Angren shahar mtb tasarrufidagi 7-sonli dmtt tarbiyachisi Isakova Umidaning “Ona allasida mehr mujassam” mavzusidd ma’ruzasi


Download 135 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi135 Kb.
#1372374
Bog'liq
ALLA HAQIDA


“Tasdiqlayman”
7-DMTT direktori
________Razakova D.M.


Angren shahar MTB tasarrufidagi
7-sonli DMTT tarbiyachisi
Isakova Umidaning
Ona allasida mehr mujassam”
mavzusidd ma’ruzasi

ALLA HAQIDA



Abu Ali ibn Sino o‘zining mashhur «Tib qonunlari» kitobida bola tarbiyasida allaning ahamiyati to‘g‘risida shunday yozadi: «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi». Alla — beshik qo‘shig‘i, u xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham keng kuylangan. Bolani yo‘rgaklash, beshikka solish, uxlatish, uyg‘ongan bolani yo‘rgakdan yechib olish singari mashg‘ulotlar kuylar, chiroyli ohangdor so‘zlar bilan bezalgan bo‘ladi… Bunday dilni erkalovchi qo‘shiqlar bolaga ham xush yoqqan – ana shu she’riy to‘qimalar turli voqealarga, ayrim marosimlarga bog‘lab aytilgan bu qo‘shiqni alla qo‘shiqlari deyishgan.
Alla aytishni o‘rgatuvchi, badihago‘y ayollar bo‘lgan. Bunday ayollarga enagalar ham kiradi. Alla bola tug‘ilgandan to beshikdan chiqquncha aytilgan.

…Qo‘li arslon bilakligim, alla,


Botir, qoplon yurakligim, alla.
Yaxshi-yomon kunimda, alla.
Menga juda kerakligim, alla.

Beshik qo‘shiqlari onalarning orzu va armonlari bilan birgalikda turli tarixiy voqealar, ijtimoiy hayotga munosabat ham bayon etiladi. Onalar hech kimga aytolmagan yurak dardlarini chaqalog‘iga, bolasiga alla orqali aytgan va bundan ma’lum darajada yengil tortgan.


Alla o‘z davrining lirik kayfiyatdagi ruhiy ko‘zgudir. Onaning yoqimli ohanglari ichida davr muhiti, kishilar tirikchiligi, ijtimoiy-maishiy hayot, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar, qarama-qarshiliklar oddiy so‘zlarning go‘zal va badiiy, ruhiy qudrati o‘z ifodasini topgan.

…Guli savsarni ko‘ring, alla,


Suvga qarab qayriladir, alla.



Bevafo yorni ko‘ring, alla.
O‘lmay turib ayriladir, alla…
Alla – umuminsoniy qo‘shiqdir. U turli tillarda aytilishi mumkin, ammo uning zamirida bir narsa onaning farzandiga cheksiz mehru muhabbati yotadi…
Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla
Shirin allam tinglab asta,
Uxlab qolgin, alla
Yuzlaringa tomgan suvga
Hayron bo‘lma, alla-ya
Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla
Istiqboling porloq sening,
Jajjiginam, alla-ya
Baxtimga sen katta bo‘lgin,
Xazon bo‘lma, alla
Sevganimdan yodgorimsan,
Oltin qo‘zim, alla-yo
Men sho‘rlikday to‘kilmagin,
Ko‘rar ko‘zim, alla
Alla, alla, alla-yo
* * *
Bolaginam bolasi, alla,
Qantak o‘rik donasi, alla.
Qantdan ham shirin ekan, alla,
Bolaginamning bolasi, alla.
Bog‘da uzumning g‘o‘rasi, alla,
Tog‘da kiyikning bolasi, alla.
Do‘ppisida ukkipari, alla,
Bu kimning nevarasi, alla.
Asaka yo‘li to‘p chinor, alla.
Bolalar otini qamchilar, alla.
«Buvi» degan tilingdan, alla,
Obinovvot tomchilar, alla.
Alla, alla ahdi bor, alla,
Yotadigan taxti bor, alla.
Otasi boru, onasi bor, alla,
Shu bolamning baxti bor, alla.
Oymoma yuzing, alla,
Yulduzlar ko‘zing, alla.
Ota-onang gul bo‘lsa, alla,
G‘unchasi o‘zing, alla.
Tog‘dagi gulim, alla,
Uydagi bulbulim, alla.
Onasi yaprog‘im, alla,
Bolasi yumshog‘im, alla.
Olmalardan beshigi, alla
Olib qo‘ysin otasi, alla.
Behilardan beshigi, alla.
Belab qo‘ysin buvisi, alla.
Allalari yodimda, alla.
Belanchagi yonimda, alla,
Momosi alla aytar, alla,
Nevarasin otindan, alla.
* * *
O‘rgilayin o‘zingdan, alla,
Shamchiroqdek ko‘zingdan, alla.
Obinovvot tomchilar, alla,
«Buvi» degan so‘zingdan, alla.
Aylanayin qarog‘im, alla,
Uyda yongan chirog‘im, alla.
Do‘stim ko‘rsa, yarashib, alla,
Dushmanimga yarog‘im, alla.
Qalam-qalam qoshingdan, alla,
Qalandarlar aylansin, alla.
Xumor-xumor ko‘zingdan, alla,
Xumoralar aylansin, alla.
Chimchilab qo‘ygan burningdan, alla,
Chimqo‘rg‘onliklar aylansin, alla.
Angishvonadek og‘zingdan, alla,
Arovonliklar aylansin, alla.
Qo‘lvog‘ingning qatidan, alla,
Qo‘ng‘irot ellari aylansin, alla.
To‘shagingning taxidan, alla,
Turkman ellari aylansin, alla.
Beshigingning bandidan, alla,
Bog‘dod ellari aylansin, alla.
O‘rik yorochdan beshiging, alla,
O‘rgilab ketsin onang, alla.
Tut yogochdan beshiging, alla,
Termulib o‘tsin onang, alla.
Jiydalardan beshigi, alla,
Jirkanmasin opasi, alla.
O‘riklardan beshigi, alla,
O‘ynatadi akasi, alla.
Babalaki bo‘ppisi bor, alla,
Boshchasida do‘ppisi bor, alla.
Kayvoni buvisi bor, alla,
Sarkori buvasi bor, alla.
* * *
Oyni olib beraymi, alla,
Kunni olib beraymi, alla,
Belanchaging boshiga, alla,
Sara gullar teraymi, alla?
Alla, deyin, o‘payin, alla,
Qiyosingni topayin, alla.
Tiling chiqib «non» desang, alla,
Kunda kulcha yopayin, alla.
Oltin beshik oldiray, alla,
Kumush beshik oldiray, alla.
Bolaginam tagiga, alla,
Baxmal to‘shak soldiray, alla.
Onamanu onaman, alla,
Bolam uchun yonaman, alla.
Bolam tinchlikda o‘ssa, alla.
Orzularga qonaman, alla.
Qizil gul novdasidan, alla.
Kamar qilay belingga, alla.
Sochlarim tolasidan, alla,
Bog‘ich qilay to‘ningga, alla.
U yonimga qo‘yayin, alla,
Bu yonimga qo‘yayin, alla.
Guldek shirin isingni, alla,
Hidlab-hidlab to‘yayin, alla.
Alla aytsam yayraysan, alla,
Kulib-kulib qaraysan, alla.
Polvon qilib o‘stirsam, alla,
Bir kunimga yaraysan, alla.
Jonimning uchi, bolam, alla,
Mehrimning kuchi bolam, alla.
* * *
Alla, alla, oppog‘im, alla,
Gul ichida yaprog‘im, alla.
Kizil gulning butog‘i, alla,
Onang shuning adog‘i, alla.
O‘zing gulzor bog‘imsan, alla,
Suyanishga tog‘imsan, alla.
Qorong‘u kechalarda, alla,
Yondirgan chirog‘imsan, alla.
Sutdan oppoq, guldan islim, alla,
Bu dunyoda yo‘qdir misling, alla.
O‘g‘illarimning sultoni, alla,
Senga tasadduq. shu jonim, alla.
Orzularim oltin toji, alla,
Mening jonim – shuning boji, alla.
Alla, bolam – bozorim, alla,
Diqqat bo‘lsam, yozarim, alla.
Uxla, ko‘zi xumorim, alla,
Orom ol, beozorim, alla.
Oq shohidan ro‘molim, alla,
Oq yuzingni artayin, alla.
Cho‘lpon ko‘zingni yum qo‘zim, alla,
Senga alla aytayin, alla.
Bog‘imdagi gul-g‘uncham, alla,
Uxlab olsin to‘yguncha, alla,
Ko‘k guli yulduzgina, alla,
Oy yorug‘ yolg‘izgina, alla.
Oy – yuzi, yulduz – ko‘zi, alla,
Muncha shirin bu qizgina, alla.
Alla, alla oppog‘im, alla,
Gul ichida yaprog‘im, alla.
Yaproqlari so‘lmagay, alla,
Paymonasi to‘lmagay, alla.

Ma’lumki, alla kuylari o‘zbek xalq ijodida uziga hos o‘rin egallaydi.

Esimda, kichkinaligimda hovlimizda bittagina tulqinga moslashgan radio bo‘lardi. Chiroq o‘chsa ham ishlayverardi. Kech soat to‘qqizlarda Habiba Oxunovaning allasi yangrar edi. Chiroq uchganda ko‘zimni yumib eshitganimda, yanada sehrli tuyulardi. Bugun qidirib topib, kun bo‘yi eshitibman. Farzandli bo‘lgandan so‘ng, bolalikdagi allarni tinglash yanada maroqli bo‘lar ekan.

Alla aytay, jonim bolam, quloq solgin, alla


Shirin allam tinglab asta, uxlab qolgin, alla
Ko‘zlaringa tomgan suvga hayron bo‘lma, alla-ya
Baxtimga sen katta bo‘lgin, hazon bo‘lma, alla

Istiqboling porloq seni, jajjiginam, alla-ya


Baxtimga sen katta bo‘lgin, hazon bo‘lma, alla

Sevganimdan yodgorimsan, oltin qo‘zim, alla-yo


Men sho‘rlikday to‘kilmagin, ko‘rar ko‘zim, alla

Alla, alla, alla-yo

Matn hatoliklari uchun oldindan uzr. Qo‘shiqni tinglab, birrovi matnini yozishga harakat qildim.

Bu mavzuda yodimizda qolgan allalar bilan bo‘lishsak degandim.


Misol uchun, yana bir allani hech topolmayapman. Matni "Alla, bolam, allalarga muxtoj bolam" midi... Esimda yo‘q. Litseyda o‘qiganimizda sinfdoshim biram chiroyli kuylardi shu allani. Hozirgacha qulog‘imda. Afsuski, internetda topolmadim. Sinfdoshimdan ham so‘rab olish imkoni yo‘q...

ALLA HAQIDA


Alla – go‘dak (bola)ni uxlatishda yakka usulda, mayin ohang va past ovoz bilan
aytiladigan qo‘shiq. Dunyodagi har bir xalqning o‘z allasi bor. Turkiy xalqlar,
xususan o‘zbeklar ham qadim-qadimdan bolaning nafaqat tanasi, balki ruhiy olami –
ma’naviyati ham sog‘lom bo‘lishiga alohida e’tibor qaratishgan. Ajdodlar bola
ko‘nglining sog‘lom va toza bo‘lib shakllanishida beshikdalik paytida eshitgan allasi
muhim o‘rin tutishini juda yaxshi bilishgan. O‘zbek onalari tilidan aytilgan
allalarda uning orzusi, to‘kis odam haqidagi ideali aks etgan deyish mumkin. O‘zbek
allasida ona qalbining harorati, tilaklarining samimiyati va bolasiga chin insoniy
sifatlar yor bo‘lishini istashidagi haqqoniyat mavjud.
Alla matnini chaqaloq (bola) tushunmasligi mumkin, lekin alla mohiyatiga
singdirilgan ona muhabbatini, undagi shukronalik tuyg‘usini ko‘ngli bilan his
qiladi. Allada onaning mehr-muhabbati bilan birga uning quvonchi, g‘ururi, ayni
chog‘da dardi, alami, o‘kinchi, orzu-armonlari ham o‘z ifodasini topishi mumkin.
Ma’lumki, har qanday ona oilasini farzandi uchun asraydi-ardoqlaydi. Ona
qalbidagi shukronalik hissi bilan unga berilgan eng oliy ne’mat – farzandi uchun
Xudodan jmiki yaxshi sifatlarni so‘raydi va buni allasida mujassamlashtiradi.
1-daraja. Matn mazmuni yuzasidan savol va
topshiriqlar
1. Aytingchi, alla qanday qo‘shiq va u kim uchun aytiladi? Savollarga matnga
tayanib javob bering.
2. Onalar qachondan boshlab alla aytishgan?
3. Ona allasida nimalar ifodalanganini anglay oldingizmi?
4. Nima deb o‘ylaysiz, bolalar onasining allasini tushunishadimi?
5. Ona farzandi uchun Xudodan nimalarni so‘rashi mumkin deb o‘ylaysiz?

2-daraja. Matndagi milliy ruhni anglash uchun


savol va topshiriqlar
1. O‘zbek allalariga singdirilgan hislarni ajrating va ularni o‘z so‘zingiz
bilan ifodalashga urinib ko‘ring.
2. O‘zbeklar nazarda tutgan “Ko‘ngilning sog‘lom va toza bo‘lishi”ni siz qanday
tushundingiz va bunda allaning ahamiyati nimadan iborat bo‘lishi mumkin?
3. O‘zbek onalar o‘z allasi mohiyatiga singdirgan shukronalik hissi haqida o‘ylab
ko‘ring. Bu, sizningcha, nimadan dalolat beradi?
4. O‘zbek onalari allasiga singdirilgan “to‘kis odam” tushunchasi haqida o‘ylab
ko‘ring. Unga o‘z munosabatingizni bildiring.

3-daraja. Fikrlash va munosabat bildirish uchun


savol-topshiriqlar
1. Nima deb o‘ylaysiz, nega allani faqat onalar aytadilar? Otalar ham alla
aytishi mumkinmi? Fikringizni asoslang.
2. O‘zbek allasiga xos bo‘lgan xususiyatlar bilan sizlarning onalaringiz aytgan
allalarning umumiy tomonlari bormi? Bor bo‘lsa ular nimalarda ko‘rinadi?
3. Chaqaloqning alla matnini tushunmagani holda uni his qilishini qanday
tasavvur qilasiz? Buni nimalarda ko‘rish mumkin deb o‘ylaysiz?
4. Chin insoniy sifatlar haqida o‘ylab ko‘ring. Ular, sizning nazaringizda
qaysilar?



Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling