Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Download 103.31 Kb.
bet12/13
Sana10.07.2023
Hajmi103.31 Kb.
#1659452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tursunbayeva X

Xulosa


Xulosa qilib aytganda qisqa vaqt ichida mamlakatimiz tashqi savdo siyosatini ishlab chiqa oldi ammo hozirgi kunda uni yanada takomillashtirish masalasi ko’ndalang bo’lib turibdi. Mamlakatimiz tashqi savdo siyosatida ancha uzoqni ko’zlab, qisqa muddatli manfaatlardan qochgan holda siyosat olib bormoqda deyishimiz munkin. Chunki hozirgi integratsiya jarayonlarning kuchayib borishi sharoitida O’zbekiston ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan faktorlar ta’siri ostida qolmoqda: bir tomonlama o’ylanganda qisqa muddatli davrda tezda xom-ashyo resurslarini va yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilgan holda osongina valyuta ishlash mumkin, ammo boshqa tomonlama o’ylanganda uzoq muddatli davrda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, uning sifatini oshiradigan, xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan, bu bilan uning jahon bozorida raqobatbardosh qiladigan sohalar rivojiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Bu sohada allaqachon ko’zga ko’rinarli natijalarga erishildi. O’zbekistonning investitsion siyosati chet el to’gridan-to’g’ri investitsiyalarini mamlakatimizga kirib kelishiga asos bo’ladigan qulay investitsion muhit yaratmoqda. Iqtisodiyotimizning turli sohalarida nafaqat xom-ashyo eksporti bilan shug’ullanadigan balki tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan qo’shma korxonalar tuzish loyihalari ishlab chiqilgan va chiqilmoqda.
Kurs ishini bajarish davomida mamlakatimiz tashqi savdo siyosatini rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo siyosati bilan taqqosladik, uning alohida xususiyatlariga to’xtaib o’tdik. Tashqi savdo siyosatini samarali tashkil qilishda mavjud muammolar va ularga aniq yechimlar keltirdik. Shuningdek yaqin vaqt ichida mamlakatimiz tashqi savso siyosatida qanday o’zgarishlar ro’y berishi mumkinligi, tashqi savdo hajmining, uni saldosining holati o’zgarishi, import hamda eksport tarkiblarining o’zgarishi haqida aniq xulosalarga keldik.

O’zbekiston katta eksport salohiyatiga ega, buni mamlakatimizda joylashgan foydali qazilmalar, tabiiy boyliklar va ilmiy-texnikaviy potensialdan kelib chiqib aytish mumkin. Bunday katta salohiyatdan qay tarzda foydalanish, uni yanada kengaytirish biz hozirgi kunda tanlab olgan tashqi savdo siyosatimizga uzviy ravishda bog’liqdir. Shu sababli tashqi savdo siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatimizni oshirish yaqin davr ichida asosiy vazifalardan biri bo’lib qolaveradi. Bu borada davlatimiz tanlab olgan yo’l hozirgi qiyin sharoitda naqadar to’g’ri va aniq ekani hammaga birdek ravshan bo’lmoqda.




Download 103.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling