Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish


Download 103.31 Kb.
bet9/13
Sana10.07.2023
Hajmi103.31 Kb.
#1659452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tursunbayeva X

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish. Loyiha tashabbuskori tomonidan tijorat bankiga (lizing kompaniyasiga) kredit ta'minoti bo’yicha to’la hujjatlar to’plami o’rnatilgan talablarga muvofiq taqdim qilinganda, tijorat banki (lizing kompaniyasi) 10 kunlik muddat ichida loyihani amalga oshirishni ta'minlovchi qator xarajatlar bo’yicha moliyalashtirishni amalga oshiradi. Loyiha tashabbuskorida sug’urtalash va TIAni ishlab chiqish bo’yicha xizmatini to’lash uchun yetarli mablag’ mavjud bo’lmaganda, ushbu xizmatlarga bo’ladigan xarajatlarning 50 foizidan oshmagan qismini kredit summasiga kiritish mumkin. Loyiha tashabbuskori, qarzga olingan mablag’larning maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish quvvatini o`zlashtirish va kreditning o’rnatilgan muddatlarda qaytarilishi uchun amaldagi qonunlarga asosan javobgar hisoblanadi.

Tijorat banki (lizing kompaniyasi) ajratilgan mablag’larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat o’rnatadi. Bank amaliyotida qabul qilingan qoidalarga mos holda, kreditning o’z vaqtida qaytarilishi monitoringini amalga oshiradi. Ajratilgan kredit mablag’lari maqsadli ishlatilmaganda hamda kredit o’z vaqtida qaytarilmagan hollarda tijorat banki (lizing kompaniyasi) quyidagi choralarni ko’radi:
- loyiha tashabbuskori hisobvaragida mablag’ mavjud bo’lsa, undagi har qanday valyutadagi mablag’larni ogoxlantirishsiz olish;

  • loyiha tashabbuskori hisobvaragida yetarli miqdordagi mablag’ mavjud bo’lmaganda, e'tibomi garovga qo’yilgan mulk va loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim qilingan boshqa ta'minotni undirishga qaratadi;

  • loyiha tashabbuskori mansabdor shaxslari lavozimini suiste'mol qilganda va qonunda kuzda tutilgan boshqa shunga o’xshash xoUarda, ushbu mansabdor shaxslami jazolash yuzasidan amalga oshiriladigan javobgarlikka tortish.

O’zbekiston Respublikasida barcha kredit munosabatlari mavjud qonunlar va hukumat hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me'yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.



Download 103.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling