qonunchilik xujjatlari hamda mazkur Nizomga amal qilinadi. 2-bob.Musobaqaning maqsadi va vazifalari 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarori, shuningdek korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. 4. Korxona va tashkilotlarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish orqali xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish. 5. Tuman (shahar) korxona va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish orqali, xodimlarni jismonan baquvvat qilish ularni ommaviy sport tadbirlari bilan qamrab olinishini ta’minlashdan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling