Angliyada sharafli inqilob reja: I. Kirish II. Asosiy qism angliyada burjua inqilobining boshlanishi
Download 26.19 Kb.
|
Angliyada sharafli inqilob reja I. Kirish II. Asosiy qism angli
3. Inqilobnig natijalari
1689 — Angliyada Sharafli inqilob. Yelizavettaning vasiyatiga ko`ra Yakov VI Angliyaning qiroli qilib tayinlandi. Angliyada u Yakov I nomini oldi. Yangi dinastiya davrida feodal tuzum bilan burjuaziya o`rtasidagi ajralish yaqqolroq ko`rindi. Yangi qirol Angliyaning oq suyak feodal elementlariga tayanib ish ko`rdi.3 Parlament Yakov I ga soliq yig’ish huquqini bermaganda u juda g’azablanardi. U 1610 yilda g’azab bilan “Axir, Fransiya, Daniya, Ispaniya qirollari boj oladilarku, nega men boj olmas ekanman?” der edi. Pul topishgp intilib, Yakov I savdo va sanoat monopoliyalari tuzish huquqini beradigan patentlar sotishni qizitib yubordi. Ammo parlament bu gal ham qiroldan suiste`mol qilishlarni tugatishni talab qildi. 1624 yilda Yakov I davridagi so`nggi parlament moliya ministri graf Midlseksni sud javobgarligiga tortdi. Qirolning o`zi ordonans chiqarib, unda “qirollikda nimaiki bo`lmasin sotish, tortib olish, ishlab chiqarish yoki iste`mol qilishga monopol huquq beruvchi» hamma patentlar bekor qilindi, deb e`lon qildi. Parlament qirolning ichki siyosatidangina emas, balki tashqi siyosatidan ham norozi bo`lgandi. Yelizaveta ispanlarga va katoliklarga qarshi kelgan bo`lsa, Yakov I tashqi siyosatni o`zgartirib men Ispaniya bilan urush holatda emasman deb e`lon qildi. Angliya 1588 yil tuzilgan ittifoq shartnomada xilof ravishda Ispaniyaga qarshi urushda Nederlandiyaga yordam berishdan bosh tortdi. Bunday siyosat ingliz burjuaziyasiga qarshichiqish degan gap edi, chunki ingliz burjuaziyasi Ispaniyani va mustamlakachilik savdosi sohasidagi raqibi edi. Ispaniya va Nederlandiya o`rtasida urush davom etayotganligi sababli, ispanlar gollandalarni yoki Golland tovarlarini qidirish bahonasi bilan ingliz kemalarini tez-tez tutib qolar edilar. Ingliz hukumati o`z savdogarlarining arzlariga quloq solmay kelayotgan edi. Yevropada O`ttiz-yillik urush boshlanib ketganda Yakov I german protestantlarining boshlig’i Fredrix Pfalsning qaynatasi sifatida gabsburglarga qarshi urushda qatnashdi. Ammo Yakov I Germaniya protestantlariga yordam berish o`rniga, Fridrix Pfalsga imperator tortib olgan yyerlarni qaytarib olib bermoqchi bo`ldi. Ispan diplomatlari chunonchi Yakov I ning cheksiz ishonchiga sazovor bo`lgan elchi Gondomar uni necha yillar ahmoq qilib keldi, chunki Ispan Gabsburglari Avstraliyalik Gabsburglar bilan yagona siyosat yuritayotgan edilar. 1624 yilda Yakov I o`z o`g’li Karl I ni Ispan malikasiga uylantirish to`g’risidagi masalalarni hal qilish uchun Madridga jo`nadi. Bu diplomatik niyatlaridan, tabiiyki hech nima chiqmadi. Yakov I ning yana shu maqsadga Fridrix Pfalsga yordam berish uchun Fransiya bilan ittifoq tuzishga urinishi muvofaqqiyatsiz chiqdi. Shahzoda Karl I bilan Fransuz malikasi Genrietta –Mariya o`rtasidagi nikohni angliyaliklar sovuqqina qabul qildilar.4 Bu nikoh natijasida ingliz saroyi katoliklarining ig’vo markaziga aylanib ketadi deb xavfsiradilar. Haqiqatdan ham shunday bo`ldi. Yakov I 1625 yil bahorida vafot erdi. Uning o`rniga taxtni egallagan Karl I (1625-1649) otasi kabi u ham qirol hokimiyatini cheksiz deb hisobladi. Gersog Bekengemning maslahatlariga amal qilib, faol tashqi siyosat olib borishga urindi. Lekin muvafaiyatsizlikka uchradi. Ispaniyaga qarshi urush boshlab, Bekengem 3-ta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Amerikadan Ispaniyaga kumush tashiyotgan Ispan kemalarini qo`lga kiritish, qo`lga kiritilgan mahsulotlarni sotib, qirolning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu yo`l bilan hukumatni parlamentdan mustaqil qilib olish nazarda tutilgan edi. Ispaniyaning Kadis portini qo`lga kiritish va Ispaniyaning hududiga ekspelitsion korpus tushirish ham mo`ljallangan edi. Urush natijasida ingliz kemalari sharmanda bo`lib, ko`p soldat va matroslarini yo`qotib o`z yurtiga qaytib keldi. Holbuki, Fransiya bilan ittifoqda bo`lgan ingliz hukumati fransuz qiroli tomonida turib, La-Roshel qal`asida to`plangan Gugenotlarga qarshi kurashda ishtirok qilishi lozim edi. Bu esa Angliyada styuartlar siyosatidan yana norozilikni oshirdi. Shundan keyin Angliya jamoatchilik fikri tazyiqi ostida Fransiya bilan ittifoqni buzdi va urush e`lon qildi. Ammo gersog Bekengemning qamal ostidagi La-Roshelga uyushtirilgan yordami hech narsa bermadi. Va 1628 yil kuzida fransuz qo`shinlari qal`ani ishg’ol qildi. Karl I yana sharmanda bo`ldi. Styuartlar istibdodiga qarshi parlament oppozitsiyasi Yakov I davridayoq namoyon bo`lgan edi. Har gal parlament chaqirilganida Yakov tashqi siyosati tanqidga uchrardi. Karl I davrida ham parlament oppozitsiyasi vakillarining chiqishlari yanada keskin tus oldi. Parlamentning umumpalatasi gersog Bekingemning iste`fo berishini talab qildi. Karl I ning 1625 yilda chaqirilgan 1-parlament yig’ilishi juda qisqa bo`ldi. Qirol uni bir necha hafta o`tgach, tarqatib yubordi. Ana shu parlamentdagi oppozitsiya a`zolaridan yetuk notiqlar ajralib chiqdilar. Shulardan yurist ser eduard Kok Buyuk ozodlik xartiyasining ixlosmand tarafdori polkovnik Jon eliot, bekingemshirlik boy skvayr Jon Gempden va Kokrshlik dvoryan-yurist Tomas Uent-vort parlamentdagi notiqlardan edilar. 1626 yilda chiqarilgan parlament ham tarqatib yuborildi. Karl I ning 3-parlamenti gersog Bekengemni sud qilishni, katoliklarga qarshi qonunlarni amalga oshirishni, qonunsiz soliqlar to`plashni to`xtatishni talab qildi. Xulosa Karl I ning mamlakatni parlamentsiz idora qilishga qaror qilishi natijasida mustabid hukumatning ahvoli yanada tang bo`ldi. Parlamentning soliqlar to`lanmasi degan chaqirio`i keng xalq ommasiga ma’qul tushdi. Ispaniyaga hamda Fransiyaga qarshi urushning davom etishi tashqi savdo sohasida krizisga olib keldi. Parlamentsiz idora davrida Karl I maslahatchilaridan uchinchisi xazinachi – lord Richard Uetson bo`lib, u Karlni nohaq yig’inlar joriy qilishga undadi. Parlamentsiz davridagi moliya siyosati shunday ediki, bunda saltanat xususiy mulkchilikka qo`pol aralashar edi. Hukumat parlament tasdiqlamagan yangi soliqlar undirib olish uchun har - xil bahonalar qidirib topar edi. Parlamentga bog’liq bo`lmagan moliya bazasini yaratish va doimiy armiyani tashkil etish, absolyutizmning aniq maqsadi bo`lib qoldi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun qilingan urinishlar revolyutsion portlashni tezlashtirdi xolos. Karl I tomonidan turli-tuman nohaq yig’inlar, nihoyat Angliyada XI-XII asrlarda joriy qilingan kema pullari Yana olinadigan bo`ldi va bu hukumatga mablag’ tushib turishini ta`min etmadi, balki davlat byudjetiga yamoqday kichik bir madad bo`ldi, xolos.5 Bunday soliqlar yer soliqlaridan ko`ra keng aholi ommasining g’azabini qo`zg’atdi. 1635 yilda hukumat “kema solig’i”ni joriy qilgandan so`ng soliq yig’ishga qarshi norozilik harakatlari boshlandi. Natijada mamlakatda inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu Shotlandiya bilan Karl I ning urushiga sabab bo`lib, Shotlandiya qo`zg’aloni Angliyada iqilobning boshlanishi uchun turtki bo`ldi. Shotlandiya qo`zg’aloni mutlaq hukumatning Shotlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishiga urinishi natijasida kelib chiqqan bo`lib, Shotlandiya 1603 yilda Yakov I vaqtida Angliya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan bo`lsada, hali avtonomiya huquqini saqlab qolgan edi. Shotland dvoryanlari o`z mustaqilliklarini himoya qilishlarining sababi shundan iborat ediki, quyi Shotlandiya burjuaziyasi Angliya savdogarlarining raqobatidan qo`rqib, Angliya bilan batamom birlashishdan qo`rqar edi.Shotland dvoryanlari Yakov 1 ning onasi Mariya Styuart vaqtida qo`lga kiritgan feodal erkinliklarni saqlab qolishga intilar edi. XVI asrdan boshlab Shotlandiyada keng tarqalgan oppozicion ruhda bo`lgan dvoryanlarga qo`l kelgan presvetirianlik shaklidagi kalvinizm bu ikki sinfning ittiqoqini mustahkamlab,Styuartlarga qarshi kurashda qurol bo`lgan edi.Shotlandiyada ingliz episkop cherkoviga nafrat bilan qarar edi.Lord 1637 yilda Shotlandiyani ingliz cherkovi tarkibiga kiritmoqchi bo`lganida, Karl 1 ga qarshi qo`zg’olon ko`tarishga sabab bo`lganligi bejiz emas edi.Shotlandlar maxsus hujjutga imzo chekib, papa oldida “haqiqiy dinni” himoya qilish majburiyatini olgan edi.Shotlandiyada juda tez ko`ngilli qo`shin tashkil topdi va 1639 yilda Angliyaga bostirib kirdi. Angliyada xalqning keng qatlamlari, shotlandlarga xayrixohlik bildirdilar.Yollanma qo`shinlar yordamida Shotlandiyaga qarshi urush Yana boshlanib ketdi.Karl 1 1640 yil 13 Aprelda Parlament chaqirdi. Parlamentga Jon pim va jon gempden kabi oldingi parlamentdagi oppoziciya a`zolari Yana qaytadan saylandi. Parlament urushni davom ettirishga pul ajratmadi. Natijada 1640 yil 5 mayda Karl 1 bu parlamentni ham tarqatib yubordi va bu qirol hukumatiga qarshi namoyish qilinishiga sabab bo`ldi. Xalq 6 mayda qamaldagi «to`polonchilarni” qutqarish uchun qamoqxonalarga hujum qildilar.Dehqonlar bu siyosiy krizisni o`z iqtisodiy manfaatlari yo`lida oshkora kurash olib borish uchun qulay fursat etganligini hisobga olib,1640 yilning yozidan boshlab inqilobiy harakatlarni kuchaytira boshladi.Ana shu hol inqilobning negizini tashkil qildi. Shotlandlar esa parlament tarqatilgandan so`ng Yana hujum boshladilar.1640 yil 24 sentyabrda York shahrida to`plangan lordlar palatasi a`zolari ham yangi parlamentni chaqirishi kerak deb o`z fikrlarini bildirdilar.Karl 1 1640 yil 30 sentyabrda parlament chaqirilishini e`lon qildi.Oktyabrda Angliyada favqulodda keskin bir sharoitda parlament saylovi bo`lib o`tdi.Puritanlarning peshvolaridan Pim, Gempden,shuningdek, 1628-29 yillardagi parlament deputati bo`lgan Kromvel saylov vaqtida faollik ko`rsatdilar.Saylov eskicha tartiblar asosida Shtkazilishiga iuaramay, saylovda parlament –burjuaziya oppoziciyasi ustidan g’alaba qozondi. Pim parlament rahbari qilib belgilandi. Download 26.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling