Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana24.08.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1669795
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.docx1

Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi 
Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning 
eng oliysi. Uboshqa jonzodlardan o’zining aql idroki bilan ajralib turadi. U xayot 


20 
kechirish uchun turliehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay 
olmaydi.Insonlarning yashashi,har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan 
barcha ne’matlarularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o’z extiyojlarini 
qondirish yo’lini qidiradi. Extiyojlarni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun 
kurash uni faollikka undaydi.Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, ovqat 
eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi, boshkalar bidan muloqotda bo’ladi, 
do’stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va 
boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
Har bir inson uchun o’zining qadr - qimmat o’lchovi mavjud Bir inson 
tomonidan qadrlangan,hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa ikkinchi bir kishi 
uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko’ra 
ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur 
bo’lganlarini ham sanab o’tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi extiyojlar 
eng zarurligini o’zi belgilaydi. XX asr ko’pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI 
asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman 
manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global 
kompyuter tarmog’i internet kabilardan olamiz.Shu bilan birga «an’anaviy» 
axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-
urug’, do’st-birodarlar, qo’ni-qo’shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va 
hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o’ragan olam 
tabiatni kuzatib yangi-yangi ma’lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot 
qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni 
shakllantiradi. 
Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg’ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki 
bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o’ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz - 
barcha-barchasining 
asosida 
his-tuyg’ularimiz, 
nerv tomirlarimiz orqali 
organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni 
vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o’zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor 
harakatga solishi yoki natijasini ko’z o’ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan 
holdagi hatti-harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi 


21 
ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Ilgari 
bunday tovarlar bo’lmagani uchun ehtiyojlar ham bo’lmagan. 
Masalan: kompyuter, qo’l telefon va boshqalar. Avvaldan mavjud bo’lgan, 
lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi axborot olishi 
tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an’anaviy oziq-ovqat 
mahsulotlari sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa 
xususiyatlari to’g’risidagi yangi ma’lumotlar. Kishining hayotida yangi vaziyat, 
yangi muammolarni paydo bo’lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi. 
Masalan: oilada farzand tug’ilishi natijasida chaqalok uchun zarur buyumlarga, 
kasal bo’lganda doriga, kasbini o’zgartirganda ish qurollariga va boshqalar. Xullas 
inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda 
ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o’zgarib boradi. Shunday qilib har bir kishi 
avval axborotga ega bo’ladi so’ngra shu axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi.
Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo’lib, ularga turli jihatdan yondashish 
mumkin. Ko’pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko’ra ehtiyojlarni turli 
guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis 
iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal 
va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa 
bo’ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda 
qondiriladigan ehtiyojlarga bo’ladi.
Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi 
kechiktirsa bo’ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo’linadi. Birlamchi 
ehtiyojlarga insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa 
shunga o’xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, 
intellectual faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar 
tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. 
Ular har-bir inson uchun individual bo’lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy 
birlamchi bo’lsa, boshqasi uchun bunday bo’lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-
kechakdan ko’ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi 
uchun ma’naviy ehtiyoj hasham bo’lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj bo’lish 


22 
mumkin, yoki ma’lum vaqt o’tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin. Inson 
ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish 
mumkin: 
1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga6 ko’ra: individual, guruhiy, umumjamiyat 
ehtiyojlariga bo’linadi. 
a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik 
ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga 
bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi. 
b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan 
guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, 
faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. 
v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari 
miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga 
birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan 
jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga 
tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish 
mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar 
ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab 
ehtiyojlar ham farqlanadi. 
2. Ehtiyojlar ob’ektiga7 ko’ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy 
ehtiyojlarga bo’linadi. 
3. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. 
Ular tabiiy ehtiyojdir.
4. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir.
5. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator 
ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishi 
6 Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini 
anglatadi. O’zbek tilining izohli 
lug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni 
bilishga, o’zgartirishga qodir, faollik 


23 
bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh. 
7. Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini 
shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir. 
Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan: oziq-ovqatga ehtiyoj, 
aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega. 
Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka va 
boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi. 
Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo’lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum 
bosqichida, tsivilizatsiya paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan 
sari sotsial-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari 
yuksala 
boradi. 
Sotsial-ma’naviy 
ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan 
foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O’qituvchi, vrach, san’at 
arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma’naviy, estetik, 
jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol 
topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas. 
4. 
Faoliyat yuritish sferasi jihatidan: mehnat qilish, muloqatda bo’lish, 
dam olish, ish qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritishga ehtiyojlarni o’z 
ichiga oladi. Mehnat ehtiyoji insoning o’zida mujassamlashgan. Mehnatsiz 
inson yashay olmaydi., chunki mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo’lmaydi, 
mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat 
qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini 
topish, o’z qobiliyatini ishga solib, obro’-e’tibor qozonishga harakat qiladi. 
Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi. 
Shuning uchun ham hayotimizda «Yolg’izlik xudoga xos» degan naql bor. Inson 
mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko’ngil 
ochar tadbirlarda qatnashishi zarur. 
4.Ehtiyojlarni qondirilishi jihatidan qarasak, ular yakka va birgalikda 
qondiriladigan ehtiyojlarga bo’linadi. Har bir inson o’zining ehtiyojlarini bir 
qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. 
Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o’lcham bilan yondoshib 


24 
bo’lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko’pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan 
ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial- ma’naviy ehtijlar ko’prok birgalikda 
qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo’lgan ehtiyoj yakka 
tartibda, bilim olishga bo’lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi. 
5. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy 
ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’lish mumkin. Boshqacha aytganda 
iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga ehtiej. Birinchisi insonning bevosita 
ehtiyojlari bo’lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga 
qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita ehtiyojlar bo’dib, 
uning yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarur bo’lgan turli ne’matlar 
ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday 
guruhlarga bo’linmasin, qay jihatdan yondashilmasin, ular bir-biri bilan bog’lik, 
biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida 
shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator 
omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
1.Aholi soni, yoshi, jinsi. 
2.Tabiiy-geografik sharoiti. 
3.Tarixiy milliy an’analar va odatlar. 
4.Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti. 
5.Madaniy jihatdan erishilgan daraja. 
Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining 
ehtiyoji shakllanishiga ta’sir etadigan omillar ham mavjud. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling