Imtiyozlar taqdim etish, import uchun to‘siqlar o‘rnatish, iqtisodiyotga ommaviy ravishda davlat va yarim davlat investitsiyalarni joriy etish vositasida raqobatni cheklash hamda «milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash»


Download 0.6 Mb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1504469
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon bankining katta iqtisodchisi Eskander Trushinning tadqiqotlari natijasi


Jahon bankining katta iqtisodchisi Eskander Trushinning tadqiqotlari natijasi bugungi O‘zbekiston uchun juda muhim. Biz navbatdagi marta ayro yo‘l ustida qoldik. Xo‘sh, biz qaysi yo‘ldan yurishimiz kerak: imtiyozlar taqdim etish, import uchun to‘siqlar o‘rnatish, iqtisodiyotga ommaviy ravishda davlat va yarim davlat investitsiyalarni joriy etish vositasida raqobatni cheklash hamda «milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash» yo‘li bilanmi yoki xususiy tadbirkorlik yuritish xarajatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan raqobat oldidagi har qanday ma'murchilik, har qanday to‘siqlarni bartaraf etuvchi ijobiy biznes-iqlim yaratish yo‘limi?
Birinchi yo‘ldan ko‘p yillar va o‘n yilliklar davomida biror muvaffaqiyat nishonasisiz yurib kelgandekmiz. Bir qarashda, bu yo‘l hech qayerga olib bormasligi kundek ravshan. Lekin unday emas, deb fikrlovchilar ham topilmoqda. Garchi biroz boshqacha ko‘rinishda bo‘lsa ham, eski siyosat davom etmoqda.
Bunga ikkita sabab bor.
Birinchidan, eski tizimda o‘zini suvdagi baliqdek his qilgan, turli foydali daromadlar chiqarib olish imkoniga ega bo‘lgan insonlar va ijtimoiy guruhlar «yangi relslar»ga o‘tishga qarshi. Ular, tabiiyki, bozor islohotlariga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatishadi.
Ikkinchidan, 10 yil, 20 yil avval iqtisodiyotni boshqargan ayrim insonlar uni hamon boshqarishda davom etishmoqda. Ular shunchaki boshqachasiga boshqarishni bilishmaydi. Eski uslubdagi davlat boshqaruvchilari iqtisodiyotga ta'sir o‘tkazishning faqat ikki yo‘lini bilishadi: taqiqlash va imtiyozlar taqdim etish.
Shuning uchun yana bir karra yechimi go‘yoki avvalroq topilgan masalaga qaytishga to‘g‘ri kelmoqda. Janob Trushinning maqolasi va bojxona to‘lovlarini oshirish borasidagi so‘nggi voqealar meni uning taqdimotida aytib o‘tganim ayrim mulohazalarga undadi. Ushbu maqola — o‘sha mulohazalarning qisqacha bayoni.
Sanoat siyosati qanday usullar bilan o‘tkazildi?
Men janob Trushinning bir fikriga qo‘shilmayman — 1996 yildan 2016 yilgacha O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yiliga 5 foiz atrofida (islohotlargacha bo‘lgan so‘nggi yillarda hattoki 8-9 foiz) bo‘lganiga. Bunday ma'lumotlarni o‘zimizning statistikamiz taqdim etgan va bularning real holat bilan o‘xshashligi yo‘q, iqtisodiy o‘sish statistikasi shunchaki osmondan olib «chizilgan», buni amaldagi prezident ham bir necha marta gapirib o‘tdi. O‘sish darajasi qanday bo‘lgani-yu, o‘zi o‘sish bo‘lgan-bo‘lmaganini hech kim bilmaydi. Kimdir hukumat «qo‘sh buxgalteriya» yuritgani, birini biz uchun (soxtasi), boshqasini o‘zi uchun (soxtalashtirilmagan statistika) yuritgan, deb o‘ylasa adashadi. Taassufki, ishlarning real ahvoli rahbariyatimizni mutlaqo tashvishlantirmagan va maxfiy «to‘g‘ri» statistikani hech kim yuritmagan.
Lekin biz aniq ayta olamizki, 1996–2016 yillar davrida hukumat tomonidan yaratilgan turli stimul va richaglar ta'siri ostida O‘zbekiston iqtisodiyotga ulkan investitsiyalar jalb qilingan: ham davlat, ham xususiy. Ba'zi yillari bu investitsiyalar hajmi YaIMning 30 foizidan ham oshgan. Bular juda zalvorli raqamlar.
Bu qadar muhim investitsiyalarning moddiy ta'minoti uchun 1996 yildan boshlab daromadlar va resurslarning faol qayta taqsimot siyosati o‘tkazilgan va u mualliflarning o‘yiga ko‘ra O‘zbekiston sanoatining shiddatli ravnaqiga hissa qo‘shishi lozim edi.
Gap avvalo siyosatning ushbu vositalari haqida bormoqda:

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling