Angren universiteti boshlang’ch ta’lim 122-guruh “ amaliy o’zbek tili davlat tilida ish yuritish


Download 52.57 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi52.57 Kb.
#1571888
1   2   3   4
Bog'liq
Muattar

Mavzu: Kasbiy muloqot odobi
BAJARDI: __________________________________


TEKSHIRDI: ________________________________






Mavzu: Kasbiy muloqot odobi

Reja:

  1. Nutq odobi nima?

  2. Og‘zaki nutq:

  3. Yozma nutq:

  4. Gramatika me’yor tusunchasi.

  5. O'zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:

Nutq odobi nima?
Nutq - tildagi ifoda vositalardan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir.
Nutq, nutq odobi insonning ma’naviyatini - ma’rifatini belgilovchi asosiy mezondir. Demak kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos holda adabiy me’yordagi ifodalar bilan yetkazishdir. Xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni mukammal bilishi kerak. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchidir. Buni o‘qituvchi har doim his qilib turishi kerak.
Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashishning ahamiyati boshlanadi. Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: “Bitta salom bilan beshta narsaga - o‘zini yengil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko'rishga erishiladi”. Ha, salomda gap ko‘p, salomlashish, salom berishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururini yerga urish emas, balki odoblilik va xushmuomalalik alomatidir.
Yetuk kishiga yana xos fazilatlardan biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan “xayr”, “sog‘ bo‘ling”, “xayr, ko‘rishguncha”, “xayr, omonlikda ko‘rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O‘qituvchi xonadan chiqayotganda “xayr, “sog‘ bo‘linglar”, ^“xayr, yaxshi qolinglar” kabi iboralarni ishlatsa o‘rinli bo‘ladi.


Og‘zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati haqida gapirib berish.


Yozma nutq:
“Mutaxassisning nutq madaniyati” mavzusida matn tuzish. Ish jarayonidagi muomala madaniyati haqida kasbiy o‘yin senariysini tuzish va uni insenirovka qilish.



Download 52.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling