Angliya ta’lim tizimi
Download 23.42 Kb.
|
ANGLIYADA TA\'LIM TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruziya talim tizimi Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari
Gretsiya ta'lim tizimi
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari: Maorif tizimi 4 bosqichga bo'linadi: 6 yillik, 3yillik o'rta va 3yillik o'rta maxsus, shuningdek, oliy ta'lim. Umumiy va o'rta ta'lim majburiydir. Gretsiyada 17 unstitut va bir qancha texnika institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki unstitutlari, Afina politexnika instituti. Ilmiy muassasalari: Afina akademiyasi (1926 yil tashkil etilgan; unda bir qancha institutlari va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin institut, universitet va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina shahridagi Milliy rasadxona (1842 yil tashkil etilgan) va boshqalar. Gretsiyadagi Milliy kutubxona (1828 yil tashkil etilgan), Afina shahridagi Deputatlar palatasi kutubxonasi, unstitutlar kutubxonalari yirik kutubxonalardir. Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874 yil tashkil etilgan). Akropol (1878 yil ochilgan), Vizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), San'at asarlari milliy galereyasi (1900) hammasi Afina shahda joylashgan. Gruziya ta'lim tizimi Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari: Qadimgi yunon tarixchilari bergan ma'lumotlarga ko'ra Gruziya hududidagi davlatlarda maorif antik davr namunasida tashkil etilgan. 3-a. ning 2-yarmida asos s rivojlantirish sohasida ko'p ish qildi 4-a.da xristianlik davlat diniga aylangach, cherkov va monastirlar huzurida maktablar ochildi. Biroq, chet ellik istilochilarning bosqinlari gruzin madaniyati rivojini uzoq vaqt to'xtatib qo'ydi. 13-asrga kelib katta fan va maorif markazlari-Gelat (G'arbiy Gruziya) va Ikaltey (Sharqiy Gruziya) akademiyalari barpo etildi, 17-asr 2-yarmidan chet ellarda gruzin alifbo va darsliklari boshladi. Gruziya davlatchiligi tugatilgach (1801), maorif tizimi Rossiya namunasi asosiga o'tkazildi. 2000 yil Gruziyadagi 3500dan ko'proq umumiy ta'lim maktabi va o'rta maxsus o'quv yurtlarida 850 mingga yaqin bola o'qidi. Gruzin va abxaz maktablari bilan bir qatorda rus, arman, ozarbayjon va osetin maktablari ham mavjud. Gruziyada 19 oliy o'quv yurti, jumladan Tbilisi va Suxumi unstitutlari, politexnika, qishloq xo’jalik, tibbiyot va b. institutlar bor. 2000 y Gruziyadagi oliy o'quv yurtlarida 100 mingdan ko'proq talaba ta'lim oldi. 200 ga yaqin pullik oliy maktablar ham mavjud. Asosiy ilmiy kuchlar Gruziya Fanlar akademiyasiga birlashgan. 2000 yil Gruziyada 110 muzey ishladi. Download 23.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling