Viii – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari


Download 45.19 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi45.19 Kb.
#1014181
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-MAVZU Ishlab chiqarish xarajatlari


VIII – MAVZU. Ishlab chiqarish xarajatlari


8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash va ularning turlari

Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiyot fanlari nazariyasida va amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi turli xil qarashlar mavjud. Ayrim iktisodchi olimlar tovarning qiymatini uning natijaliligi bi­lan bog‘lasalar, ayrimlari tovar qiymati — tovar ishlab chikaruvchilarning tovarda gavdalangan va undagi jonli va moddiylashgan mexnati, deb hisoblaydilar. Boshqalari esa, tovarning qiymatini ushbu tovarga bо‘lgan talab va taklif, ya’ni tovarning iste’molchiga beradigan nafi belgilaydi, deb ta’kidlaydi.


Umuman olganda, tovarning kiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish darajasini aniklash uchun zarurdir. Narx (baxo) va kiymat tushunchalari orasida deyarli farq yо‘q. Fakatgina narx (baxo) — bu, tovar qiymatining puldagi ifodasidir xalos.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi о‘rtasidagi tafovut ishlab chiqarish subyektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi — mahsulotni ishlab chiqarish, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan boqlik bо‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri — maxsu­lot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratiladi. Ayniqsa, bozor iktisodiyoti sharoitida barcha resurs­lardan bekamu-kо‘st foydalanish bu kursatkichlarning rolini oshirishni taqozo etadi. Shu sababli «tannarx» atamasining mohiyati, axamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak.
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xomashyo va materiallar, mexnat va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan boshqa yuklama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bulgan xa­rajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tan­narxi deb ataladi.
Maxsulot ishlab chiqarish tannarxi kо‘rsatkichi ishlab chiqarishni rivojlantirishda va uni tashkil etishda muxim rol о‘ynaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, ya’ni foydani kо‘paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish hajmini о‘stirishning muxim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kо‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat kо‘rsatkichlari orasida alohida о‘rin tutadi.
Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan foydalanish, moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma о‘zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat kо‘rsatkichlari tizimida muxim urin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini xosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuniga kо‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirishdan iboratdir. Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi. Bunda,

R-foyda; TR – umumiy daromad; TS-umumiy xarajat.
Xarajatlar korxonaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bо‘linadi.
Tashqi xarajatlar ga tashqi tо‘lovlar, xizmat kо‘rsatuvchilar va xom-ashyo yetkazib beruvchilarga (xom-ashyo, materiallar, elektroenergiya, gaz) tо‘lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi. Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi; 1) tadbirkorning о‘ziga tegishli resurslarga bо‘lgan xarajati; 2) tadbirkorlik qobiliyatiga tо‘g‘ri keladigan va tadbirkorga tegishli bо‘lgan meyoriy foyda. Buxgalteriya foydasidan ichki xarajatlarni ayirib tashlasak, iqtisodiy foydani olamiz.
Tashqi va ichki xarajatlarning yig‘indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog‘liq yо‘qotilgan imkoniyatlardir. Iqtisodiy xarajatlar firma faoliyatini buxgalter va iqtisodchi tomonidan baholanishini farq qilishga imkon beradi. Buxgalterni birinchi navbatda, firmaning ma’lum muddat davomidagi (hisobot davrida) faoliyati natijalari qiziqtiradi. Iqtisodchini esa firmaning kelajagi, uning kelajagidagi faoliyati qiziqtiradi. Shuning uchun ham iqtisodchi firma ixtiyoridagi resurslardan eng yaxshi alternativ foydalanish variantlarni topishga etibor beradi.

Download 45.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling