Angliya ta’lim tizimi
Download 23.42 Kb.
|
ANGLIYADA TA\'LIM TIZIMI
Maktabgacha tarbiya
Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan. Farzandlarga qarab uyda o’tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu onalarning ishi. O’zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o’ynaydigan, uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan bog’cha va yaslilar Amerikada odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy va davlat tasarrufidagi bog’chalar mavjud. Ular enaga yollashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar, ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda atrofdagi ko’kalamzorlarda o’ynab dam oladilar. Bu bog’chalarda ham bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda tarbiyalanadilar, ularga tarbiyachi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi, turli qo’shiqlar, she’rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o’z uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov bog’chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib, bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo’l-transport hodisalaridan to’la muhofaza etilgan: sariq rangga bo’yalgan, uning signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o’tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar. Ko’chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alangla6 yurgan, o’ynab futbol tepib yurgan bekorchi bolani uchratish amrimahol. Bolalarni maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do’pposlanmaydi, u erkin o’smog’i kerak. Agar biror bola «meni urdi» deb ota-onasidan shikoyat qilsa, ma’lum muddatga ana shu ota-onalar ayrim hollarda ota- onalik huquqidan mahrum qilinadilar. Maktabga bolalar o’zlari xohlagan kiyimlarda boradilar. 5 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash ota-onalarning, bog’cha va maktabning, ommaviy axborot vositalarining ishi. AQSH televideniyasining alohida kanalida “ Sezam ko’chasi” deb nomlanuvchi ko’rsatuvlar dasturi mavjud, u o’quvchilarga ingliz tili, alifbo, arifmetik amallarni bajarish, sanash, o’qish, koinot, tabiat, jug’rofiya, tarix bo’yicha bilimlarni o’ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi. Amerika ko’p millatli mamlakat. Lekin har bir millat o’z farzandiga milliy urf-odatlarini, tilini o’rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. Ko’pincha bu vazifalarni katta avlod amalga oshiradi. O’zbeklar ham o’z ona tilini, urf-odatlarini, dinini o’z farzandlariga singdirishga astoydil intiladilar. O’zbek bolalari ham Markaziy Osiyoda o’z mamlakatlari borligini biladilar, g’oyibona intiladilar, u haqda ko’p narsalarni ko’rish, eshitish, o’qishni istaydilar. O’zbekistonga kelish har bir amerikalik o’zbeklarning muqaddas orzusidir. Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning asosini ularni maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshlilar bog’cha guruhlarida bo’lsalarda, lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ich sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda uning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ta’lim dasturi ko’p jihatdan ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo’ljallangan, u pirovard natijada bolalarni boshlang’ich maktablarga puxta tayyorlab berishga xizmat qilishi kerak. Shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning aqliy va jismoniy, umuminsoniy hislatlarni, bolalar jamoasi ichida o’zini tutish, samimiylik, mehnatsevarlik, foydali xatti-harakatlarning ilk shakllanishiga erishmoqlarini, tozalik, ozodalik va pokizalikka o’rganishlarini ta’minlab berishi lozim. Yuqorida aytganimizdek, maktabgacha tarbiya muassasalarining xususiylari ham bor. Lekin u Yaponiyadagidek rivojlangan emas. Amerikada xususiy bog’chalar davlat dasturiga kiritilgan. Amerikada o’quvchilarning o’z fikrini so’zda mukammal, aniq ifodalab bera olishiga, o’zligini anglash, o’zining qadr-qimmatini e’zozlash, shaxsiy qobiliyatini ro’yobga chiqarish tuyg’ularini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. Bolalarda ana shu his-tuyg’ularini shakllantira borish ilk yoshdanoq boshlanadi.
Download 23.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling