Angren shahrining geografiyasiAngren


Download 72.05 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi72.05 Kb.
#1351661

Angren shahrining geografiyasiAngren (forscha Ohangaron, „temirchilar“ atamasining ruscha buzilgan shakli) — Toshkent viloyatidagi shahar (1941—1946-yillarda shaharcha). Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qoʻyxona qishloqlari oʻrnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi boʻyida. Toshkentdan 120 km janubi-sharqda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining togʻli qismida. Angrenni shimoli-gʻarbdan Chatqol tizmasi, janubiy-sharqdan Qurama togʻ tizmalari oʻrab turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°, qishi ancha sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 2°. Bahorda jala yogʻib, qattiq shamollar boʻlib turadi. Shamolning tezligi 3 — 6 m/sek, baʼzan 15 m/sek ga yetadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ohangaron vodiysida oʻrta asrlarda aholi ancha zich yashagan va temirchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 1934-yildan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940-yil Angrenda dastlabki koʻmir shaxtasi barpo qilinib, 1942-yil ishga tushirildi. Angren qurilishida ayrim xatolarga yoʻl qoʻyildi: chunonchi shaharning asosiy qismi kumir qatlamlari ustiga qurilib qolgan boʻlib, keyinchalik shaharni boshqa joyga koʻchirishga toʻgʻri keldi. 1956-yil martida yangi loyiha tasdiqlanib, yangi shahar eskisi oʻrnidan 7 — 8 km janubi-gʻarbda, Dukantsoy bilan Qorabovsoy va Toshkent — Qoʻqon yoʻli yoqasida koʻmirdan xoli boʻlgan joyda qad koʻtardi. Angren Oʻrta Osiyoda katta ahamiyatga ega boʻlgan koʻmir va energetika sanoati markazi. Urush yillarida Oʻzbekistonning koʻpgina sanoat korxonalari Angren koʻmiri bilan taʼminlanib turdi. Angrenda oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ham bor. Angrenning eng yirik sanoat kor-xonasi „Oʻzbekkoʻmir“ kombinatidir. Angrenda chiqariladigan koʻmirning 2/3 qismidan koʻprogʻi ochiq usulda qazib olinadi. Angrenda koʻmirning bir qismi „Yerostigaz“ stansiyasida yer qaʼrida gazga aylantirilib Angren GRES va Yangi Angren GRESlarini gaz bilan taʼminlab turadi. Kon uskunalarini tuzatish, sement, temir-beton bu-yumlari va yigʻma temir-beton, tajriba-mexanika, avtomobil taʼmirlash, „Angren rangli metallar“, non, sut zavodlari, „Sanoatkartonsavdo“ hissadorlik jamiyati, „Angrenkulol“ hissadorlik jamiyati, „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish birlashmasi, oltin boyitish fabrikasi, „Ka-olin“ (kaolin boyitish fabrikasi) O ʻzbek-Germaniya qoʻshma korxonasi, 2 yirik avtokorxona, Obliq, noruda materiallar kareri, uysozlik kombinati ishlab turibdi. 1941-yil Toshkent bilan Angren oʻrtasida 114 km li temir yoʻl oʻtkazildi. Toshkent — Angren — Qoʻqon — Namangan — Andijon — Oʻsh avtomobil yoʻli oʻtadi. Angrenda texnika kolleji, texnika, ped., tibbiyot bilim yurtlari, yosh texniklar stansiyasi, 3 musiqa maktabi, sport makta-bi, 5 poliklinika, 6 dispanser, 5 kasal-xona, 3 profilaktoriy, 14 do-rixona, 1 mehmonxona, 35 kutubxona, 4 klub-kinoteatr, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi bor. 1996-yil 3000 kishilik masjid qurildi. Navoiy nomidagi madaniyat saroyi, shahar sport kompleksi, yopiq suzish havzasi, bokschilar saroyi, shaxmat klubi ishlab turibdi. „Angren haqiqati“, „Angrenskaya pravda“ gazetalari nashr qilinadi. Ангрен шаҳрининг номи тўғрисида турлича ёндашувлар мавжуд. Шулардан бири юқорида зикр қилинган "Оҳангарон" сўзининг русча бузиб талаффуз қилиниши оқибатида "Ангрен" сўзи пайдо бўлган. Лекин бу қараш ҳақиқатдан йироқ бўлиб, нима учун ҳозирги "Оҳангарон" сўзи бундай ҳодисага учрамаган, деган ҳақли саволни юзага келтиради. Ҳозирги кунда 1 та шаҳар, 1 та туман, 1 та дарё ҳамда Ангрен шаҳрида 1 та кўча Тошкент шаҳар Яшнобод туманида 1 та кўча "Оҳангарон" номи билан аталиб келинмоқда. Нима учун бу номлар русча бузиб талаффуз қилиш натижасида "Ангрен"га ўзгариб қолмаган?!. Филология фанлари доктори, профессор Исомиддин Ёрматовнинг тадқиқотларига кўра, шаҳар номи шу ҳудуддан оқиб ўтувчи дарё номидан олинган. Ангрен дарёси шовқин солиб, яъни "ҳанграб" оққанлиги учун "Ҳангран" деб аталган. Ёки каналдан катта дарёдан кичик сув ўзани "ҳангран" деб аталган. Кейинчалик "ҳ" товуши талаффуздан тушиб қолиб, "Ангрен" сўзи ҳосил бўлган. Профессор И.Ёрматовнинг фикрлари бир жиҳатдан тўғри бўлиб, иккинчи жиҳатдан ҳақиқатга тўғри келмайди. Яъни жой номлари (топонимлар), аксар ҳолларда, сув билан боғлиқ номлар (гидронимлар)дан олинган. Ўзбек тилида бундай ҳодисалар кўплаб учрайди (Қашқадарё, Амударё, Сирдарё, Сиёб, Норин ва ҳоказо). Лекин, айнан, Ангрен ёки Оҳангарон дарёсининг номи жой номидан (топонимдан) олинган. Қолаверса, "ҳангран" сўзидаги "ҳ" товушининг тушиб қолиши ерлик аҳоли диалектига хос эмас. Бу ҳудудда яшовчи ҳалқ "ҳ"ловчи, яъни ундош товуш билан бошланган сўзларнинг олдига "ҳ" товушини орттириб талаффуз қилувчи халқдир. Масалан: овуч-ҳовуч, овул-овлу-ҳовли ("ҳ" товушини тушириб талаффуз қилиш ўғуз лаҳжасига, аниқроғи, қрим-татар диалектига хос). Филология фанлари доктори, профессор Баҳром Бафоевнинг фикрича, Ангрен сўзи форс-тожикча АНГИШТ+КОН (кўмир+кон) сўзининг бузилган шаклидир. Тилимизда кон билан боғлик топонимлар кўплаб учрайди: Намак+кон=Наманган, Шоҳ+пур+кон=Шофиркон. ("Ангрен" сўзининг этимологияси билан боғлиқ қисм Тоҳир Ваккасов томонидан киритилди)
Download 72.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling