Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana24.08.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1669795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.docx1

a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan 
orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti 
yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo‘ladi; 
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor 
iqtisodiyoti yoki kapitalistik tartiblar asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar 
boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar 
ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, 
noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z 
hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; 
d) tabiiy-geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga 
ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga 
qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-
kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi; 
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar. Masalan, tarixan shakllangan 
milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga 
xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. 
e) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar ham ehtiyojlarga 
ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, 
ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng 
tarqalishiga olib keladi. 
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq 
qilib, yengil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash 
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, 



o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar 
bo‘lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan 
iboratki, murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar 
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. 
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va 
savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. 
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib 
borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling