Andozaviy sanoat mexanizmlarining ish rejimlari, umumsanoat andozaviy mexanizmlarining avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining motorini asosiy ish rejimlari


Download 53.13 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1311454
Bog'liq
3-maruzaANDOZAVIY SANOAT MEXANIZMLARINING ISH REJIMLARI,


ANDOZAVIY SANOAT MEXANIZMLARINING ISH REJIMLARI, UMUMSANOAT ANDOZAVIY MEXANIZMLARINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMALARINING MOTORINI ASOSIY ISH REJIMLARI.
Reja:

1. Andozaviy sanoat mexanizmlari motorlarining asosiy ish rejimlari;


2.Andozaviy sanoat mexanizmlarining motorini ish rejimlari va qizishining o’zaro bog’likligi.


Tayanch so’z va iboralar: motorning qizishi, turg’un harorati, mexanizmning ishlash vaqti, mexanizmning ishlamaydigan vaqti, sikl.

ASM motor quvvatini qizish bo’yicha tanlash uch xil ish rejimi uchun amalga oshiriladi. 1.Uzoq davom etadigan ish rejimi.


Bu rejimda ish davri juda uzoq bo’lib, motor harorati o’zining turg’un qiymatigacha o’shib boradi. Bunday rejimda ventilyator va nasoslar motorlari ishlaydi. Ularning ish davri soatlab, kunlab davom etadi. Ushbu rejimning soddalashtirilgan ish grafigi quyidagicha bo’ladi.



3.1-rasm. Uzoq davom etadigan ish rejimining grafigi.
2. Qisqa muddatli ish rejimi.
Bu rejimda motorning harorati turg’un haroratigacha etmaydi va to’xtab ishlamaydigan davri uzoq bo’lib, motor harorati atrof muhit haroratigacha tushadi. Bunday rejim shlyuzlar, ochilib-yopiladigan ko’priklarda uchraydi. Bu moslamalarda ish davri ishlamaydigan davrdan ancha kam bo’ladi. Ushbu rejimning soddalashtirilgan ish grafigi quyidagicha bo’ladi.



3.2-rasm. Qisqa muddatli ish rejimining grafigi.

3.Qisqa muddatli-qaytariluvchi (siklik) ish rejimi.


Bu rejimda motorning harorati turg’un haroratiga etmaydi va to’xtab ishlamaydigan davri qisqa bo’lib, motorharorati atrof muhit haroratigacha tushmaydi. Bunday rejimda kranlar, liftlar, metall kesuvchi stanoklar ishlaydi. Bu rejimning soddalashtirilgan ish grafigi quyidagicha bo’lad.

3.3-rasm.Qisqa muddatli-qaytariluvchi (siklik) ish rejimining grafigi.

Bunda mexanizmning ishlash vaqti, mexanizmningishlamaydigan vaqti, sikl vaqti. Sikl vaqti mexanizmning ishlash va ishlamaydigan vaqtlarining yeg’indisiga teng: = +


Siklik rejimni ta'riflash uchun nisbiy ishchi davomiylik koeffisiyentidan foydalaniladi
ε = = .
Bir sikl 10 minutdan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarishda siklik rejimni ta'riflash uchun ishchi davomiylikdan (ID) foydalaniladi.
ID %= = ε 100.
Download 53.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling