B o z o r g a o ` t I s h s h a r o I t I d a n a r X l a r n I n g


Download 423.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi423.53 Kb.
#1132646
  1   2
Bog'liq
10 maruza



B o z o r g a o ` t i s h
s h a r o i t i d a n a r x l a r n i n g
s h a k l l a n i s h i
R e j a
1 Narx nazariyasi va narx turlari 
2 Narx belgilashning nazariy asoslari va narxlashtirish. 
3 Narx belgilash strategiyasi va maqsadi 
Mavzuning maqsadi: Talabalarda maxsulot narxining tuzilishi, narx siyosati, 
- xom ashyo, ish haqi, transport, reklama kabilarga bo’lgan sarflar kabilarni asosiy 
tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar orqali bilim va 
ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 
10.1 Narx nazariyasi va narx turlari 
Narx —
bozor mexanizmining 
muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o‘zining 
vazifalari orqali barqaror
 iqtisodiyotning 
shakllanishi hamda samarali amal qilishiga,
 
bozor 
muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning
 iqtisodiyot
 turli tarmoq va 
sohalari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy 
jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni 
rag‘batlantirib, sog‘lom
 raqobat 
muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli, bozor iqtisodiyotida amal 
qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni 
qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi 
ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning miqdoriy 
nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat ta’sir 
etishini e’tirof etadi. narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki 
past bo‘lishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga bo‘lgan talab va taklift 
bog‘liq. narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy 
foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid 


qobiliyatiga ham bog‘liq. Binobarin, narx qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot 
tannarxi har qanday narxning asosi bo‘lib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning 
narxidagi o‘zgarishlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. narx miqdori harajatlarga va tovar 
sifatiga to‘g‘ri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda 
turadi. 
Bozor iqtisodiyotida narx bir nechta vazifalarni bajaradi: 


1) hisob-kitob va o‘lchov vazifasi —narx vositasida qilingan harajatlar, olingan 
natijaning puldagi miqdori aniqlanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miqorini uning 
narxiga ko‘paytirish opqali hisoblanadi; 
2) rag‘batlantirish vazifasi — narx ning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmini 
o‘zgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab 
rag‘batlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shar-tsharoit o‘zgarmagan taqdirda) 
taklif rag‘bat oladi. Narxdagi o‘zgarish ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga 
ishtiyoq bag‘ishlaydi; 
3) raqobat vositasi vazifasi — narx raqibni bozordan siqib chiqarish va bozorda 
o‘z mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar narxni o‘zgartirib turish, 
uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali o‘zaro bellashadilar. Narx 
raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 
4) iqtisodiyotni tartiblash vazifasi — narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy 
dastak yoki vosita, narx o‘zgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi 
aniqlanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni ko‘plab ishlab chiqarish 
kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi 
yoki umuman to‘xtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan 
voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga o‘tiladi. Bu esa resurslarning 
bir sohadan ikkinchisiga oqib o‘tishiga, eski soha qisqarib, yangi sohaning tez 
rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni 
tartiblaydi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida 
qo’llanilishi narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va 
qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil 
davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil asos 
qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan 
taqqoslanadi. Joriy narxlar inflyasiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani 
ko‘rsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi 
ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. 
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga mo‘ljallanganligi va qaysi maqsadni 
ko‘zlashiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. 


Erkin bozor narxi (muvozanatli narx) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar 
ko‘pchilik bo‘lganidan ulardan hech biri o‘zi xohlagan narxni o‘rnatolmaydi. Bu yerda 
talab-taklif nisbatiga qarab erkin savdolashuv narxi, ya’ni muvozanatli narx yuzaga 
keladi; 
monopol narx — monopol bozorda sotuvchi yoki haridor ozchilik yoki yagona 
bo‘lganida ular xohlagan narx o‘rnatiladi. Bu bozorga zo‘rlab kiritiladigan narx bo‘lib, 
odatdagi narxlardan yuqori bo‘ladi va monopol foyda olishga xizmat qiladi; 
Ulgurji narx — tovar ishlab chiqaruvchilar savdo firmalariga tovarlarni bir yo‘la 
ko‘tarasiga sotishida qo‘llanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji narxlar 
qo‘llanadi; 
shartnoma narxlari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va 
o‘zaro tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladigan narx. Bunday narx, odatda, shartnoma 
muddati amal qiladigan davrda o‘zgarmaydi. Ko‘proq milliy va xalqaro bozorlarda 
qo‘llanadi. 
Chakana narx — tovarlar bevosita iste’molchilarga yakkalab sotilgan chog’da 
qo‘llanadi va miqdori ulgurji narxdan yuqori bo‘ladi; 
Preyskurant narx — haridor uchun bildirgich yoki ma’lumotnoma narx bo‘lib 
xizmat qiladi va haqiqiy narx preyskurantlar (ko‘rsatkichlar)da e’lon qilingan narx 
atrofida bo‘lishini anglatadi; 
Dotatsiyalangan narx — davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, 
bozor narxidan pastroq qilib belgilangan narx, narxdagi farq byudjet beradigan 
dotatsiya bilan qoplanadi. Bu narxni o‘tish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini 
ijtimoiy himoyalash uchun qo‘llaydi; 
Demping narx — bozorda o‘z mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib 
chiqarishda qo‘llanadigan maxsus pasaytirilgan narx, xalqaro bozorlarda ko‘proq 
qo‘llanadi.


Bozor ko‘lamiga ko‘ra, narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor 
narxlariga bo‘linadi. 
Hududiy narx — faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u shu hudud 
doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi. 
Milliy bozor narxi — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning 
xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. 
Xalqaro narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning 
nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi 
talab va taklif nisbatini hisobga oladi. 
Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni 
narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. narx diapazoni quyi, o‘rta va yuqori narxlarni 
o‘z ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta bo‘lsa, tovar muomalasi shunchalik tez 
yuz beradi, talab bilan narx o‘zaro bog‘lanadi. 
Iqtisodiyot bir-biriga bog‘liq va yagona bo‘lganidan turli tovarlar va xizmatlar 
narxlari bir-birini yuzaga chiqaradi, to‘ldiradi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning har 
biri o‘zi bilan bog‘liq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Ko‘pgina sohalarda 
ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, ko’mir, gaz, yog‘och, 
bug‘doy, paxta kabi tovarlar) narxining o‘zgarishi bozordagi jami narxlar nisbatiga 
ta’sir ko‘rsatadi. 
10.2 Narx belgilashning nazariy asoslari va narxlashtirish. 
Narxlashtirish korxonaning bozorda aniq ulushga erishishi, ko’zda tutilgan 
foydani olishi va umuman tovarning qaysi hayotiy bosqichida, qanday siyosat yurgizib, 
raqobatchilar hatti-harakatlariga javob topishi demakdir. Hozir ko’pchilik korxonalar 
rahbarlarining (menejerlari) fikrlaricha narx siyosatini to’g’ri tanlash, yangi tovarni 
bozorga kiritish, tabaqalash, sotish xarajatlari va boshqa omildan ham muhimroq 
hisoblanadi. Chunki, keyingi vaqtda bank tizimi, transport vositalari va iqtisodiyotning 
boshqa sohalariga ko’proq erkinlik berish baho raqobatini kuchaytirmoqda. 
Narxning o’zgarishi orqali raqobat kuchayishiga, talabning oshishi yoki 
pasayishiga erishish mumkin. Aksincha, narx qancha past bo’lsa, talab shuncha 
174


oshadi. Baho talab qayishqoqligining o’zgarishiga olib keladi. Ammo hamma 
haridorlar ham bahoning o’zgarishiga bir xil munosabatda bo’lmaydilar. Korxonalar 
o’z tovarlariga baho belgilashdan oldin, unga ta’sir etuvchi tashqi omillarni chuqur 
tahlil qilishlari zarur. 
Jahon tajribasida iste’molchilarni harid qilishlariga qarab quyidagi to’rt turga 
(segmentga) bo’lib o’rganiladi: 
- tejamli haridorlar - harid qilishda asosiy e’tiborni tovar bahosiga, sifatiga va 
assortimentiga qaratadigan haridorlar; 
- o’z mavqeiga ishongan haridorlar - tovar obraziga, korxona obro’-e’tiboriga 
va xizmat ko’rsatish darajasiga ko’proq ahamiyat beradilar; 
- nafosatli haridorlar - kichik firmalarni qo’llab - quvvatlash uchun ular tovarlari 
turlariga va bahoga ahamiyat bermaydi; 
- faqat tovar sotib olish jarayonidagi qulay sharoitlarga qarab (bahosidan qat’iy 
nazar) tovar harid qiluvchi iste’molchilar. 
Ba’zi haridorlar universal assortimentli va past baho bilan savdo qiluvchi 
do’konlarni ko’proq xohlashadi. Hukumat o’z tomonidan aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va boshqa ayrim tovarlarning sotilishini 
chegaralab turish maqsadida baho siyosatiga ta’sir ko’rsatadi. 
Tovar harakati qatnashchilari: ishlab chiqaruvchi firma ko’proq foyda olish 
maqsadida monopol baho o’rnatishga, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari ham o’z 
foydasiga ko’proq qo’shimcha hissa olishga harakat qiladi. Bahoga ta’sir etuvchi 
asosiy omil - bu raqiblar siyosatidir. Agar bozor to’yingan "haridorlar" bozori bo’lsa, 
boshqa omillar ta’siri sezilmaydi. Faqat narxlar raqobati orqali talab va taklif 
muvozanati ta’minlanadi. Shu bilan birga baho tovar ishlab chiqarish xarajatlari - xom 
ashyo, ish haqi, transport, reklama kabilarga bo’lgan sarflar ta’sir ko’rsatadi. 
Narxlashtirish strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi. Maqsadni aniqlash, narxlashtirishning umumiy siyosatini belgilash, baho 
strategiyasini amalga oshirish va narxni moslashtirish. 
Amaliyotda, narxlashtirishning uch xil maqsadi mavjud bo’lib, korxona ulardan 
birini tanlashi mumkin. 


Birinchi holatda korxona bozorda o’z ulushini ko’paytirishga qiziqsa, 
ikkinchisida - foydani ko’paytirish kerakligi, daromad olish va investitsiya 
xarajatlaridan foyda kelishini ko’zlaydi. Uchinchisida - korxona bozordagi o’z holatini 
ushlab turishiga asoslangan strategiyasida, hukumat tomonidan bo’ladigan noxush 
harakatlarning oldini olishga, raqiblar ta’sirini pasaytirish, tovar harakati qatnashchilari 
bilan munosabatlarni saqlab qolish, yangi raqobat chiqishiga qarshi turish va bahoni 
muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Narxlashtirishning umumiy siyosati doirasida
korxona tovarining bahosi uning aniq bozori va marketing faoliyati bilan bog’lanadi. 
Korxonaning narxlashtirish strategiyasini quyidagi 5 omil aniqlaydi: 
• aniq xarajatlar va foydasi; 
• raqobatchilar mahsulotidagi iste’molchini qiziqtiruvchi xususiyatlar; 
• haridorlar talabidagi farqlar; 
• raqobatchilarning harakatlari; 
• korxona marketing maqsadlari. 
Bu omillarni ro’yobga chiqarishda baho strategiyasi muhim o’rin tutadi. 
Amaliyotda baho strategiyasi xarajatlar, talab va raqobatga asoslangan bo’ladi. 
Xarajatlarga binoan mahsulot bahosini aniqlashda marketologlar ishlab chiqarish 
xarajatlari, muomala sarflari va ko’shimcha xarajatlarga xohlagan foydani qo’shadilar. 
Talabni o’rganishga asoslangan baho strategiyasida marketologlar bozorda 
iste’molchilar xohishi va istaklarini tahlil qilib, ularga mos narx o’rnatadi. Raqobatga 
asoslangan baho strategiyasi bo’yicha mahsulotga bozordagidan baland yoki past narx 
belgilanishi mumkin. Unda asosiy e’tibor tovarning raqobatchilarnikiga qaraganda 
afzallik tomonlariga, servis va raqobat muhitiga qaratiladi. 
10.2 Narx belgilash strategiyasi va maqsadi 
Narx belgilash strategiyasini yaratish va tadbiq etish quyidagi bosqichlarni o’z 
ichiga oladi: 
- narx belgilash maqsadini qo’yish; 
- narx siyosatini yaratish; 
- narx strategiyasini tanlash va tadbiq etish; 


- narxlarni to’g’rilash mexanizmini yaratish. 
Bozor sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi har qanday tashkilotning narx belgilash 
maqsadi asosan quyidagilarga qaratilgan: 
- savdo hajmini oshirish; 
- joriy foydani oshirish; 
- raqobat sharoitida yashab qolishni ta’minlash. 
Narx belgilashda boshqa maqsadlar ham qo’yilishi mumkin, masalan: 
- uzoq muddatli foydani maksimallashtirish; 
- bozorni barqarorlashtirish (turg’unlashtirish); 
- mo’ljalni o’rta haridorga qaratish; 
- narxlarni o’ta oshishidan raqobatchilarni to’xtatib turish va boshqalar. 
Savdo hajmini oshirishga qaratilgan narxlar bozor vaziyati, talab va taklif 
holati yoki sotuvni istalgan o’sishiga muvofiq belgilanish mumkin. 
Savdo hajmi tovarga bo’lgan talabga to’g’ri bog’liqdir. Talab va narx oddiy 
vaziyatda teskari proporsional bog’liqlikda bo’ladi (talab qonuni). Narxga talabning 
sezgirlik darajasi narx ravonligi koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Narx belgilashning 
ushbu maqsadi tanlanganda dori vositalariga ravon talab bor-yo’qligini hisobga olish 
lozim. 
Talab ravonligini baholash uchun uni turli narxlarda o’lchanadi yoki 
haridorlarning maxsus so’rovi o’tkaziladi. 

Download 423.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling