Android arxitekturasi Applications
Download 240.92 Kb.
|
7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Android arxitekturasi Android Runtime.
- Android arxitekturasi Linux Kernel.
- Android arxitekturasi
Mavzu: Flutter: Android Studio interfeysi, ilk dasturni yozish va uni emulyatorda ishlatish, komponentlar bilan ishlash Android arxitekturasi Android arxitekturasi Applications. Androidda kalendar, xaritalar, brauzer, kontakt menejeri va boshqa muhim mobil ilovalar to‘plami. Application Framework. Ochiq kodli platformasini taqdim etish orqali Android dasturchilarga moslashuvchan va innovatsion dasturlarni yaratish imkoniyatini beradi. Ishlab chiquvchilar qurilmaning apparat imkoniyatlaridan foydalanib, geolokatsiya ma’lumotlarini olishlari, ogohlantirishlarni o‘rnatish kabi vazifalarni bajara oladilar. Dasturchilar asosiy dasturlarda ishlatiladigan API-larga to‘liq kirish huquqiga ega. Libraries. Android tizimiga turli xil tizim komponentlari tomonidan ishlatiladigan C/C++ kutubxonalari to'plami kiradi.Ba'zi asosiy kutubxonalar quyida keltirilgan : - Media kutubxonalari - Ushbu kutubxonalar MPEG4, MP3, AAC, AMR, JPG, PNG va boshqalarni o'z ichiga olgan ko'plab mashhur audio, video va tasvir formatlarini ijro etish va yozib olishni qo'llab-quvvatlaydi; - Surface Manager – 2D va 3D grafik qatlamlarining displeyda ko‘rsatishni boshqaradi; - LibWebCore – Android brauzeri qurilgan zamonaviy veb-vosita(dvijok); - SGL – asosiy 2 o'lchovli grafik vosita(dvijok); - 3D kutubxonalar – OpenGL asosida amalga oshiriladi; kutubxonalar 3D qurilmasi imkoniyatlaridan foydalanadi; - FreeType –rastrli va vektorli shriftlarni qo'llab-quvvatlash; - SQLite – ma'lumotlar bazasi mexanizmi, barcha ilovalar uchun mavjud. Android arxitekturasi Android Runtime. Android Java kutubxonalarida mavjud bo'lgan ko'p funktsiyalarni ta'minlaydigan asosiy kutubxonalar to'plamini o'z ichiga oladi. Har bir Android dasturi o'z Dalvik virtual mashinasining nusxasi bilan ishlaydi. Qurilma bir vaqtning o'zida bir nechta virtual mashinalar bilan samarali ishlashi uchun Dalvik virtual mashinasi yaratilgan. Dalvik Android platformasi uchun maxsus ishlab chiqilgan. Virtual mashina mobil qurilmalar kam xotira sarflab ishlashi uchun optimallashtirilgan. Android dasturlari kompilyator tomonidan quyi darajadagi kodga tarjima qilinadi va Dalvik platformada ishga tushiriladi. Bundan tashqari, Android SDK-ga kiritilgan maxsus dastur yordamida Dalvik Java bayt kodlarini o'z formatidagi kodlarga aylantira oladi va ularni virtual muhitida ishga tushiradi. Android arxitekturasi Linux Kernel. Android Linuxning asosiy tizimli xizmatlari - xavfsizlik, xotirani boshqarish, jarayonlarni boshqarish va drayver modeli bilan ishlashga asoslangan. Androidning ishlab chiquvchilari mobil qurilmalarda ishlatiladigan va ko'pincha kompyuterlarda mavjud bo'lmagan qo'shimcha qurilmalarni qo'llab-quvvatlash uchun Linux yadrosini o'zgartirishgan. Android arxitekturasi Download 240.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling