Angren koʻmir koni
Download 23.08 Kb.
|
Toshko'mirni kokslash bo'yicha topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shargʻun koʻmir koni
Angren koʻmir koni – Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qoʻngʻir kumir koni. Qurama va Chatqol toglari etagida. Geologik kon qidiruv ishlari 1934-yil.dan boshlangan. Dastlabki shaxta 1940-yilda ishga tushirilgan. Koʻmirli havzaning maydoni qariyb 70 km². Aniqlangan zaxirasi 860 m chuqurlikkacha 1,9 mlrd. t (Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir zaxirasining qariyb 1/4 qismi). Koʻmir yura yotqiziqlari orasida joylashgan, qatlami juda serbar, qalinligi yer yuzasida 20 m dan 130 m gacha chuqurlikda. Koʻmir B2 markasiga mansub. Yonish issiqligi 13,9 mJ/kg. Koʻmir asosan ochiq usulda (2,5 mln. t), qisman yer ostidan (0,5 mln. t) qazib olinadi. Bundan tashqari “Yerostigaz” stansiyasida kumir gazga aylantirilib, yiliga 50 mln. m3 gaz ishlab chiqariladi. Koʻmir bilan birga kaolin ham qazib olinadi. Qatlamlar orasida portlandsement, flyus, burt hamda kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻladigan jinslar koʻp. Shargʻun koʻmir koni - Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor togʻ tizmasining janubiy - gʻarbiy tarmogʻida joylashgan. 1941-yilda ochilgan. Shargʻun koʻmir koni quyi va oʻrta yura davriga mansub koʻmirli yotqiziqlar ichida topilgan. Qora Machitli antiklinalining janubiy qanotida. Bu strukturaning oʻzak qismi tokembriy gneys va slanetslari hamda quyi paleozoy qumtoshli slanetslaridan tarkib topgan. Ular ordovik, silur, devon va karbon davrlariga oid terrigen va karbonatli yotqiziqlar bilan qoplangan. Quyi hamda oʻrta yura yotqiziqlari koʻmirga boy. Koʻmir yotqiziqlarining umumiy qalinligi 26 m. Koʻmir qatlami (ba’zi bir joylari uzlukli) Guliob soyidan Obizarang soyigacha - gʻarbdan sharqqa 10 km ga choʻzilgan. Shargʻun koʻmir koni eng yirik qatlamining qalinligi 12,5 m; qatlamlarning oʻrtacha qalinligi 4,6 m. Koʻmir qatlamining pastki qismi yupqa argillit va alevrolit togʻ jinslaridan tarkib topgan. Foydali qatlamlar tarkibida 5% gacha neft bitumlari boʻlgan turli xil petrografik tipdagi koʻmirdan iborat. Shargʻun koʻmir konida koʻmir qatlamining yotish burchagi boʻylab tektonik harakatlar sodir boʻlishi natijasida koʻp miqdorda maydalangan koʻmir uchraydi. Shargʻun koʻmirining yonish quvvati 5690-7302 kkal/kg; oʻz-oʻzidan yonmaydi, hajmi 1,35 t/m3, qattiqlik jihatidan 2 sinfga mansub. Kulining oʻrtacha miqdori 16,95% (5,3% dan 23,2% gacha). Oltingugurti kam (oʻrtacha 0,02%)ni tashkil etadi. Shargʻun koʻmiri - toshkoʻmir boʻlsa ham maydaroq va yumshoqroq, yengil tozalanadi, fkada briketlanib iste’molchilarga yuboriladi. Shargʻun koʻmir konining zaxirasi 36 mln. t. Yiliga 50 ming t koʻmir qazib olinadi. Shargʻun koʻmiri karbid olish uchun xom ashyo hisoblanadi. Download 23.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling