30
chiqarish jarayonining mahsuli bo‘lib, shu ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok
etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda o‘zi qancha
qancha qiymatga ega bo‘lsa shu miqdorda aniq mehnat
bilan ishlab chiqarilgan
tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, naflilikni yaratishda kapital to‘liq
qatnashadi,
qiymatni tashkil topishida esa qisman-qisman, ya’ni uni eskirgan qismi qatnashadi.
Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega
emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida
qatnashadi, lekin
qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi.
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer,
kapital,
ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa mehnatning o‘zi
qatnashadi. Bu holat 4-chizmada tushunarliroq tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: