Angren koʻmir koni
Download 23.08 Kb.
|
Toshko'mirni kokslash bo'yicha topshiriq
Toshko‘mirni kokslash. Qattiq yoqilg‘ini yuqori haroratda qayta ishlash asosan uch yo‘nalishda: pirolizlash, gazlashtirish va gidrogenlash orqali amalga oshiriladi.
Pirolizlash usuli - qattiq yoqilg‘ini yopiq reaktorlarda havosiz muhitda qizdirishga asoslangan. Bunday sharoitda yirik molekulalar parchalanadi va hosil bo‘lgan mahsulotlar ikqilamchi o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan, ularning polimerlanishi, kondensasiya, aromatlanish va alkillanish reaksiyalariga kirishishi va boshqalar. Bu jarayonlar endotermik bo‘lganligi uchun issiqlikni uzluksiz tashqaridan berib turiladi. Olinadigan mahsulotlarni qanday maqsadda ishlatilishiga karab pirodiz xar xil haroratlarda: past haroratli piroliz (500-580 ) yoki yarim kokslash, yuqori haroratli piroliz (90-1050 ) yoki kokslash sharoitlarida olib boriladi. Gazlashtirish - deb qattiq yoqilg‘ining organik moddalarini gazlashtiruvchi moddalar (havo, suv bug‘i, kislorod yoki ularni aralashmasini 1000 haroratda) bilan chala oksidlash orqali gazlar aralashmasiga aylantirishga aytiladi. Bu jarayon gaz generatorida (reaktorida) ekzotermik reaksiya tufayli amalga oshadi. Reaktorga gazlashtiruvchi moddalar bilan yoqilg‘i aralashmasi purkaladi. Gidrogenlash - deb qattiq yoqilg‘ini 380-550 harorat va 20-70 MPa bosimda katalizator ishtirokida vodorod bilan ishlov berishga aytiladi. Bunday sharoitda ko‘mirning tarkibidagi organik moddalarning kuchsiz molekulalararo va ichkimolekulyar bog‘lari uzilib, to‘yinmagan molekulalariga vodorod birikadi. Bir yo‘la oltingugurt, kislorod va azot saklovchi birikmalari ham gidrogenlanib, H2S, H2O va NH3 hosil qiladi. Gidrogenlash mahsulotlari engil uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo‘lib, tarkibida kam miqdorda O2 va H2 saqlovchi engil neft mahsulotlariga tarkibi jihatdan juda o‘xshash bo‘ladi. Sifati past bo‘lgan toshko‘mirni gidrogenlash (yoqilg‘ini suyuqlantirish) sun’iy benzin va boshqa neft mahsulotlari olishning istiqbolli usulidir. Bu jarayon uchun juda yuqori bosim talab qilinishi bu usulning hozirgacha keng tarqalishiga to‘siq bo‘lib turibdi. Yarim kokslash. Yarim kokslashdan maqsad past sifatli ko‘mirdan (kokslashga yaramaydigin toshko‘mir) yoki slanesdan kimyoviy xom ashyo hamda suyuq va gazsimon sintetiq yoqilg‘ilar olishdir. Yarim kokslash mahsulotlari – smola, gazlar birlamchi mahsulotlar deyiladi, chunki ular qattiq yoqilg‘ini pirolizida, (pirolizning boshlang‘ich bosqichida) hosil bo‘ladi. Yarim kokslashning birlamchi mahsulotlari unumi va tarkibi dastlabki yoqilg‘ining tipiga bog‘liq bo‘ladi. Yarim koks – bu mo‘rt holdagi qattiq yoki kukunsimon material bo‘lib, u juda reaksion faol, hamda issiqlik beruvchi yoqilg‘i, kokslashda shixta tarkibiy qismi, gazlashtirish uchun dastlabki modda sifatida ishlatilishi mumkin. Yarim kokslash smolasi benzin, kerosin va shu kabi boshqa sun’iy motor yoqilg‘isining manbai hisoblanadi. Qaysikim, tabiiy neft mahsulotlari kabi smolani haydash yoki uni destruksiyalash orqali olinadi. Kokslashdan 250 dan ortiq mahsulotlar ajratib olinadi. Koks – qattiqyonilg‘ini qayta ishlashning eng maqsadli mahsuloti hisoblanadi. Koksning asosiy iste’molchilari bu qora va rangli metallurgiyadir (umumiy koks miqdorining 85%ga yaqinini iste’mol qiladi). Undan tashqari kimyo sanoatida, issiqlik olish manbai sifatida, reaksiya jarayonlarida qaytaruvchi sifatida, shixta tarkibida massani gaz o‘tkazish xossasini olish maqsadida keng qo‘llaniladi. Koks, bu g‘ovak modda bo‘lib, 96,5-97,5% ugleroddan iborat, mexanik mustahkam yuqori energiyaga ega (32000 kj/kg). Kokslash smolasi - bu koks gazlari sovutilganda kondensatlanadigan yopishqoq, qora rangli suyuqlik. Uning tarkibida 10000 ga yaqin alohida kimyoviy modda ushlaydi. Shundan 300 dan ortiqrog‘ini ajratib olishga muvaffaq bo‘lingan. Ammo u moddalarning ko‘pchiligi smolani 1%dan kamrog‘ini tashkil etadi. Smolani qayta ishlab olinadigan eng muhim birikmalarga, kondensirlangan xalkali aromatik birikmalari: naftalin va uning hosilalari, fenantren, antrasen, karbazol. Undan tashqari fenol, piridin, uning gomologlari, krezollar, engil aromatik uglevorodlar va boshqalar kiradi. Download 23.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling