Angren universiteti boshlang’ch ta’lim 122-guruh “ amaliy o’zbek tili davlat tilida ish yuritish


Download 52.57 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi52.57 Kb.
#1571888
1   2   3   4
Bog'liq
Muattar

Gramatika me’yor tusunchasi.
Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan. Me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas.
Qo'llangan til birligi to'gri yoki noto'g’ri deyilganda, albatta ma'lum bir o'lchov (mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o'lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi. Ma'lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o'sha hududda yashovchi aholi uchun istisnosiz tushunarli bo'ladi, ya'ni aloqani yengil amalga oshuviga imkon beradi. Bu tilning o'zi me'yordan iboratligini ko'rsatadi. Me’yor - tilning yashash shaklidir. Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o'z qonun- qoidalarini mustahkamlab boradi.


O'zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Leksik-semantik me’yor

  2. Talaffuz - (orfoepik) me’yori

  3. Yozuv (grafika) me’yori

  4. Fonetik me’yor

  5. Aktsentologik (urg’uni to’g’ri qo’yish) me’yor

  6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor

  7. So’z yasash me’yorlari

  8. Imloviy (orfografik) me’yor

  9. Uslubiy me’yor

  10. Punktuatsion me’yor

Download 52.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling