Xom benzol - bu to‘g‘ri koks gazlaridan toshko‘mir moyiga yuttirib ajratib olingan engil aromatik, to‘yinmagan va boshqa uglevodorodlar aralashmasidir. Xom benzoldagi moddalar rektifikasiyalash va tozalash yo‘li bilan toza va texnik aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, ksilollar, kumaron, solventlar (benzol hosilalarining aralashmasi) va boshqalar ajratib olinadi.
Kokslash - bu qattiq va bug‘-gaz fazalar ishtirokidagi boruvchi ko‘p bosqichli geterogen jarayondir. Ko‘mir shixtasi yopiq reaktorda (kokslash pech kameralarida) qizdirilganda kokslash jarayoni qurish (100 gacha), plastik holat (400-500 ), yarim kokslash (500-650 ) va koks hosil bo‘lish (650-1100 ) kabi bir necha bosqichlar boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |