Angliyada sharafli inqilob reja: I. Kirish II. Asosiy qism angliyada burjua inqilobining boshlanishi


Download 26.19 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi26.19 Kb.
#1475830
  1   2   3
Bog'liq
Angliyada sharafli inqilob reja I. Kirish II. Asosiy qism angli


Angliyada sharafli inqilob
REJA:


I. KIRISH


II. ASOSIY QISM
1. Angliyada burjua inqilobining boshlanishi
2. Inqilobning sabablari.
3. Inqilobnig natijalari
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

II. ASOSIY QISM
1. Angliyada burjua inqilobining boshlanishi

XVI asr Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Dengizda yakka hukmronlikka erishildi. Chet ellar bilan savdo-sotiq ishlari tobora kengayib bordi. London tashqi savdoda monopol huquqni qo`lga kiritdi. Natijada bu shaharda baquvvat savdogarlar guruhi vujudga keldi. IchM savdo ham rivojlandi. 1600- yilda Londonda dastlabki birja ochildi.


Qishloq xo`jaligida haifi bozor munosabatlarining qaror topishi tezlashdi. Bu omillarning barchasi katta mavqega ega bo`lgan o`rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi. Ular, asosan, «isloh qilingan din»ga e'tiqod qilar edilar. o`rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor etmagan. Aksincha, uning parlament bilan hisoblashishining tarafdori bo`lganlar. Burjuacha hayot tarzi - tejamkorlik, mehnatsevarlik va izlanuvchanlik jihatlari tobora chuqur ildiz otib bordi.1
Angliya qiroli mamlakat parlamenti va «isloh qilingan din» cherkoviga qarshi kurash boshladi. Buning oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik inqilobning asosiy sababiga aylandi. Qirol Yakov I ning maqsadi parlament mavqeini yo`qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. Qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo`llashni taqiqlab qo`ydi. Bu esa manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta'sir ko`rsatdi. Hukmron tabaqa, davlat amaldorlari o`rtasida davlat xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi. Qirol hatto ba'zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o`zi sotar edi.
2. Inqilobning sabablari

Oqibatda savdogarlar xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo`lardilar.


Yakov I ning tashqi siyosatidan ham burjuaziyaning noroziligi kuchayib bordi. Bunga bosh raqib Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi asosiy sabab bo`ldi.
Karl I qirolligi davrida (1625-1649) ham vaziyat o`zgarmadi. U jamiyatda yuz berayotgan o`zgarishlarni tushunish va ularni qabul qilishni istamadi. Aksincha, Karl I Fransiya monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega bo`lishga intildi. Ayni paytda yangi - kapitalistik jamiyat tarafdorlari ham qo'1 qovushtirib o`tirmadi. Parlament amalda ularning qo`lida edi. 1628- yilda parlament qirolning «Huquqlar to`g`risidagi bill» va «Huquqlar to`g`risidagi petitsiya»ni imzolashiga erishdi. Bu ikki hujjat qirolga parlament roziligisiz birorta yangi soliq joriy etmaslik va sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash majburiyatini yukladi. Bunga javoban qirol parlamentni tarqatib yubordi. Shu tariqa mamlakatda qirolning yakka hukmronligi o 'rnatildi.
Bu hujjatlardan hir necha o`n yillar avval qabul qilingan «Erkinlikning buyuk xartiyasi» hujjati va uning mazmuni yodingizdaini?
Burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikrli dindorlar ham davlat ishlaridan chetlatildi. Mamlakatda senzura kuchaydi. Mavjud siyosiy raqiblar sud ta'qibiga duchor etildi. Natijada fuqarolarninig chet ellarga chiqib ketishlari kuchaydi. Qirol o`z tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta monopol huquqlar berdi. Bu siyosat narx-navoning ko`tarilishiga olib keldi. Bundan savdogarlar, yangi dvoryanlar, hunarmandlar va barcha oddiy kishilar jabr ko`rdilar. Buning ustiga shu orada Shotlandiya Angliyaga hujum qildi. Bu esa vaziyatni yanada og`irlashtirib yubordi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar Angliyada inqilob yuz berishini muqarrar qilib qo 'ydi.
Shunday sharoitda qirol muxolifatning talabi bilan parlamentni chaqirishga majbur bo`ldi. 1640- yilning 3noyabrida parlament ish boshladi. Bu sana Angliya burjua inqilobining boshlanishi kuni bo`ldi. Jamoalar palatasining katta qismini eski tuzumga qarshi tabaqa vakillari tashkil etdi.2
Parlament birinchi navbatda favqulodda sudlarni tarqatib yubordi. Cherkov sudini ruhoniy bo`lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum etdi. Qirol huzuridagi «Maxfiy Kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi. Siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Matbuot mustaqilligi e'lon qilindi. Qonunsiz to`lovlar va jarimalar bekor qilindi. Qirol parlamentning jamoalar palatasini shu palataning roziligisiz tarqatmaslik to`g`risidagi qonunni imzolashga majbur etildi.
Karl I ning o`zi istamagan holda bularga rozilik berishdan boshqa iloji qolmadi, biroq u qulay fursat poylardi. 1641- yilda parlamentning «Buyuk remonstratsiya» deb nomlangan hujjatni qabul qilishi qirol va parlament munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi.
Bu hujjatda, jumladan, bunday deb yozilgan edi: «Barcha kulfatlarning ildizi - asosiy qonunlarni yo`qqa chiqarish maqsadida qilinayotgan yovuz niyatli badkirdor urinishlar va ingliz qirolligining dinni hamda adolatni ko`mib tashlagan boshqaruvi asoslaridir».

Bu hujjat qirol oldiga juda muhim talablarni qo`ydi. Lekin Karl I bu talablarni bajarmadi. Shu tariqa 1642- yilning boshlariga kelib Karl I bilan parlament o`rtasida uzil-kesil ajralish ro`y berdi.


Endi qirol isyonkor parlamentni jazolashga va muxolifat rahbarlarni hibsga olishga qaror qildi. Shunday sharoitda, Londonning yuz ming aholisi parlamentni himoya qilib ko`chaga chiqdi. Yangi dvoryanlarning 5 ming kishilik qurollangan guruhi Londonga yuborildi. Bu omillar qirolni chekinisMga va Londondan qochib ketishga majbur etdi. Shu tariqa Angliya ikki dushman lageriga bo`lindi. Movut sanoati Angliyaning turli sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri), shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-N`yuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chiqarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chiqa boshlayotgan edi.
Shunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chiqayotgan bo`lsa ham, ishlab chiqarishning kapitalistik shakli yetilib kelayotganligi xarakterlidir.
XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlkatlar bilan savdo qiluvchi ko`plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo`lishi ingliz kapitalining yer sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maqsadida tuzilgan Moskva kompaniyasi Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.
Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo`yilishi, Hindistonda va g’arbiy Afrika qirg’oqlarida ba`zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz lustamlakachilik siyosati boshlaganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko`proq. Yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog’lik, edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o`ziga yer olishni istar va Evropa talab qilayotgan ba`zi mahsulotlarni ko`paytirishdan manaatdor edi.
Shu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo`jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo`ldi. Ingliz qishlog’i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan bog’langan edi. Ayniqsa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit`asiga juda ko`p jun chiqarilar edi. Angliyaning o`zida movut to`qish qanchalik rivojlanayotgan bo`lsa mamlakat ichida shunchalik ko`p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o`sishi Angliyada qo`ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo`ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning birinchi yarmida mashhur bo`lib ketgan “g’ov tutish” ning boshlanishiga turtki bo`ldi. Qo`y boqishning ommaviy suratda ko`paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. Gov tutishni ingliz qishlog’ida katta yer egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriasiya qilishnig ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko`payishi g’ov tutishning natijasi bo`ldi.
Angliyada kapitallarni o`z qo`liga to`plangan yirik burjuaziya sinf sifatida o`smoqda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan aloqador bo`lgan bank-sudxo`r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. Yer egasi bo`lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo`linib ketayotgan edi. O`z xo`jaligini kapitalistik izga qo`yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o`rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. Yangi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy-sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. “Yuqori tabaqalar” bilan “Quyi tabaqalar” o`rtasidagi farq chuqurlashdi. Nagijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo`lgan feodallar bilan dehqonlar o`rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar yeriga g’ov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijorachilar hali ham bor edi. Lekin ularning yerini ijaraga olib egalik qilish sharoiti borgan sari og’irlashib bordi. Lord va jentel`menlar odatdagi "eski" rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to’lashni talab qilardilar. Ya`ni ijorachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko’proq, bo’lgan bir yo’la olinadigan bir qator tulovlarni tayinlar edilar. Revolyutsiyadan oldingi davrda shaharlarda ham xalq, ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya revolyutsiyaning dastlabki davrida o’z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o’zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan harbiy otryadlarini tuzdi.
Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq, bo’lib turdi. XVI asrda tuyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g’alayonlar ko`tarish oldida turgan dehqon plebey revolyutsion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo’l qo`ymay, o’z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi faqat feodallarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko`ramizki parlament toifa vakillari organi bo`lib butun XVI asr davomida namoyon bo`ldi. Parlamentning umumpalatasida yangi dvoryanlarning vakillari o`tirib burjuaziyaning manfaatlarini yo`qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o`zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizmga nisbatan opiozitsiyaga bo`lgan organga aylandi. Tyudorlar dinastiyasining so`nggi vakili bo`lgan qirolicha Yelizavetta I davrida qirollik bilan parlament o`rtasida kelishmovchilik namoyon bo`ldi. Umumpalata qirolicha hukumatining bir qator ya`ni taxt vorisi to`g’risidagi, diniy masalalar to`g’risidagi savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to`g’risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirardi. Tyudorlar davrida xalq ommasining chiqishlari o`sib bordi. Irland xalqining ozodlik kurashi ham jiddiy ahamiyat kasb eta boshladi.


Download 26.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling