Angren universiteti fan: Falsafa
Download 482 Kb.
|
Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo\'nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nemis klassik falsafasi.
Eten Bonno de Kondilyak (1714-1780) ishlab chiqqan bilish nazariyasi falsafa tarixida ayniqsa muhim rol o‘ynadi. U o‘zining «Inson bilimlarining kelib chiqishi haqida tajriba», «Sezgilar haqida risola», «Tizimlar haqida risola», «Hayvonlar haqida risola» deb nomlangan asarlarida Lokkni sensualizm va empirizm tamoyilini amalga tatbiq etishda noizchillikda ayblab, bilishning sensualistik nazariyasini asoslashga harakat qiladi. Kondilyak fikriga ko‘ra, inson dunyoga kelganda, u nafaqat hyech narsani bilmaydi, balki sezish qobiliyatiga ham ega bo‘lmaydi. Bularning barchasini u tajriba orqali o‘zlashtiradi. Kondilyak sezgi azaldan biron-bir mazmunga ega emas, lekin u lazzatlanish va azob-uqubatni aks ettirishga qodir, shu bois, u yoqimli va ko‘ngilsiz bo‘ladi va xotirada saqlanib qoladi, deb hisoblaydi.
Hissiyotdan mavxum fikrlashga o‘tish, Kondilyak fikriga ko‘ra, uzluksiz jarayon sifatida yuz beradi: mayl, xotira izidan taqqoslash va mulohaza yuritish keladi. Kondilyak g‘oyalarga borliqqa bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudlik xossasini yuklashga bo‘lgan har qanday urinishlarga qarshi chiqadi. Borliqni u g‘oyalardan qat'iy nazar mavjud bo‘lgan hodisalar sifatida tasavvur qiladi. Nemis klassik falsafasi. Nemis klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, I.Fixte, F.Shelling, Georg Gegel va Lyudvig Feyerbax kabilardir. Falsafiy tafakkur rivojlanishining bu bosqichi davrning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Bu kuchli ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyat ongida olamshumul o‘zgarishlar yuz bergan davr edi. Kuchli inqilobiy harakatlardan so‘ng ularning sur'ati pasayib imkoniyatlariga ishonchsizlik kuchaygan. Ijtimoiy ongda konservativ tendensiyalar ustunlik qila boshladi. Angliya va Fransiyada monarxiya va Cherkovning oldingi mavqyei tiklandi. Germaniyada pruss monarxiyasining roli oshdi. Tarixdagi bu ziddiyatli voqyealar nemis falsafasining asosiy xususiyatlarini belgilab berdi. Nemis falsafasi F.Bekon va R.Dekart boshlagan inson aqli imkoniyatlarini o‘rganishning umumiy yo‘nalishini davom ettirdi. Biroq u o‘z vazifasini nafaqat inson aqlini madh etish, balki uning chegaralarini belgilash, e'tiqod va aql, din va fanni murosaga keltirish yo‘llarini ham izlashda ko‘rdi. Bu nemis falsafasi bajarishi lozim bo‘lgan ijtimoiy buyurtma edi. Davrning olamshumul voqyealari ijtimoiy taraqqiyot nafaqat aql va fan yutuqlari, balki axloq, ma'naviyat sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan ham o‘lchanishini namoyish etdi. Inqilob va u bilan bog‘liq urushlar davrida yuz bergan ma'naviy inqiroz nemis falsafasida nafaqat bilish imkoniyatlariga, balki inson ma'naviy dunyosining barcha tomonlari, uning bilish, diniy, axloqiy va estetik qobiliyatlarining o‘zaro aloqasi muammosiga ham e'tiborni qaratishni talab qildi. Umuman olganda, nemis faylasuflari haqiqat, e'tiqod, yaxshilik va go‘zallik ajralmasdir, degan fikrni teran asoslashga harakat qildilar. Download 482 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling