Angren-2023 Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asrga annotatsiya tayyorlash Reja


Bastakorlar asarlaridan namunalar


Download 50.55 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi50.55 Kb.
#1332169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asrga annotatsiya tayyorlash Davron

Bastakorlar asarlaridan namunalar.
1. Ko’rmadim. Doni Zokirov qalamiga mansub bu qo’shiq matn muallifi A.Navoiy. Asar ohangdorligi, nola va bezaklar mumtoz qo’shiq ijrochiligi an`analaridan foydalanib yaratilgan. Ijro davrida mungli sokin ohang sifatida e`tiborni qaratish lozim.Auf takt uchun chorak va nimchorak pauzalar o’lchoviga ahamiyat berish kerak.
2. Ey sarvi ravon. Qo’shiq yakka ijrochi va ashulachilar ansambli uchun mo’ljallangan. Qo’shiq yallalar turkumiga kiritiltan mashxur asardir. Ijro jarayonida o’zbekona nola va bezaklar o’z o’rnida mohirona kuylanishi lozim.
3. ''Ra`nolanmasun". Asar yakka ijro uchun mo’ljallangan. Asarda an`anaviy bezak va nolalar maromiga etkazib kuylashni talab qilinadi. O’lchovi 3/4 asarning diapozoni balandalik qilgan hollarda ijrochi asarni bir ikki ton pastga transpozitsiya qilib kuylashi mumkin.
4. Ey nozanin. Xalqimizning ardog`ida sevimli ashulalardan biri. Asar qo’shiq kuylash malakalarini o’rganishni boshlagan talaba qizlar uchun qulaydir. Qo’shiq oqangi, bezaklar, yallalar ijro jarayonida maromiga etkazib kuylashni taqozo etadi. Qo’shiq diapozoni bir oktavadan kattaroq xajmdadir.
5. Otmagay tong. Qo’shiq yigit va qiz xonanda ijrolari uchun duet qilib yaratilgan asarlar sirasiga kiradi. Qo’shiqning I baytini qiz ijrochi maromiga etkazib kuylab II baytini esa yigit davom ettirib aytishi lozim. Qo’shiqdagi nafosat, nozik ohanglar, bezak va nolalar maromiga etkazib kuylash uchun qiz va yigit xonanda zarur bo’lgan ko’nikmalar ustida ishlashlari lozim. III bayt qiz ijrochi va IV baytni yigit ijro etib, so’nggi matnning takroriy ijrosini ikkala bobda ijro etib qo’shiqni yakunlaydilar.
6. Yo’llarim. Asar qizlar ijrosi uchun mo’ljallangan. Qo’shiq boshlanishidan avval keladigan chorak "pauza"larga ohang oxirida kelgan yarim notalar o’lchovlariga ahamiyat berilishi lozim. Qo’shiq avj qismida so’zlar ijrosi vaqtida nafas olinmay, qo’shiq ohangini uzmay kuylash kerak. Qo’shikda nola va bezaklar maromiga etkazib kuylanishga e`tibor berishlari kerak.

Download 50.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling