Davolash. Bemorga tarkibida temir moddasi ko‘p bo‘lgan ovqat- lami ko‘proq iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Temir miqdori go‘sht, . jigar, tuxumda ko‘p bo‘ladi. - Davolash. Bemorga tarkibida temir moddasi ko‘p bo‘lgan ovqat- lami ko‘proq iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Temir miqdori go‘sht, . jigar, tuxumda ko‘p bo‘ladi.
- Temir yetishmasligidan kelib chiqqan kamqonlikni davo- lashda temir preparatlari ishlatiladi. Preparatlar, asosan, ichishga buyuriladi. Ichakda so'rilish buzilgandagina temir preparatlari parenteral yo‘l bilan yuboriladi: Temir preparatlaridan ferrokal yaxshi natija beradi, sutkasiga 6 tabletka ichiladi, shuningdek, fer- ropleks, konferen, orferon, ferramid, ferbitol, ferkoven, ferrumlek kabi dorilar qo‘llaniladi. Davolash muddati 2—3 oy.
Addison-Birmer kasalligi. Bn vitamini va folat yetishmasligidan kelib chiqadigan kamqonlik - Bu turdagi kamqonliklarda Bn vitamini va folat kislota yetishmasligidan, qon ishlab chiqarishda va, asosan, eritropoyezdagi DNK va RNK sintezi buzilishida kuzatiladi. Ko‘pincha alohida Bn vitamini yetishmasligi va kam hollarda alohida folat kislota yetishmasligi uchraydi.
- BI2 vitamini yetishmasligi sabablari:
- Bn vitamini so‘rilishining buzilishi:
- oshqozon fundal qismi bezlarining atrofiyasi (Addison- Birmer kasalligi);
- me’da raki;
- ichak kasalliklari (spru, terminal ileit, ichakning surunkali yaralari, o'smalari);
- oshqozon va ichakdagi jarrohlik amaliyotlari.
Bl2 vitaminining yuqori darajada sarflanishi va ilikda o‘zlashtirilishining buzilishi: - Bl2 vitaminining yuqori darajada sarflanishi va ilikda o‘zlashtirilishining buzilishi:
- ichakning gijja kasalliklari;
- jigar kasalliklari (surunkali gepatit, jigar sirrozi);
- gemoblastozlar (o‘tkir leykoz, eritromiyeloz).
- Folat kislota yetishmasligi sabablari:
- ichakda qilinadigan jarrohlik amaliyotlari;
- ba’zi dorilarni uzoq muddat qabul qilish;
- ichak disbakteriozi;
- alkogolizm;
- homiladorlik;
- ichak kasalliklari;
- alimentar yetishmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |